Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi to‘G‘risidagi hamda kadastr agentligining davlat kadastrlari


“4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari


Download 71.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi71.24 Kb.
#1537232
1   2   3   4
Bog'liq
35-сон 19.01.2022

“4-§. Agentlikning hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
34. Agentlikda Agentlik direktori (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari (lavozimi
bo‘yicha), shuningdek, uning faoliyati asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar
rahbarlaridan iborat hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan
Davlat soliq qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.
34 . Agentlikda uning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Agentlik direktori o‘rinbosari
(kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislaridan
iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
35. Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining
buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
36. Agentlikda Agentlik direktorining buyrug‘i bilan kengash, maslahat va ekspert organlari
tuzilishi mumkin.
Agentlikda tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi
nizomlar Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi”;
e) 
40-banddagi
 “uzluksiz” so‘zlari chiqarib tashlansin;
j) 
42-band
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari hamda Davlat
kartografiya-geodeziya fondi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan
tashqari 
jamg‘armasi 
va 
qonunchilikda 
taqiqlanmagan 
boshqa 
manbalar 
hisobiga
moliyalashtiriladi”;
z) 
44-bandda
:
1


beshinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari,
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlarining lavozim
maoshlarini aniqlashda Yagona tarif setkasi bo‘yicha 1,7 baravar miqdorida koeffitsiyent
qo‘llanilgandagi xarajatlar”;
yettinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari,
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondi xodimlariga ustamalar,
martaba darajalari va uzoq muddat xizmati uchun qo‘shimcha haq to‘lash”;
o‘n beshinchi-o‘n oltinchi xatboshilari
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari,
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari va Davlat kartografiya-geodeziya fondining kommunal-foydalanish
hamda boshqa joriy xarajatlari;
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining Agentlikning
budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan moliyalashtiriladigan shtat birliklarini saqlab turish,
shuningdek Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari, Davlat
kadastrlari palatasi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-
geodeziya fondi hamda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining qo‘shimcha shtat birliklarini
saqlab turish”;
o‘n sakkizinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari,
tumanlar (shaharlar) bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi, Davlat kadastrlari palatasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar)
filiallari, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya fondi, Toshkent
geodeziya va kartografiya kolleji hamda idoraviy mansub tashkilotlarining faoliyatini yaxshilashga
qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi”;
i) 46-bandning 
birinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va uning tumanlar (shaharlar)
bo‘linmalari hamda Davlat kartografiya-geodeziya fondining xodimlariga har oyda Agentlikning
budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan uzoq muddat xizmati uchun (ish stajiga
ko‘ra) ustama haq miqdorlari lavozim maoshiga (lavozim maoshiga nisbatan rag‘batlantirish
koeffitsiyentlari hisobga olingan holda) nisbatan quyidagi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadi”;
k) 
47-banddagi
“uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
l) 
49-band
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yanada
mustahkamlash, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va umumiy foydalanish bo‘yicha
axborot tizimlarini joriy etish, dasturiy vositalar bilan ta’minlash hamda Agentlik va uning idoraviy
mansub tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy
rag‘batlantirish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun qo‘shimcha
manba sifatida Agentlikning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi Davlat kadastrlari
palatasi va uning hududiy organlari hamda tizimga kiruvchi tashkilotlarning jami bajarilgan ishlar
hajmiga nisbatan 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ajratmalar o‘tkazishi hisobiga
shakllantiriladi”;
m) 
50-banddagi
“uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. 
2-ilovada
:
a) 
6-bandda
 quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida ko‘chmas mulk obyektlariga
bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuzaga keladigan nizolarni sudgacha hal qilish
komissiyalari tashkil etiladi”;


b) 10-bandning 
ikkinchi xatboshisidagi
“o‘tkazish” so‘zi “o‘tkazishni tashkil etish” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
v) 11-bandning “a” kichik bandi 
ikkinchi xatboshisidagi
“o‘tkazadi” so‘zi “o‘tkazishni tashkil
etadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning 
“a” kichik bandida
quyidagi mazmundagi oltinchi — o‘n birinchi xatboshilar
qo‘shilsin:
“yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash
maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini
amalga oshiradi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi
va amalga oshiradi;
er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer
kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi”;
d) 12-bandning 
2-kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer
kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri, hududlar davlat kadastrini yuritish, kadastr
yig‘majildini tayyorlash hamda Davlat kadastrlar palatasi sohasiga oid davlat xizmatlari ko‘rsatishni
takomillashtirishni tashkil etish va ularni ko‘rsatish sifati monitoringini olib borish;”;
e) 
15-bandda
 quyidagi mazmundagi 23 — 28-kichik bandlar qo‘shilsin:
“23) yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini
ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini
ta’minlaydi;
24) yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida
yuritilishini ta’minlaydi;
25) yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga
oshirilishini ta’minlaydi;
26) yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida
yuritilishini ta’minlaydi;
27) har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer
kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
28) davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri hamda hududlar davlat kadastrini
yuritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlarni tuman (shahar) filiallari tomonidan
Integratsion axborot tizimiga kiritish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi”;
j) 
17-bandda
:
to‘rtinchi xatboshida
“ma’lumotlar va axborotlarni” so‘zlaridan keyin “Integratsion axborot
tizimiga” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash
maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi;
yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini
ta’minlaydi;
yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini amalga
oshirilishini ta’minlaydi;


er hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini
ta’minlaydi;
har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer
kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ta’minlaydi”;
z) 19-bandning 
ikkinchi xatboshisida
 “binolar va inshootlar davlat kadastrini” so‘zlaridan keyin
“, hududlar davlat kadastrini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
i) 23-bandning 
2-kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hududlar davlat kadastri
yuritish, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlar va axborotlarni Integratsion axborot tizimiga kiritilishini samarali amalga oshirilishini
ta’minlash”;
k) 24-bandning 
1-kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk
obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri,
hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sohasida O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya
qilish”;
l) 
43-banddagi
“uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
m) 45-bandning 
oltinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu bandda nazarda tutilgan manbalar va ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan
tushadigan mablag‘lar Davlat kadastrlari palatasi tomonidan taqsimot qilinishi, shu jumladan
uning hududiy boshqarmalari o‘rtasida qayta taqsimot qilinishi mumkin hamda ushbu mablag‘lar
hisobidan Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan belgilangan miqdorda Davlat kadastrlari
palatasiga ajratmalar o‘tkaziladi”;
n) 47-bandning 
yettinchi xatboshisidan
 “uzluksiz” so‘zi chiqarib tashlansin;
o) quyidagi mazmundagi 49 -band qo‘shilsin:
“49 . Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari uchun
avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmati, harbiy va maxsus unvonlari (martaba darajalari,
malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab
qolinadi”.
5. Quyidagi mazmundagi 4 — 6-ilovalar qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-
fevraldagi 66-son qaroriga
4-ILOVA

Download 71.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling