Vatan ostonadan boshlanadi
Maxsus avtobil va mototsikillar haqida suhbat
Download 0.54 Mb.
|
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma
Maxsus avtobil va mototsikillar haqida suhbat
Har yili Asaka va Samarqand shaharlaridagi avtomobil zavodlari konveyerlaridan minglab yangi yengil avtobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar chiqarilmoqda. Yurtimizning yo’lovchi tashish va yuk tashish parklari chet elning eng yaxshi, qulay va zamonaviy yuk avtomobillari va avtobuslari bilan to’lib bormoqda. Bizning xalq xo’jaligimizda avtomobil transportning ahamiyati juda kattadir. Har yili davlatimizga barcha yuklarning 90 foizi avtomobil transporti bilan tashilmoqda. Avtobuslar yordamida esa har kuni 3 milliondan ortiq yo’lovchi tashiladi. Ko’chalarda siz tez-tez, ma’lum bir turdagi yuklarni tashishga maxsuslashtirilgan avtomobillarni uchratishingiz mumkun. Masalan, non, go’sht, un yoki sut kabi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun maxsus yukxonali yoki sisternali yuk avtomobillariqo’llaniladi. Qurilish uchun yuklar va qurilish – yo’l texnikasi maxsus yarimtirkamalarda (pritseplarda) tashiladi. Bu yarimtirkamalarga uylarning va binolarning panellarini yuk buldozeri va kranlarni yuklash mumkin. Yurtimizning ko’pgina joylarida foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish uchun karyerlar mavjuddir. Bu yerda qazib olingan rudani tashib chiqish uchun o’ta kata yuk ko’tarishga mo’ljallangan maxsus o’zi ag’daruvchi kuzovli avtomobillar (samosvallar)dan foydalaniladi. Bu avtomobillar bir marta yuklanishda 180-240 tonna rudaniolib keta oladi. Shahar ko’chalarida maxsus avtomobillarni: tez tibbiy yordam xizmati, yol harakati xavsizligi xizmati avtomobillari ham ko’pdir. Oddiy avtomobillardan farqlanishi uchun ular maxsus ranglar bilan bo’yaladi, kuzovi yoki tomiga miltillovchi chiroq o’rnatiladi. Yuqorida ta’riflangan barcha avtomobillarni haydovchilar boshqaradilar. Haydovchilik kasbi juda faxrli va murakkabdir. Unga juda kata ma’sulyat yuklatiladi. Haydovchi yo’lovchilari va piyodalar sog’liklari, olib ketayotgan yuklari hamma unga topshiriladi avtomobilning butligi va sozliqi uchun javobgardir. Agar siz yo’l qoidalariga to’liq rioya qilsangiz va ko’chalarda odobli bo’lsangiz, haydovchilar ishiga kata yordam qilgan bo’lasiz. Yong’inlarni o’chirish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro’y bergan joyga yetkazish, tibbiy ofatlardan vaqtida qutqaruv ishlari olib boorish, gaz va vodoporovod quvirlarini tamirlashda maxsus avtomobillarda va vertolyotlardan foydalaniladi. Maxsus avtomobillar, vaertolyotlar va mototsikllardan transport haydovchilari yo’l qoidalariga rioya qilishi nazorat qilish uchun ham foydalanadi. Militsiya mashinalariga shu jumladan DYHXX avtomomillariga hamda qutqaruv ishlarini olib borishda ishlatiladigan avtomobillarga radio karnay o’rnatiladi. O’t o’chiruvchilar mashinalar qizil ranga bo’yaladi. Militsiya mashinasi kuzovining yon tomonlariga zarur hollarda qong’iroq qilish uchun olti yoki yeti raqamli telefon raqamlari yoziladi. ,,Tez yordam” mashinalarining kuzoviga esa 03 raqami tushurilgan bo’lib, bu telefon orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi. Maxsus avtomobillar hodisa ro’y bergan joyga bergan joyga borayotganda ,,sirena” tovushi signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling