Vatan ostonadan boshlanadi


Download 0.54 Mb.
bet12/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Ota-ona buyuk ne`mat
“Parvardigoringiz, yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onangizga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab o‘stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)”. («Al-Isro» surasi, 23–24 oyatlar).
Darhaqiqat, azizlar, ota-onamiz bizdagi bebaho boylik hisoblanadi. Ular to shu kungacha bo‘lgan muddat mobaynida bizni ardoqladi, asradi, e'zozladi, kiyintirdi, ozuqlantirdi, sevdi, sevishga o‘rgatdi, bilim berdi, yo‘l ko‘rsatdi, har bir ishimizda qo‘llab keldi, kelmoqda, bilmaganlarimizni o‘rgatdi va hali hanuz yo‘limizni mayog‘dek yoritib kelmoqda. Eng qizig‘i, bularning barchasi beminnat! Ularga bizning baxtli va sog‘lom yurishimiz kifoya. 
Esingizdami, azon vaqti onamiz bizni erkalab uyg‘otib: “Tur bolam, maktabinga kech qolasan, yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Kiyimlaringni dazmollab qo‘ydim”- desalar, otamiz esa choy ichayotgan paytimiz: “Bolam, maktabda ustozlaringni aytganini qilgin, hech kim bilan tortishma!”-deb uqtirar edilar. Bular bir qarashda har kungi oddiy bir gaplar edi. Aslidachi? Biz e'tibor qaratmagan xazina so‘zlar. Bu so‘zlar zamirida komil inson tarbiyasi yotadi. Ya'ni barchaning orzusi. Vaqt o‘tib, ular keksaygan, bizning shirin mehrimizga zor bo‘lgan paytida esa biz ularga vaqt ajrata olmay qolyapmiz. 
Kuniga ikki lablarimiz orasidan boshqalar uchun chiqayotgan minglab ezgu so‘zlardan uyga qaytsak ular uchun ikki og‘iz shirin so‘zlarimizni ayamoqdamiz. 
Kezi kelsa qanaqadur bir tiyinga qimmat qog‘ozlarni deb ishdan kechikib ketsak ular havotir olib qo‘ng‘iroq qilgan payti bir oz muomalamiz sovuq emasmikin?!
Undan ko‘ra, kelinglar do‘stlar kayerda bo‘lmaylik ularni bir zum eslaylik. Ular bilan o‘tgan shirin bolaligimizni yodga olaylik. Shu o‘tgan yorqin damlarimiz hurmati ular bilan bog‘lanib: “Otajon, onajon! Yaxshimisiz? Cizni yaxshi ko‘raman, baxtimga sog‘ bo‘ling. Sizga rahmat”-deb aytsak, ularning ko‘ngli shod bo‘lib, bizni yana duo qilishsa inson degan nomga bir zumga bo‘lsa ham loyiq bo‘lar edik.
Quyidagi suratlar sizga yoshligingiz paytidagi qaysidur shirin damlarni yodga solgan bo‘lsa biz xursandmiz. Alloh rozi bo‘lsin!


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling