Vazifalar: Bank tomonidan Investitsiya faoliyatini uzoq muddatli kreditlash


Download 19.92 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi19.92 Kb.
#138514
Bog'liq
Akmalov Saidkhuja IKM-60 xalqbanki


Akmalov Saidxòja IKM-60

Xalq banki



Vazifalar:

  1. Bank tomonidan Investitsiya faoliyatini uzoq muddatli kreditlash.

  2. Bank tomonidan Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar aylanma mablag’larini kreditlash xususiyatlari.

  3. Bank tomonidan Investitsiya faoliyatida ipoteka krediti.

  4. Bank tomonidan Kreditni rasmiylashtirish tartibi.

  5. Bank tomonidan Korxonalarning kreditga layoqatliligi ko’rsatkichlari.

  6. Bank tomonidan Investitsiya faoliyatini kreditlash foiz siyosati.

  7. Bank tomonidan Asosiy qarz va undan foydalanganlik uchun to’lanadigan to’lovni undirish tartibi.

  8. Bank tomonidan Kreditdan foydalanishi ustidan bank monitoringi.

Javoblar


  1. Ko’chmas mulk va barcha turdagi uskunalar uchun lizing taqdim etish yordamida mijoz o’ziga qulay bo’lgan shartlar asosida ko’chmas mulk, dastgohli, poligrafik va savdo asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish liniyalarini, oziq-ovqat va sanoatning boshqa sohalari uchun asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransport sotib olishi mumkin.



  1. Biznes yurituvchi tadbirkorlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga bizneslarini kengaytirish borasida har doim ham imkoniyatga ega bo‘lmaganliklari uchun tez-tez moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lishadi. Bunday vaziyatlarda biznesni rivojlantirish uchun kredit rasmiylashtirish masalasida banklarga tashabbus bilan chiqish lozim.Xalq banki biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun bank o‘z mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan keng turdagi kredit liniyalarini taklif etish orqali tadbirkorlik sub'yektlarining ishonchli hamkori sifatida o‘z o‘rniga egadir.

Biznesni rivojlantirish uchun kreditlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi: 1 yilgacha bo‘lgan muddatda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun va 5 yilgacha asosiy vositalarni sotib olish uchun ajratiladi. Kredit turidan kelib chiqib 3 oydan 12 oygacha imtiyozli davr taqdim etilishi mumkin.

  1. Ipoteka krediti - bu uy-joy sotib olish uchun mo'ljallangan kredit turi

Kredit shartlari: Yangi uy-joyga yangi imkoniyatlar

Uy-joyga boʼlgan ehtiyojni qondirish maqsadida qulay muddatli kredit (birlamchi bozordan)

Miqdor 352 000 000 (uch yuz ellik ikki million) so'm

Muddat 20 (yigirma) yilgacha

Qo‘shimcha ma’lumot

(PF-5886-sonli Farmoni hamda PQ-4701-sonli qarori boʼyicha birlamchi bozordan koʼp qavatli uylardan xonadon sotib olish uchun Ipoteka kreditlari) Qishloq va shahar joylarida 2 xonali uylar uchun kreditning eng koʼp miqdori 240 000 000 soʼmgacha

Toshkent shahrida 2 xonali uylar uchun kreditning eng koʼp miqdori 264 000 000 soʼmgacha

Qishloq va shahar joylarida 3 xonali uylar uchun kreditning eng koʼp miqdori 320 000 000 soʼmgacha

Toshkent shahrida 3 xonali uylar uchun kreditning eng koʼp miqdori 352 000 000 soʼmgacha Xalq banki kreditlarning jismoniy shaxslarga hamda biznes uchun beriladigan turlari mavjud bo'lib, ularni rasmiylashtirish kredit turidan kelib chiqadi. Jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarga avtokreditlar, mikroqarz, iste’mol kreditlari, ipoteka krediti hamda overdraft kreditlari (vaqtinchalik to'xtatilgan) kiradi. Bu turdagi kreditlarni rasmiylashtirish uchun bir qancha hujjatlar talab qilinadi. Masalan, avtokredit ajratish uchun kerakli hujjatlar kredit olish uchun ariza, qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, so'nggi 12 oylik ish xaqi ma’lumotnomasi, avtomobil sotib olish shartnomasi, ta’minot hujjatlari (sug'urta polisi) hisoblanadi. Shu orqali shartnoma shakllantiriladi. Yoki iste’mol kreditini rasmiylashtirish uchun mijozdan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), tovar sotib olish yoki ko‘rsatilgan xizmat to‘lovi uchun hisob-shartnoma, kafilning pasporti kopiyasi, kredit ta'minoti hujjatlari (EKIHning 50 barobaridan yuqori bo‘lgan kreditlar uchun) talab qilinadi hamda mijozning o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralishi mumkin.

Biznes uchun beriladigan kreditlarga esa mikrokreditlar, kichik kreditlar, agrokreditlar, biznes-overdraft, korporativ kreditlar, xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar, bank kafolati, lizing kiradi. Bu turdagi kreditlarni rasmiylashtirish uchun kredit shartnomalari tuziladi (kredit shartnomalarining shakli bankning rasmiy saytida keltirilgan).



  1. Xalq banki rasmiy saytida buxgalteriya balansi taqdim qilinmaganligi sababli kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlari hisoblangan qoplash koeffitsienti, likvidlilik koeffitsienti, mustaqillik koeffitsientlarini aniqlash imkoni bo'lmadi. Lekin har yili o'tkaziladigan auditorlik xulosalarida bankning moliyaviy ahvoli yaxshi ekanligini bilib olish mumkin. Konsolidatsiyalashgan hisobotlarida sof foyda yildan yilga o'sib borayotgani ko'rsatilgan bo'lib, bundan bank rivojlanishda ekanligini ayta olamiz.

  2. Xalq bankida kredit turlariga qarab yillik foiz stavkalari belgilangan. Jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlardan avtokredit, mikroqarz, iste’mol kreditlarning yillik foiz stavkasi 23%, ipoteka kreditiniki esa 18%. Biznes uchun beriladigan kreditlardan mikrokreditlar, kichik kreditlar, agrokreditlar, biznes-overdraft, korporativ kreditlar, xorijiy kredit liniyalari hisobidan kreditlar, bank kafolati, lizinglar ham qulay foiz stavkalariga ega.

  3. Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish oʻrinlarini yaratishga koʻmaklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash boʻyicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash bank faoliyatida alohida oʻrin tutadi. Bunda bank, mamlakat moliyaviy bozorini rivojlantirishdan tashqari, oʻz omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini ham yuqori qoʻyadi. 

  4. Bank kreditdan foydalanishni monitoringini quyidagilarni o'z ichiga olgan holda amalga oshiradi:

  • Arizalarni ko'rib chiqish muddati - 5 kun (bank tomonidan talab qilingan hujjatlarning to’liq toplamini taqdim etilganda);

  • Kreditni qaytarish vaqti: har oy, to'lash jadvalida ko'rsatilgan miqdorda

  • Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud ;

  • Jarima va penyalar: Kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda, muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 baravarga oshadi;

  • Kechiktirilgan foizlar uchun penya - kuniga 0,4%;

  • Garov ta'minoti - kredit summasiga nisbatan kamida 125%.

Bunga qo'shimcha tarzda kredit turidan kelib chiqib yana bandlar qo'shilishi mumkin.

www.xb.uz
Download 19.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling