Вазифа шартлари
Download 182.5 Kb.
|
2-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil y echish uchun masalalar.
2-Amaliy mashg’ulot Donadorlik (granulometrik) tarkib grafigi bo‘yicha sochiluvchan tog‘ jinslarining xilma-xillik koeffitsienti va amaldagi diametrini ko‘rsatkichlarini aniqlash. Masala shartlari: Quyidagi sharoitlarda tog‘ jinslarining xilma-xillik koeffitsienti va amaldagi diametrini aniqlang. Donadorlik tarkibi grafigi chizing: berilgan material (namuna)ning massasi G=10 kg; namunaning sito (g‘alvir, elak)da qolgan massa ko‘rsatkichi G1 (kg) 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Bo‘lak (kusok)ning eng katta diametri – 60 mm Echish. Donadorlik tarkibi mutloq quruq holatdagi tog‘ jinsining umumiy og‘irligidagi turli kattalikda alohida donador (sochiluvchan) tog‘ jinsi og‘irlik tarkibi % orqali xarakterlanadi. Donadorlik tarkibini aniqlashning eng ko‘p tarqalgan usuli sito tahlili deyiladi. Tog‘ jinsi bir-biriga turli o‘lchamdagi teshikli o‘rnatilgan sito orqali elanadi. Undan keyin sitoda qolgan qism 0,01 g aniqlikda o‘lchab olinadi. Barcha sitodagi qoldiqlar og‘irligi aniqlangandan keyin taglikdagi tog‘ jinsi qismi foiz tarkibi hisoblanadi. Tog‘ jinslarining donadorlik tarkibi uning suv-fizikaviy va mexanik xususiyatlari (g‘ovaklik, siqiluvchanlik, suv singdiruvchanlik, siljishga qarshilik va boshqalar)ga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 1. Sitodagi tog‘ jinsining umumiy og‘irligini aniqlaymiz : , kg (1) k 2. Kattaligi 0,5 mm kichik bo‘lgan tog‘ jinslarining og‘irligini aniqlaymiz G8, kg. , kg (2) kg 3. Kattalik sinflari bo‘yicha tog‘ jinslarining nisbiy og‘irliklarini aniqlaymiz gi. , % (3) 4. Tog‘ jinslarining donadorlik tarkibi grafigi chizamiz (1-rasm). Olingan ma’lumotlar bo‘yicha jadval (2-jadval)ni to‘ldiramiz va donadorlik tarkibi grafigini tuzamiz (2-rasm). 2-jadval
kg; 2-rasm. Sochiluvchan tog‘ jinslarining donadorlik tarkibi grafigi. 5. Namunaning amaldagi diametrini aniqlaymiz dl. Amaldagi diametr deb tog‘ jinsi tarkibining 10% to‘g‘ri keladigan bo‘lak kattaligiga aytiladi. Grafik (2-rasm)dan topamiz dl=d10=2 mm. 6. Namunaning xilma-xillik koeffitsienti KN tog‘ jinsi tarkibining 60% iga to‘g‘ri keladigan bo‘lak kattaligi d60 va amaldagi diametr dl munosabatlari orqali quyidagicha aniqlanadi: (4) Grafik (2-rasm)dan topamiz d60=10 mm Mustaqil yechish uchun masalalar. Quyidagi sharoitlarda tog‘ jinslarining xilma-xillik koeffitsienti va amaldagi diametrini aniqlang. Donadorlik tarkibi grafigi chizing: berilgan material (namuna)ning massasi G=10 kg; namunaning sitoda qolgan massa ko‘rsatkichi G1 (kg) 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval
Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling