Vatan ostonadan boshlanadi


Har doim sog` bo`lsin,onam


Download 0.54 Mb.
bet33/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Har doim sog` bo`lsin,onam
Toza, shinam va yorug‘ sinfxonaning qo‘lda yasalgan rang-barang ko‘rgazmali buyumlar bilan bezatilgani o‘quvchilarning bayramona kayfiyatini yanada ko‘taradi. Ona haqidagi mayin yangrayotgan ashula hamda sokin musiqa sadosi bu kunga fayz qo‘shadi. Barcha o‘g‘il-qizlar ozoda maktab formasida. Qo‘llariga o‘zlari tayyorlagan sovg‘alarni ushlagancha mashg‘ulot boshlanishini kutib turishdi. Chunki bayram arafasidagi “Har doim bo‘lsin onam!” mavzusidagi ochiq darsga ularning ota-onalari ham taklif qilingan.

She’r, qo‘shiq va sahna ko‘rinishlarini ijro etishga shay bolajonlar hayajonda. Chilon­zor tumanidagi 4-ixtisoslash­tirilgan davlat umumta’lim maktab-internatidagi mashg‘ulotlar ko‘tarinki ruhda boshlanadi. Ochiq darsni boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Lobar Nig‘matillayeva ochib berdi:

Qadrli bolajonlar, aziz ota-onalar! Biz bahorni ayol ziynati va ona qadri ulug‘lana­digan ayyomlar bilan bosh­laymiz. Ular uchun she’rlar, ashulalar aytiladi. Ayol-l­ar­ning oilada ham, jamiyatda ham o‘z munosib o‘rni bor. Mart oyida bordir shundayin raqam, ezgulik va nafosatdir unda jam. Ayting-chi, u qaysi raqam?

O‘quvchilar bir ovozdan “8-mart!” deb javob berishdi. Keyin faol va bilimdon o‘quvchilardan Fazliddin Arziyev, Abdulaziz Naimov va Mumtoza Baxtiyorova she’r o‘qidi. 

Lobar opa o‘tgan darsda uy vazifasi uchun onalarga bag‘ishlangan obrazli rasmlar chizib kelish topshirilganini eslatdi. Bolalar esa bir-biridan chiroyli va qiziqarli tasvirlarni taqdim etishdi. Kimdir oila a’zolarini, yana kimdir tinim bilmaydigan onasini, yana birov ertak o‘qib berayotgan buvisining rasmini qog‘ozga tushiribdi. O‘qituvchi bu ijodiy ishlarni rag‘batlantirib, endi ularni hamma o‘z onasiga sovg‘a qilishi mumkinligini aytdi. Farzandlarining ijodi, dunyoqarashi o‘sayotgani va bilim egallayotganidan quvon­gan onalar ularni bag‘riga bosishdi. Shundan so‘ng bolalar “Binafsha” qo‘shig‘iga raqs tushishdi.

Shunda o‘qituvchi Zumra­doy sovg‘a olib kelganini va ingliz tili saboqlarini biroz esga olish kerakligini aytdi. Zumradoy esa savatchasidagi olmalarni olib ko‘rsatdi:
O‘quvchilar olmaning rangini aytishdi, keyin Zumradoy uning shakli va olma daraxti qaysi faslda gullashini so‘radi. Shu tariqa suhbat qizg‘in tus oldi. Muhimi, o‘g‘il-qizlar egallagan bilimlarini namoyish etishdi. 

Ochiq darsda o‘qituvchi sinfdagi 26 nafar bolani ikki guruhga ajratib, ularga nom berdi. Va har bir guruhdan ayollarni e’zozlashga doir maqollar yozishni, keyin og‘zaki o‘qib berishni so‘radi. Guruh ishtirokchilari javob-lariga qarab rag‘bat kartoch-kalari yig‘ishdi. Bu usul bilan o‘qituvchi bolalarning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirish, erkin ifodalay olish ko‘nik-masini shakllantirishga erishdi. Dars yakunida onalarning fikri tinglandi.

Bolamning intilishini, bilim va tarbiya olayotganini ko‘rib ko‘nglim ko‘tarildi, — deydi Ibrohimning onasi Yulduz Sultonova. — Bu yerda sog‘lomlashtirish musobaqalari o‘tkazilishi, darslarning elektron vositalar yordamida o‘tilishi, matematik misollarni yechishda musiqiy terapiya usulidan foyda-lanilishi e’tiborlidir. Bugun sinfxonaga bezak uchun qo‘yilgan buyumlar o‘quv-chilarning qo‘l mehnati mahsuli. Mashg‘ulot bizda ham, bolalarimizda ham katta taassurot qoldirdi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling