Vazirlar Mahkamasi


Download 23.22 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1630985
Bog'liq
v m


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma'naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a'zolari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi:
samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, ilm-fan, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir choralarni amalga oshiradi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi hamda yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan nazoratni ta'minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma'ruzalarni taqdim etadi;
davlat boshqaruvi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini, idoralarni va boshqa davlat boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida takliflar ishlab chiqadi;
strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari davlat boshqaruvi tizimiga joriy etilishini ta'minlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim hamda ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar hamda «yo‘l xaritalari»ni amalga oshirish yuzasidan choralar ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida, «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonunda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi konstitusiyaviy normalar doirasida va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat Prezidentining qaroriga muvofiq o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq olib boradi.

Vаzirlаr Mаhkаmаsi «Prаvdа Vоstоkа» gаzеtаsining muаssisi, shuningdеk, «Хаlq so`zi», «Nаrоdnое slоvо» va «Yangi O‘zbekiston» gаzеtаlаrining hаm muаssisi hisоblаnаdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.


Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:

iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;


mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;
yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash choratadbirlarini koʻradi;
sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi,
hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir qator vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Faoliyati
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1-marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborot-tahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat koʻrsatadi. Quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi:

Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;


Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti;
Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil departamenti;
Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti
Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib boradi. Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Xalq soʻzi“ — „Narodnoye slovo“ gazetalarining hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gazetalari hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonida (1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino temirbeton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat; tarzidagi vertikal chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan. 1999-yil fevralda sodir boʻlgan qoʻporuvchilik vaqtida shikastlangan bino 2000-yilda taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berildi. Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan granitlar poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi, xonalar pardozlanib ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid Usmonov va boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan). Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ tusini olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga:

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosarlari
Vazirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitalarining raislari
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi lavozimi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Bosh vazir:

Bosh vazirning oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga binoan xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ish koʻradi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlisida koʻrib chiqish talab etilmaydigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Bosh vazir boʻlmagan hollarda uning vazifalarini birinchi oʻrinbosar bajaradi.

Vazirlar Mahkamasining aʼzolari:

oʻzlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;
Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etadilar;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqish haqida takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ishlab chiqishda tashabbus koʻrsatishlari mumkin;
Korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda boshqa pul toʻlanadigan lavozimni egallash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emaslar.
Vazirlar Mahkamasi yangidan saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini topshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri


Abdulla Aripov
Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri oʻrinbosarlari
Ochilboy Ramatov — Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, qurilish va transport masalalari majmuasi rahbari
Jamshid Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar masalalari majmuasi rahbari.
Aziz Abduhakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri.
Jamshid Xoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo majmuasi rahbari.
Shuhrat Gʻaniyev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — agrosanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat va isteʼmol mollari komplekslari masalalari majmuasi rahbari.
Zulayho Mahkamova — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi raisi.
Qahramon Sariyev — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi.
Joʻrabek Mirzamahmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilgʻi-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazir
Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling