Vatan ostonadan boshlanadi


Kitobdan yaxshi do`st bo`lmas


Download 0.54 Mb.
bet38/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Kitobdan yaxshi do`st bo`lmas
Joriy yilning 25-27 may kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” shiori ostida respublika “Kitob bayrami” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
Shu sabab kitob targ‘iboti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishdek o‘ta muhim masala davlatimizning doimiy e’tiboridan o‘rin olgan. Yurtimizda yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish, ularni keng targ‘ib qilishga e’tibor qaratilayotgani buyuk marralarga erishishimizning muhim omili ekaniga shubha yo‘q. Xususan, davlatimiz rahbarining shu yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha Komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishining qabul qilinishi mazkur sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Mamlakatimizda nashriyotlar ko‘payib bormoqda. Bu kitobxonlar soni ortib borayotganidan darak beradi. Joriy yil may holatiga ko‘ra, respublikamizda 126 ta nashriyot, 1769 ta matbaa korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Nashriyotlar tomonidan har yili uch ming nomdan ziyod, umumiy adadi oltmish million nusxadan ortiq turli kitob mahsulotlari nashr etilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi.
Bu yil ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar o‘tgan yilga nisbatan ko‘p va sifatli ekani ko‘rinib turibdi. Jumladan, “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, o‘afur o‘ulom, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida 400 nomdagi badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy adabiyotlar nashr etilgani quvonarli hol.
Toshkent shahrining o‘afur o‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan “Kitob bayrami”ning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.
— Bu galgi bayram har yilgidan o‘zgacha ruhda o‘tdi. Yangi nashriyotlarda chop etilgan kitoblar namoyish etildi. Ko‘rinib turibdiki, kitobat sohasida ham ma’nan, ham dizayn jihatdan o‘sish bor, — deydi “Yangi asr avlodi” nashriyoti muharriri Zuhra Ro‘zieva. — Bu yil bayramda 350 ga yaqin nomdagi kitob bilan qatnashdik. Joriy yilda “Maktabdan tashqari o‘qish” ruknini tashkil qilgan edik. Bu loyiha doirasida kichik va o‘rta yoshdagi o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 100 nomdagi kitob nashr etila boshlandi. Bugun shundan 22 tasini taqdim qildik va bu asarlarni kitobxonlar iliq kutib olishdi. Masalan, shu rukn ostida Anvar Obidjonning 1—4-sinflar uchun mo‘ljallangan “o‘alati maktublar”, Hamid Olimjonning 5—9-sinflar uchun “Oygul bilan Baxtiyor” asari chop etildi. Bugun amin bo‘ldimki, odamlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi kundan-kunga ortib bormoqda. Biz esa kitobxonlar ehtiyojini qondirish uchun faol harakat qilishimiz kerak. 
Bayram ishtirokchilari nashriyotlar tashkil etgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Bog‘ning turli joylariga o‘rnatilgan telemonitorlarda nashriyotlar faoliyatini aks ettiruvchi hamda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan videolavhalar namoyish etilgani tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Respublikamiz nashriyotlarida chop etilib, turli xalqaro nufuzli kitob ko‘rgazmalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yurtimiz noshirlari va matbaachilarining bugungi ijodiy imkoniyatlari va texnik salohiyatlarini ko‘rsatadigan maxsus ko‘rgazma-stendlar tashkil etildi.
— Kitoblarga qiziqishim tufayli bu bayramda har yili ishtirok etishga harakat qilaman. Nashriyotlardan chiqayotgan yangi kitoblarni ko‘rib, ko‘zim quvnab ketdi. O‘zimga yoqqan bir nechta kitobni hamyonbop narxda sotib oldim, — deydi 1-respublika tibbiyot kolleji talabasi Matluba Xudoyqulova. — Mana shunday tadbirlar yilda bir marta emas, tez-tez o‘tkazilishini istardim. 
Kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, “Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas”, “Odamiylik kitobga bo‘lgan ehtiromdan boshlanadi”, “Kitobga mehr qo‘ysangiz, u sizni munosib taqdirlaydi”, “Mening birinchi kitobim”, “Kitob — eng yaxshi sovg‘a” mavzularida sovrinli intellektual viktorinalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling