Vatan ostonadan boshlanadi


Tozalik va ozodalik-salomatlik garovi


Download 0.54 Mb.
bet4/44
Sana17.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1538543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
5.3 tarbiyaviy soat ishlanma

Tozalik va ozodalik-salomatlik garovi
 Hamisha ozoda va sarishta bo’lib yurish — fazilat, salomatlik garovidir. Toza, pokiza odamning ruhi uyg’oq, vujudi tetik, hayoti nurafshon bo’ladi. Chunki sizu bizga tozalik farishtasi shu baxt, quvonchni tortiq etadi. Alloma Gyotening ta’biri bilan aytganda, bu farishta o’zini, ya’ni tozalikni sevganni sevadi, sevmaganga shafqat qilmaydi, ya’ni ularni turli kasallikka yo’liqtiradi.
Kichkinaligimda buvim «Ozoda yur! Ust-boshing, so’zing, egan ovqating toza bo’lmasa, mikroblarga emak bo’lasan», deya qo’rqitmasdi-yu, shunday tushuntirardi. Yana u kishi derdi: «Ertalab uyqudan turib, yuvinib, ozoda bo’lib yursang, farishtalar boshingga qo’¬nadi. U xohlaganingni muhayyo qiladi.
O’shanda bu gaplarga chin dildan ishondim va o’zim bilibmi yoki buvimning aytganlarigami, ishqilib, ozoda, pokiza qiz bo’lishga harakat qilardim. Ba’zan ertak, hikoya, rivoyatlar aytib berib, ota-onamiz, bobo-buvimiz bizni ozodalikka o’rgatishgan, esingizdami?
Qarang, mana hozir ham bolalikda eshitgan tozalik haqidagi ertak esimga tushayapti-yu, uni sizga aytgim kelayapti.
Bir to’da maymunlar tog’da yashar ekan. U tomonlarga hech kim kelmas, osmonda uchib, qanoti tolgan qush ham toqqa qo’nsa, darrov uchib ketar ekan. Bora-bora maymunlar kasal bo’lib, o’la boshlabdi. Bundan xavotirga tushgan maymunlar sardori jonivorlar shohi — sherning oldiga boribdi. Sher debdi:
— Cenlar go’zal tog’ni vayron qildinglar! U erda tozalik tartibi buzilgan. Shu bois senlarga kasallik yopishgan. Agar tozalikka rioya qilmas ekansanlar, bu darddan umrbod qutula olmaysanlar!
Tan olsak bo’ladi, biz ertak, rivoyatlarni to’qima, hayotiy voqealardan juda olisda, deb o’ylaymiz-u, shunchaki o’qib ketamiz. Undagi qahramonlar sizu biz ekanligimizni xayolimizga ham keltirmaymiz. Ilg’agan bo’lsangiz, bu ertak tozalikning sog’¬liq uchun naqadar foydali ekanligi ha¬qida ma’lumot bermoqda. Endi bundan qanday xulosa chiqarasiz, o’zingizga havola.
EZGU SO’Z, EZGU FIKR
Ruhan komil, vujudi salomat insonni eng buyuk saodat ham gangitib qo’ymaydi, eng katta baxtsizlik ham uni sarosimaga solmaydi. Har ikki vaziyatda u o’zini idora qila oladi.
Bir kishi donishmanddan uyiga o’g’irlikka tushgan yaqin do’sti haqida so’rabdi:
— Nima qilsam uning ko’ngliga ozor bermasdan, bu qing’ir yo’ldan uni qaytara olaman?
— O’g’irlik — kasallikdir, — debdi donishmand. — Do’stingiz g’oyat og’ir xasta ekan. Avvalo, siz uning qalbini davolashingiz kerak. Dori esa faqat ezgu so’z va ezgu fikrdir.
Ha, inson qachonki qushdek engil, ruhi pok bo’ladi, u to’g’ri so’zlab, yaxshilikka intilsa, uyi toza bo’lib, sog’lom fikrlasa. Shunday ekan, har birimiz nozik qalbimizni go’zal tuyg’ular bilan to’ldiraylig-u, hecham dillarimizga ozor bermaylik!
CHINIQQANDA GARD YUQMAS, TINIQQANDA DARD
Iskandar degan bolani taniyman. Uning oyog’i og’rirdi, tez-tez kasal bo’lib, vaqti shifoxonaga qatnash bilan o’tardi. Keyinchalik shu bola o’zida jasorat, ishonch topa oldi. Sport bilan do’stlashdi. Sport uning sog’ligini tikladi, Iskandarni butunlay bosh¬qa — quvnoq, intiluvchan odamga aylantirdi. Hozir esa u karate bo’yicha O’zbekiston chempioni, ko’plab musobaqalar g’olibi.
Sport bizni ham jisman, ham ruhan baquvvat qiladi, tarbiyalaydi. U bilan oshno odam hamisha sog’lom, quvnoq, tetik yuradi. Hayotini ma’no-mazmun bilan to’ldiradi. Eng asosiysi, sport bilan oshno odamlar o’zgalar qalbida havas, orzu, niyat, maqsad kabi go’zal tuyg’ularni uyg’ota oladi.
Bugun mamlakatimizda yoshlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Hatto eng chekka qishloqlarda ham sport to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda. Tengdoshlarimiz jahon maydonlarida o’zlarining nimalarga qodirligini ko’rsatayapti. Shu bilan birga shunday imkoniyatlar va yoshlarning sportda erishayotgan natijalari yurtimizda sportni ommalashtirmoqda, u tobora kundalik mashg’ulotimizga aylanayapti.
Shunday ekan, sport bilan qadrdon bo’laylik. Sog’lom turmushda yashaylik!
SOG’LOM BO’LAY DESANGIZ… Har bir davlatning sog’lom turmush tarzini kafolatlovchi, xalqning rostmana qadriyatiga aylangan omillari bor. Ular yashash sharoiti, tabiati, fe’l-atvoridan kelib chiqib, o’z sog’lom turmush tarzini ta’minlaydilar. Masalan, Xitoy sholizorlarida to’qson yoshlilar ham bemalol mehnat qila oladi. Chunki ular baland ovozda kuylaydi, hecham tushkunlikka tushmaydi. Shifokorlarning aytishicha, yaxshi kayfiyat sog’liqqa foydali ekan. Finlyandiyaliklar toza havoda sayr qilishni yoqtirishadi. Islandiyaliklar baliq moyini ko’p eydi, fransuzlar taomdan lazzatlanishni xush ko’rishadi. Koreyaliklar nuqul jilmayadi. Ular, «kulgi umrni uzaytiradi», deyishadi.
Shu kabi sog’liqni saqlashning turli usullari bor. Bunga amal qilish, siz o’ylaganchalik qiyin emas, ko’p vaqt ham talab qilmaydi. Masalan, biror narsa qilayotib, qo’shiq ayting, ovqatlanayotganda taomingizdan lazzatlaning, doim jilmayib, atrofingizni kulgi bilan charog’on qiling, toza havoda miriqib aylaning. Shunda kasallik sizni hecham bezovta qilmaydi, oromingizni o’g’irlamaydi.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling