Vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Download 163.5 Kb.
bet2/13
Sana28.02.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1235843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Istiqlol davri adabiyoti-dastur-magistr-4

II. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o‘rni. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar natijasida ta’lim tizimi rivojlanishning o‘ziga xos yangi yo‘liga qadam tashlab bormoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida hamda shu muhim huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosidagi “Davlat ta’lim standarti”da bu o‘zgarishlarning mohiyati aniq, ravshan belgilab qo‘yilgan.


Ma’naviy еtuk, barkamol avlodni tarbiyalash, zamon talablariga javob bera oladigan malakali milliy kadrlar tayyorlash bu islohotlarning mohiyatini tashkil etadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev ham badiiy adabiyotga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Bu borada ajdodlarimiz qoldirgan va bugungi kunda yaratilayotgan boy adabiy merosni o‘rganish muhim ahamiyatga ega. “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotii” fan sifatida bevosita ajdodlarimiz yaratgan va bugungi kunda yaratilayotgan boy adabiy merosni o‘rganishni maqsad qilgan.

2.

  1. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
I-modul. 1-mavzu. Istiqlol davri she’riyatining taraqqiyot tamoyillari. (2 soat)
Istiqlol davri o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari hamda predmeti va obyektini ochib berish. Istiqlol davri o‘zbek she’riyatiga xos tasvir uslublari, istiqlol davri she’riyatiga xos yetakchi tendensiyalar, taraqqiyot tamoyillari, she’riyatda poetik fikrning yangilanishi, g‘oyaviy-badiiy mezon va estetik qarashning tug‘ilishi.
2-mavzu.Bugungi o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos tamoyillari. (2 soat)
Bugungi kun she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, islom asotirlari va g‘oyalar bilan sug‘orilgan she’riyat, she’riyatda milliy g‘oya va milliy mafkuraning ifodasi, bugungi kun she’riyatida poetik obraz va motivlar, A.Oripov, E.Vohidov, H.Hudoyberdieva, O.Hojiyeva, U.Azim, A.Suyun, M.Yusuf va boshqalarning yangi she’rlarining tahlili. Modern va modern yo‘nalishidagi she’riyat. Modern she’riyatning xususiyatlari.

Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling