Temuriylar orasida Bobur ayol zotiga yuksak insoniy munosabati bilan alohida ajralib turadi
Download 19.09 Kb.
|
Boburnoma
Temuriylar orasida Bobur ayol zotiga yuksak insoniy munosabati bilan alohida ajralib turadi. Xotinlari, farzandlariga munosabatini boshqa sultonlar qarashlari bilan qiyoslaganda ham uning ayollarga ehtiromi, ularning izzat-ikromini joyida qo'ygani, imkon qadar jamiyatdagi mavqeyiga o'sha davr mezoni bilan odilona baho berganini ko'ramiz. U ham boshqa temuriyzodalar qatori bir necha xotinlarni o'z nikohiga olgan, davr rasm- rusumi, sulh va urushlar bois ham qaysi bir xalq, urug' boshlig'ining qiziga uylangan. Biroq Bobur tomonidan zo'rlik, garovda tutish evaziga birovning ayoli yoki qizini nigohiga kiritish holati bo'lmagan. Bu uning zamondosh hukmdorlaridan farqli tomonlaridan biridir. Bobur tasvirlayotgan sultonning "viloyati", "avlodi", "shakl-shamoyili" hukmdorning xotinlari, ulardan tug'ilgan zurriyotlar haqida hikoya qiladi. Ayniqsa, Boburning otasi Umarshayx mirzo hamda Husayn Boyqaro va boshqalar haqidagi ma'lumotlari diqqatni tortadi. Shu qatori, "Boburnoma"dagi voqea-hodisalar rivojida ham muallif ko'pgina ayollar haqida ma'lumot beradi, ularning ayrimlari Bobur tarjimayi holini boyitadi, dunyoqarashini ochadi. Tarixdan ma'lumki, temuriylar xonadonida o'z sultonlariga yo'l-yo'riq koʻrsatish, muhorabalar taqdirini hal etish, sulh tuzish yoki aksincha urush-nizolarni boshlash, sultonzodalarni taxtga tayinlash yoki undan mahrum etish kabi murakkab masalalarga saroy ayollari bosh boʻlgan- lar, juda boʻlmaganda, bu voqealarga o'z hissalarini qo'shgan. Bunda oqila ayollar sarkarda erlariga shuhrat keltirganlar. Zahiriddin Bobur 1494-1495-yillar voqealarini tasvirlar ekan, "Xotunlar orasida ra'y va tadbirda, mening ulug' onam Esan Davlatbegimcha kam bo'lgay edi, bisyor oqila va mudabbira edi. Ko'proq ish-kuch alarning mashvarati bila bo'lur edi", deb yozadi. Bu so'zlar zamirida toj-taxt kurashlarining ma'lum tarixi yotibdi. Bu payt Bobur otasining vafotidan keyin vali- ahd sifatida endi taxtga o'tirgan, O'sh, Samarqand, Hisor, Konibodom yurtlarini birlashtirish, Amir Temur saltanatini kelajakda yana tiklash orzusida yurgan davr edi. Biroq Boburdan ko'ra tajribali, yoshi katta temuriy- zodalar Samarqandda hukmronlik qilishga ko'proq imkoni bor Sulton Mahmud, Sulton Ahmad, Jahongir mirzo va boshqalar fitna uyushtirib, Boburni taxtdan olib, Jahongir mirzoni tayinlash uchun reja tuzadilar. Rejani amalga oshirish uchun saroyda navbatdagi hiyla bir sultonga ikkinchi sultonning qizini nikohlaydilar. Bunda ham zodagon qiz taqdiri sultonlar niyatiga "yem" boʻladi. Saroydagi bu fitnalar olti-yetti oydan so'ng o'z ishini 18 qiladi. Bobur otamning begi deb ehtirom ko'rsatgani Hasan Ya'qub g'animlar yoniga o'tib, Boburni bartaraf etib, uning o'rniga ikki yosh kichik ukasi Jahongir mir- zoni taxtga o'tkazishga bosh bo'ladi. Bunday noo'rin fit- nadan xabar topgan katta yoshli, oqila Esan Davlatbegim Bobur tarafdorlari Xoja Qozi, Qosim qavchin, Ali Do'st, Uzun Hasan va boshqalarni mashvaratga chaqirib, bu mojaroning oldini oladi. Natijada saroydagi katta noxush ko'ngilsizlikka chek qo'yiladi. Hasan Ya'qub esa oʻladi. Zahiriddin Bobur otadan yosh qolar ekan, atrofidagi bek va a'yonlari ko'p xufyona harakatlar, xiyonatlarni unga ravo ko'radilar. Nazarimizda, xuddi shu davrda uning yaqin maslahatdoshi, oqilona yo'l ko'rsatadigani o'zining onasi Qutlug' Nigorxonim va uning onasi Esan Davlatbegim bo'lgan. 1496-1497-yillar Bobur Samarqandni egallab yuz kun hokimiyat qilar ekan, shahar uning g'animlari tomonidan qamal qilinadi. Bobur ne mashaqqat bilan qo'lga kiritgan shaharni tashlab chiqishni istamas edi. Ammo Esan Davlatbegim Boburga qo'ldan ketishi mumkin boʻlgan Andijonga qaytishni, kuch to'plab keyin Samarqandga yurish qilishi mumkinligini bildiradi. Bun- day qaraganda, bu o'sha vaziyatdagi harbiy holatning oqilona yechimi, lashkar eminligini ta'min etib, toj sharafini himoya qilishdek strategik yo'l edi. 1499-1500-yillar voqealari. Zahiriddin Bobur nay- batdagi muhorabalardan charchab, Andijonga qaytadi va qishni shu yerda o'tkazishni rejalashtiradi. Uning katta onasi - otasi Umarshayxning onasi Shoh Sultonbegim ham Boburdan tashvishlanib Andijonga keladi. Bu payt lashkarlar charchagan, qishlik oziq-ovqat, ot yemaklari kam, Andijondagi zahira qishdan eson-omon chiqish imkonini bermasdi. Vaqtida yetib kelgan Shoh Sultonbegim Bobur dushmanlari Andijonni osongina bosib olishlari, qal'adorlik mushkil bo'lishi kabi bir qancha dalillarni keltirib, Boburni lashkarlari bilan muvofiq joyga ko'chirishga ko'ndiradi. Bu misol ham sultonzoda ayollarning ne chog'li muhoraba sir-asrorini bilishlari, bu masalaga faol qatnashganlarini ko'rsatadi: Keyinroq bu joyda qishni yaxshi o'tkazgan Bobur Shoh Sultonbegim va onasining aql-idrokiga tan beradi. Bu manzillar Bobur va uning atrofdagilarning yaxshi dam olishi, ov qilishida ham juda qulay edi. Ayniqsa, Bobur bu strategik muvofiq joydan turib Ahmad Tanbaldek dushmaniga zarbalar berib, esankiratib qo'ygan edi. Zahiriddin Bobur Hirotga Husayn Boyqaro vafoti munosabati bilan borganida Kobulda g'animlari, aniqrog'i, ota tomonidan katta enasi Shoh begim boshliq guruh Husayn Boyqaroning o'g'li Muhammad Husayn mirzo, Sulton Sanjar, Tulak ko'kaldosh va boshqalar isyon ko'tarishadi. Ular Boburni Kobuldagi hokimiyatidan mahrum etib, Muhammad Husayn mirzoni taxtga o'tkazish rejasini tuzishadi. Xuddi ana shunday hodisalar Zahiriddin Bobur shaxsiyatini yuksaklikka ko'tar- gan desak, xato bo'lmas. U aqlli, mulohazakor sarkarda sifatida bu zodagon ayollarga boʻlgan avvalgi ehtiromli muomalasini oʻzgartirmaydi. Husayn Boyqaroning Xadichabegim ismli xotini Hirot siyosiy-ijtimoiy hayotida o'z ta'sirini qoldirgan ayollardan. Xadichabegimning, kezi kelganda, Husayn Boyqaro saltanatining rivoji, sultonining mulkgirlik ishlaridagi foydali maslahatlarini inkor etib bo'lmaydi. Ammo bu ayol temuriylarning Xuroson saltanati yemirilishiga, Husayn Boyqaro farzandlari orasiga nifoq tushishiga, oxir-oqibat ular o'rtasida dushmanlik paydo boʻlishiga sababchidir. Uning o'z o'g'li Muzaffar Husayn mirzoni saltanat merosxo'ri sifatida ko'rish orzusi bois, saroyda fojia ro'y beradi. Bunga Bobur alohida urg'u bergan. Xadichabegimning Husayn Boyqaro saltanatida yaratgan nosog'lom muhiti Shayboniyxonga temuriylarning bu mustahkam bo'g'inini osonlik bilan bartaraf etishiga imkon yaratgan, deyish mumkin. Bobur Xadichabegimga o'zining xolis, achchiq bahosini bergan: "Yana Xadicha- begim edi. Sulton Abusa'id mirzoning g'unchachisi edi, mirzodin bir qizi bor edi. Oqbegim otliq. Iroqta Sulton Abusa'id mirzoning shikastidan so'ng Hiriga keldi. Hirida Sulton Husayn mirzo oldi va sevdi, g'unchachiliq martabasidin begimlik martabasig'a taraqqiy qildi. So'ngralar xud asru ixtiyor bo'lub edi. Muhammad Mo'min mirzoni aning sa'yi bila o'lturdilar. Sulton Husayn mirzoning o'g'lonlari yog'iyqtilar, ko'pragi muning jihatidin edi, o'zini oqila tutar edi, vale beaql va purgo'y xotun edi, rofiziya ham ekandur. Shoh G'arib mirzo bila Muzaffar Husayn mirzo mundin tug'ibedi". Download 19.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling