Vatandoshlik dasturi
Download 9.78 Kb.
|
Vatandoshlik dasturiga -WPS Office
"Vatandoshlik dasturi" kitobi annotatsiyasi Ushbu o‘quv qo‘llanma eston olimi Yulo Vooglayd tomonidan yozilgan bo‘lib, unda insoniyat oldida turgan muhim masalalar “Inson”, “Hayot”, “Yashash muhiti”, “Jamiyat”, “Madaniyat”, “Mehnat”, “Rahbarlik”, “Hamkorlik”... kabi mavzular asosida o‘ziga xos tarzda yoritiladi. Qo‘llanma eston jamiyatiga yo‘naltirilgan bo‘lsada, unda Estoniya juda kam tilga olinadi va umumiy ma’noda asarni, butun post sovet jamiyatlari uchun mo‘ljallangan deyish mumkin. Ushbu qo‘llanma - vatandoshga aylanishni istaydigan, vatandosh bo‘lib qoladigan va o‘zini vatandoshlardek tutadigan vatanparvar insonlar uchun yozilgan. Asar konsepsiyasining negizida – “Davlat va jamiyat - vosita, maqsad esa - baxtli insondir!” g‘oyasi yotadi. “Inson - nafaqat resurs. Inson va uning farovonligi - ibtido va intiho, maqsadlar asosi va qarorlar maqsadi, asosiy tamoyil va baholashning asosiy mezoni hamdir” deb urg‘ulanadi asarda. Yulo Vooglayd "Vatandoshlik dasturi " kitobi annotatsiya
19.01.2023-yil H. Mamuraliyev SIYOSATNI YOZMASANG BOʻLDI Ozodlikka intilib, doʻstim, Oʻzingga goʻr qazmasang boʻldi. Rahbarlarning asabin buzib, Siyosatni yozmasang boʻldi! Maddoh boʻlma, munofiqdan qoch, Birov uchun toʻqsan, balki och, Riyo seni qilar yalangʻoch, Siyosatni yozmasang boʻldi! Qiziqsinma senat yoshiga, Balans boʻlmas taroz toshiga, Koʻz koʻradi, tushsa boshiga, Siyosatni yozmasang boʻldi! Oʻzgarmasa hokimlar, nima? Hayot sokin odimlar, nima? Katta rahbar, xodimlar, nima? Siyosatni yozmasang boʻldi! Futbolni yoz, sportdan gapir, Tanqid qilib qoʻyma, besabr. Mayli unga qilsang ham jabr, Siyosatni yozmasang boʻldi! Satirani gullat mayliga, Qarshi chiqma, xalqning mayliga, Qarasang ham birov qayliga, Siyosatni yozmasang boʻldi! Gapir qoʻrqma Tramp haqida, Putin uchun toʻqi aqida, Bilib olgin asli farqi-da, Siyosatni yozmasang boʻldi! Feysbuk bu aldovchi klub, Hamma qoʻyar gapingga kulib, Hissiyotga berilmay turib, Siyosatni yozmasang boʻldi! Unutvorgin, "surish_kerakʼni", Oʻyla, hayot "qurish_kerakʼni", Turmush-tarzni "burish_kerakʼni", Siyosatni yozmasang boʻldi! Erkinlikda xato izlama, Yoqmaganni mayli, sizlama. Qoʻrqqaningga aslo tizlama, Siyosatni yozmasang boʻldi! Adolatni yurma qidirib, Bir kun kelar oʻzi qad urib, Oʻshanda sen ogʻzing toʻldirib, Siyosatni yozmasang boʻldi! Toring kuyga sozlasang boʻldi, Sheʼrlaring pardozlasang boʻldi. Ey Satirik, qaltis zamonda, Siyosatni yozmasang boʻldi...! 22.01.2023-yil 🕺 Download 9.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling