Vatan tayanchi
Download 19.18 Kb.
|
VATAN TAYANCHI a`zolarining va`da berish tadbiri
“VATAN TAYANCHI” HARAKATI A’ZOLARI TANTANALI VA’DA BERISHDI Bugun, 17 noyabr kuni Oltinsoy tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida joylashgan Amfiteatrda tumandagi umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” harakati a’zolarining tantanali va’da berish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi maktablarning har biridan 20 nafardan iborat “Vatan tayanchi” harakati a’zolari bo‘lgan 10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir dastlab maydonga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i olib kirish bilan boshlandi. So‘ng Oltinsoy tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sherbek Niyazov “Vatan tayanchi”harakati a’zolari bilan salomlashdi. Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i tantanali tadbirni ochiq deb e’lon qilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Oltinsoy tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Niyazov tadbirda shunday dedi: —Bugun alohida kun. Siz yoshlarning hayotingiz tarixida yangi sahifa ochiladigan lahzalar,—dedi notiq.—Sizlar hozir “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati safiga qabul qilinmoqdasizlar. Har bir maktabning 10-11-sinf o‘quvchilaridan 20 nafari vatanparvarlik harakati safiga saf tortib turibdi. Hozirgi vaqtda “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati a’zolari safiga mamlakatimiz bo‘yicha 200 maktab o‘quvchilari qo‘shilayotgani yanada quvonchlidir. “Vatan tayanchi” harakati bu o‘ziga xos vatanparvarlik maktabidir,dedi notiq o‘z ma’ruzasi yakunida. Shundan so‘ng “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosi safdan chiqib “Tantanali va’da” matnini baland ovozda, ifodali o‘qidi.Nomzodlarning barchasi jo‘r bo‘lib uch marotaba “Va’da beramiz” deya takrorladilar. Tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Niyazov “Vatan tayanchi” harakati a’zolarini tabrikladi. Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumani hokimligida tumandagi umumtaʼlim maktablardagi chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari bilan oʻquv-seminari tashkil etildi. Oʻquv-seminar ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-mart kunidagi PQ-150-sonli qarori hamda umumtaʼlim maktablarda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy – vatanparvarlik harakatining maqsad va vazifalari hamda uning faoliyati, otryadni tuzish toʻgʻrisida Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati boshligʻi polkovnik Bahrom Zulfiqorov tushuntirib berdi. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining asosiy maqsad va vazifalari — yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini, shuningdek, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, bagʻrikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar va qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash va ularda Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuygʻusini mustahkamlash borasida uzluksiz ish olib borishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishdan iboratdir. Tadbirda ushbu sohaga oid biriktirilgan masʼullar ishtirok etishdi. Tadbir soʻngida seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan atroflicha javob berildi. Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling