1-boshlovchi.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 31-oktabrdagi ``O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligini
nishonlash to’g’risida`` gi qarorini xalqimiz,keng jamoatchilik ayol zotiga,adabiyotimiz hamda ajdodlarimizga
yuksak ehtirom namunasi sifatida kutib oldi.
2-boshlovchi.
Bugun mamlakatimiz ahli har bahorni shoira Zulfiya tavallud topgan kunni nishonlash bilan kutib olishni an’anaga aylantirdi.Shoira kitoblarini yurtimizdagi ko’plab oilaviy kutubxonalar javonida ko’rish mumkin.Prezidentimizning 1999-yil 10-iyundagi qaroridan so’ng har yili yurtimizdagi iste’dodli qizlardan bir guruhi
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |