Vatan ostonadan boshlanadi


Yo`l harakati xavfsizlik qoidalari


Download 0.54 Mb.
bet6/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Yo`l harakati xavfsizlik qoidalari
Piyodalarga yo'lakchalarda va maxsus piyodalar yo'lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo'lmasa, yo'l chekkasidan yoki velosiped yo'ikasidan harakatianing. O'ng tarafdan, mashinalar yo'nalishi bo'yicha harakatianing. 
Unutmana! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi. Ko'cha va yo'llarda o'ynamang! Transport vositasiga osilmang! 
Chang'i, g'ildirakchali konki va skeytbordda faqat to'silgan maydonlarva bog'larda uching!Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qtsmiga chiqmang. 
Agar, ko'cha yoki yo'lni kesib o'tish zarur bo'lsa, velosipeddan tushib oling, skeytbordni esa qo'lingizdaushlang.
TRANSPORTDA YURISH QOIDALARI
JAMOAT TRANSPORTIDA
Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo'ining transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to'xtagandan so'ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatla- nayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.
KO'CHA VAYO'LLARDAN O'TISH
Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qistnini, faqat yer osti va yer usti o'tish joylaridan va "Piyodalarning o'tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o'ting. Bunda o'zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo'qiigiga ishonch hosil qilib, ko'cha va yo'lni tik perpendikulyar holda kesib o'ting.
SVETOFOR ISHORALARI (SIGNALLARI)
Svetofor yoki yo'l harakatini tartibga soluvchi yo'l noziri borjoylarda ko'chadan ishora (signal) bo'yicha o'ting . Yo'l harakatini tartibga soluvchi yoki svetofor yo'q joyiarda yo'ining qatnov qismini transportlarga xalal bermasdan, o'zingizni erkin tutib, ikkilanmasdan kesib o'ting. Ikki tomonlama harakatlanish tashkil etilgan ko'chani kesib o'tishdan oldin to'xtab, chapga qarang va transport vositasi bo'lmasa, o'tishni boshlang. Yo'ining o'rtasiga borib, o'ngga qarang . Agar yaqin masofada transport vositasi bo'lsa, xavfsiz joyda yoki ko'chaning o'rtasida kutib turing, yo'l bo'shagach harakatda davom eting.
Esingizda tuting! Yo'lning transport vositasi qatnaydigan qismida yo'l-yo'l chizig'i bir tarafga ikkitadan ortiq bo'lsa va harakatdagi transportlarning signallari va chiroqlari yoqilgan holatda bo'lsa, bu tez yuradigan transport vositalari qatnaydigan yo'l hisoblanib, uni kesib o'tmang!!!

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling