Vatan ostonadan boshlanadi


Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo`lar chiroylik


Download 0.54 Mb.
bet36/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Mehnatdan kelsa boylik-turmush bo`lar chiroylik
Qadrdon ota uy, munis onam, hovlimiz chetidagi tandir, issiq nonga sariyog‘ qorilgan yanchimish... Bu manzara, shu sog‘inch meni doim orzulantirib turadi. Tandir taftidek issiq muhabbat o‘ti qalbimda hamisha mangu yashaydi. Hammasi jamlanib Vatanga aylanadi. Aylanay Vatan...
Qishlog‘imizga kirib borar ekanman, meni doim shu his chulg‘ab oladi. 
Bu gal ham shunday bo‘ldi. Quyosh tafti ketib, kelinlar hovliga suv sepib, so‘riga joy hozirlay boshlagan pallada qishloq boshidagi ko‘chaga kirib kelgan edim.
– Ona qizim, eson-omon bormisan?
Bir zumda xayolimni yig‘ishtirib oldim. Mehriddin Berdiev – dong‘i ketgan tandirsoz usta.
– Assalomu alaykum, o‘zingiz omonmisiz?
Biz Navoiy viloyati Xatirchi tumanida, bitta mahallada yashaymiz. Uygacha suhbatlashib ketdik.
Mehriddin aka qariyb 35 yildan buyon tandir yasaydi. Bugun atrofiga shogirdlarini yig‘ib, kulolchilikning nodir namunasi – soz tuproqdan tandir yasash sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Uyimizda ham ular yasagan tandirda mazali non pishiramiz. Umuman qaerda bo‘lmayin har safar dasturxonga non kelganida sodda va samimiy inson Mehriddin aka yasagan tandirlar ko‘z oldimdan o‘tadi.Tandirni ham asrash kerak. Odam og‘zidan buziladi, deydi xalqimiz. Qarangki, tandir ham og‘zidan buziladi. Yaxshi kelin tandir og‘ziga kesovni tiramaydi, boshiga qopqog‘ini qattiq urmaydi. Avaylab ishlatilgan tandir 10-15 yilga va undan ko‘piga ham chidab beradi, – deydi Mehriddin aka. – Tayyor tandirni o‘rnatishda ham katta gap bor. Uning har yeriga loyni chaplab tashlamasdan avaylab toza-pokiza suvash zarur. Uy bekalari ham tez-tez tandirning og‘zidan xabar olib, darz ketgan yerlarini suvab turishi kerak.Ustaning ta’kidlashicha, bitta tandirni yasash uchun 6-8 soat vaqt ketsa, uni bir muddat soyada saqlash, so‘ng oftobda quritish uchun 2-3 sutka vaqt kerak bo‘ladi. Tandir yasashning ham sir-asrori bor. Dastlab soz tuproq tanlab olinib, suv bilan qoriladi, loyga ko‘p ishlov beriladi. Ya’ni xamir holatiga kelgunga dovur qoriladi. Tayyor bo‘layotgan loyga yung va maxsus maydalangan somon qo‘shiladi. Oyoq bilan qoriladi, qoriladi, toki loy oyoqqa yopishmay qolguncha, suvi qochguncha. Bu jarayon taxminan 3-4 soat davom etadi.Tayyor bo‘lgan loyni biroz tindirib qo‘yib, tandir ko‘rinishiga keltiriladi. O‘ng qo‘lda tap bilan qattiq urilsa, chap qo‘lda shap bilan unga javob qaytariladi (Mehriddin akaning aytishicha, ushbu moslamalar chiqargan “tap-shap” tovushi tufayli shunday atalar ekan). Tandir tik qilinib savalanaveradi-savalanaveradi, natijada pishiq va mustahkam bo‘ladi. Tandirning pastki qismi tayyor bo‘lgandan keyin unga quloq qismi o‘rnatiladi. So‘ng soyada bir muddat turadi. Ikki-uch soatdan keyin tandir tagiga moslab ichki va tashqi tomoni birdek qurishi uchun to‘rtta g‘isht qadaladi. Qarabsizki, ikki-uch kunda oftobda yaxshi qotadi va tandir bozorga chiqarib sotishga tayyor holga keladi. Xaridorlarning aytishicha, Mehriddin ustaning yasagan tandirlari pishiqligi bilan ajralib turadi, doim bozori chaqqon.2008 yili Mehriddin akadan tandir olganman. Haligacha o‘sha tandirda non yopaman, deydi qishlog‘imizdagi bog‘cha tarbiyachisi Gulnoz Qurbonova. – Haftasiga uch-to‘rt marotaba non yopgan kunlarim bo‘ladi. Ammo tandir hozirgacha yaxshi saqlangan. Nonga kesak yopishmaydi, tandir tez qizarib, tez oqaradi. Bugun yana yangi tandir olgani keldik. O‘g‘limni uylantirib, ularga yangi o‘choq-ayvon qurib bermoqchimiz.Xatirchi iqlimida yetti xil tuproq mavjud bo‘lib, ularning atigi ikki turidangina kulolchilikda foydalanish mumkin ekan. Dehqonchilikda mo‘l hosil bergan, qurilishda asqotgan tuproqdan tandir yasab bo‘lmaydi. Tandirsozlik kishidan katta sabr, mehnat va e’tiborni talab qilganligi uchun ham ko‘pchilik bu ishda o‘zida kuch topavermaydi. Bugun Mehriddin ustaning o‘g‘li Farhod Berdiev ham tandirsoz usta.
– Olti-yetti yil boshqa sohada ishladim. Baribir peshonamizga tandirsozlik bitilgan ekan. Nolimaymiz, halol mehnat qilib, sifatli tandir yasayapmiz. Shuning ortidan qora qozonimiz qaynab turibdi, – deydi Farhod aka. – Tandirlarimizdan foydalangan odamlar kasb-korimizga baraka tilaganida mehnatimiz samara berayotganidan mamnun bo‘lamiz. Hozir nafaqat tumandoshlarimiz, balki Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina mamlakatlariga ham tandirlarimizni olib ketmoqda.

Qahramonlik, burch va fidoyilik”


Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimizga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik va mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lash, aholi, ayniqsa, navqiron avlod ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda, birinchi navbatda, o‘tganlarni xotirlash, ularning jasorat va sadoqatga yo‘g‘rilgan hayot yo‘lini ibrat maktabi sifatida ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilayotir. bugungi tinch-osoyishta va obod turmushimizni ta’minlashda faol ishtirok etgan keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. 
Mustaыilligimizning 31 yilligi oldidan joylarda urush qatnashchilari, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Andijon viloyatida ham bu borada turli tadbirlar o‘tkazilayotir. Mustaqillik yillarida xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning jasorati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, xalqimiz doimo yod etmoqda. 
Andijon viloyatidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari mustaqillik bayrami oldidan yurti uchun o‘z jonini fido qilgan chegarachi qahramonlar marhum katta leytenant Sh Sobirov va kichik serjant A. Tovuldiyevlar xonadoniga bordi. Oila a’zolari, yaqinlari bilan dildan suhbatlashildi. Mard o‘g‘lonlarning xotirasi yodga olindi. 

Ha, inson qadri boqiy, xotirasi muqaddasdir. Ayniqsa, yurt tinchligi yo‘lida, Vatan himoyasi uchun jonini fido qilganlar nomi abadiyatga daxldordir. Qahramonlik, burch va fidoyilik. “Avval Vatan, keyin jon” degan ahdiga sodiq qolgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarida xizmat qilib ona vatan tinchligi yo‘lida vafot etganlarning nomi hamisha qalblar to‘rida, yuraklar ardog‘ida yashayveradi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling