Vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 163.5 Kb.
bet1/13
Sana28.02.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1235843
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Istiqlol davri adabiyoti-dastur-magistr-4


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA'LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Tasdiqlayman”


Jizzax davlat pedagogika universiteti
rektori_______ prof.Sh.S.Sharipov
“_____”___________2022- yil
ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING NAZARIY MASALALARI”
FANIDAN O‘QUV DASTUR
(magistratura, 1-kurs, 1-semestr)

Bilim sohasi: 100000 –Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 7011401 – O‘zbek tili va adabiyoti








JIZZAX-2022



Fan/Modul kodi
IDO‘ANM1004

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
I

Kreditlar
IV



Fan/Modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

Fanning nomi

Auditoriya
mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami
Yuklama (soat)

Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari

Ma’ruza 30 soat
Amaliy 30 soat



60



120






1

I. Fanning mazmuni

Fanni o‘qitishdan maqsad – mazkur fanni o‘qitishning bosh maqsadi istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalarining muhim poetik-estetik qirralarini mujassam qilgan adabiy asarlarni o‘rganish orqali badiiyfalsafiy qarashlardagi nazariy-badiiy evolutsiyani ko‘rsatib berish hamda badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur tadrijining shaxs va jamiyat hayotidagi o`rni va ahamiyatini ochib berish, talabalarning adabiy-estetik tafakkurini, yuksaltirish, ilmiy mushohadaning vujudga kelishi hamda nazariy jihatdan tahlil qilish va talqin ko‘nikmalarini hosil qilish, faol ijodkorlik ruhi va mas'uliyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi:
-istiqlol davri o‘zbek adabiyoti namunalarining o‘ziga xos, milliy va umuminsoniy xususiyatlarini ilmiy tahlil qilish asosida talabalarga bilim berish;
-talabalarga yuksak saviyada yaratilgan badiiy adabiyot namunalarining bashariyat, millat va jamiyat ravnaqidagi o‘rni va ahamiyatini tushuntirish;
-talabalarda badiiy adabiyotni tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish;
-talabalarda badiiy asarni idrok qilish hamda uni filologik nuqtai nazardan tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
-talabalarni adabiyot va inson o‘rtasidagi munosabatni badiiylik qonuniyatlari asosida tahlil qilishga o‘rgatish;
-istiqlol davri o‘zbek adabiyotida yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan adabiy hamda ilmiy metod va yo‘nalishlar mohiyatini jamoatchilik fikriga tayangan holda talabalarga yetkazish;
-istiqlol davri o‘zbek adabiyotidagi milliy va umuminsoniy adabiy-nazariy an'analarni jamiyat hayotiga tatbiq etish orqali talabaning adabiy-estetik didini yuksaltirish .

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling