``Zulfiyaxonim 100 yilligi`` uchun
tayyorlagan tadbir
ssenariysi
``Zulfiyaxonim izdoshlari`` 1-boshlovchi.
Assalomu alaykum,ey nuri ziyolarim,
Alpomish,Barchinoy-u,Rustam-u dostonlarim.
Yurtimning kelajagi,ey bag’ri osmonlarim.
Davralarda o’zbekcha so’zligingiz muborak,
O’zbekona lutfingiz,o’zligingiz muborak.
2-boshlovchi.
Shukrona aytamiz, qutlug’ kunlarga,
Ma’no-yu mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon,nurafshon ulug’ kunlarga
Ey ozod diyorim,O’zbekistonim!
Ey obod diyorim,O’zbekistonim!
1-boshlovchi.
Assalomu alaykum,aziz ustozlar!Hurmatli tengdoshlar,maktabdoshlar
2-boshlovchi.
Assalomu alaykum,tadbirimizni tomosha qilgani tashrif buyurgan mehmonlar!
1-boshlovchi.
Ayolini asragan,ulug’lagan xalq—buyuk xalq.Ayollari baxtli elning farzandlari esa barkamol,kelajagi nurafshondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |