Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Bosh vazirning birinchi o‘rinbosar Bosh vazir o‘rinbosarlari Vazirlar Davlat qo‘mitalari raislari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari


Download 1.19 Mb.
Sana11.01.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1089570
Bog'liq
Xayrullayeva Diyora


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI Pedagogika-Psixalogiya yo`nalishi 2201U-04 gruh talabasi Xayrullayeva Diyoraning“Mustaqillikka erishish arafasida ozbekistonda ishtimoiy-siyosiy vaziyat MAVZUSI BOʻYICHA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
2022-2023 o`quv yillar
Toshkent
Reja:
1- 1991-2000 yillarda o`tkazilgan islohotlar
2 O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li,
taraqqiyotning «O‘zbek modeli».
3- 1991-2000 yillarda O`zbekiston Respublikasining Xalqaro tashkilotlar bilan
munosabati.
1991-2000 yillarda o`tkazilgan
islohotlar
1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining
«O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq ravishda O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi.
1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi
tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi
Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident
Bosh vazir
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosar
Bosh vazir o‘rinbosarlari
Vazirlar
Davlat qo‘mitalari
raislari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi
Davlat va xoʻjalik
boshqaruvi boshqa
organlari rahbarlari
pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi
1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, «Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi
2000-yilda boshlangan iqtisodiy slohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotg davlat aralashuvi darajasining
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli».
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi.Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi.
O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tish yo‘liga doir Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil:
.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish.
Davlat bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori
Qonun ustuvorligi, qonun oldidahammaning tengligi.
Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtojtabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, izchil ravishda o‘tish kabilar asos qilib olindi.
1991-2000 yillarda O`zbekiston Respublikasining Xalqaro tashkilotlar bilan munosabati.
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul
qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekiston davlat rahbari I.Karimov
tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahonhamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim,fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YUNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini
nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi.
1992-yil 2-martda
1993-yil 29-oktabrda
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro
hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va ham-korlik 1992-yil imzolangan Davlatlararo munosabatlar, Do‘stlik asoslari to‘g‘risidagi shartnoma, 1998-yil imzolangan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartno-
malar asosida rivojlanib bordi.
1992-yil fevralda AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga rasmiy
tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992- yil martda Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi.O‘zbekiston Prezidenti I.Karimovning 1996-yil iyunda AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. Islom Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar manfaatiga daxldorbo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi.
E`tiboringiz uchun raxmat
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling