Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi to‘G‘risidagi hamda kadastr agentligining davlat kadastrlari
Download 71.24 Kb. Pdf ko'rish
|
35-сон 19.01.2022
va qo‘shimchalar
1. 2-bandda quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda, ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘laridan saqlanadigan xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qolgan xodimlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”; 2. Quyidagi mazmundagi 2 -band qo‘shilsin: “2 . O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar 4 — 6-ilovalarga muvofiq belgilansin. Belgilansinki, mazkur qarorga asosan belgilangan mehnatga haq to‘lash tartibi davlat xizmatchilari uchun mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy etilguniga qadar amal qiladi.”. 3. 1-ilovada : a) 10-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi qo‘shilsin: “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi”; b) 13-bandda : 1-kichik bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; 1-kichik bandning yigirma uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin; 2-kichik bandning yetmishinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 1 1 “soliq solish maqsadlarida yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining marksheyderlik ishlari Agentlikning Respublika aerogeodeziya markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududlararo bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi”; v) 18-bandda : 24-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “24) Agentlik tarkibiy bo‘linmalari va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomni, lavozim yo‘riqnomalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning nizom, tuzilma va ustavlarini hamda Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash”; 25-kichik bandda “Davlat kartografiya-geodeziya fondi boshlig‘i,” so‘zlaridan keyin “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; g) 27 va 28-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “27. Agentlik direktori Davlat soliq qo‘mitasi raisining tavsiyasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi. Agentlik direktori Davlat soliq qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar maslahatchiga ega bo‘ladi. 28. Agentlik direktori bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari Agentlik direktorining buyrug‘i bilan uning o‘rinbosarlaridan biriga yuklatiladi. Agentlik direktori, uning o‘rinbosarlari maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, moddiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ravishda vazirga, vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi. Agentlik direktorining maslahatchilari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra Agentlik direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi”; d) 7-bobning 4-paragrafi quyidagi tahrirda bayon etilsin: Download 71.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling