Reja: Kirish I bob. G`Oya va mafkuraning mazmun-mohiyati
Download 54.6 Kb.
|
Milliy g`oya fanini o`qitishda o`quvchilar faolligini oshirish yo`llari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Mamlakatimizda milliy g`oya va ma`naviyatga doir bo`lgan masalalarda amalga oshirilayotgan ta`lim tarbiya borasidagi islohotlarning barkamol avlodga ta`siri
- 2.2. Milliy g`oya fanini o`qitishda maqsad va vazifalar va natijaga erishish yo`llari Xulosa Adabiyotlar Kirish
Milliy g`oya fanini o`qitishda o`quvchilar faolligini oshirish yo`llari. REJA: Kirish I BOB. G`OYA VA MAFKURANING MAZMUN-MOHIYATI 1.1.Milliy g`oya darsida g`oya, milliy g`oya, barkamollik, vayronkor g`oyalar va shunga o`xshash terminlar tub ma`nosi 1.2. Mamlakatimizda milliy g`oya va ma`naviyatga doir bo`lgan masalalarda amalga oshirilayotgan ta`lim tarbiya borasidagi islohotlarning barkamol avlodga ta`siri II BOB. MILLIY G`OYA VA MA`NAVIYAT ASOSLARI FANINI O`QITISHNING METOD VA USULLARI 2.1. O`quvchini darsga qiziqtirish va faolligini oshirishda qo`llash mumkin bo`lgan metodlar 2.2. Milliy g`oya fanini o`qitishda maqsad va vazifalar va natijaga erishish yo`llari Xulosa Adabiyotlar Kirish O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat qurish va jaxon hamjamiyatidan rivojlangan davlat sifatida o'rin olish vazifasi qo'yildi. Albatta yurtimizda jaxon talablariga moskeladigan har tamonlama rivojlangan, o'z kasbini puxta egallagan, vatanparvar fidoyi insonlarni tarbiyalab etishtirishda ta'lim muassasalarida o'qitishni yanada yuksak bosqichga ko'tarish, uning tarbiya bilan uyg'unligini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Xalq ta'limi yangicha sharoitlarda o'z ishini nihoyatda sekinlik bilan qayta qurmokda. Jaxon bozoridagi integratsiya, ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sur'atlari xalq ta'limining barcha bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni mustahkamlashni talab etmokda. Binobarin, bu hol tarbiya, ta'lim, siyosiy va kasbiy tayyorgarlik masalalarini hal etishga jamuljam yondoshishni taqoza etmoqda.” Shuningdek I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat engilmas kuch” asarida ta'lim - tarbiyaning ahamiyati haqida quyidagicha yoziladi: “Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, xalqimizning ertangi kuni qanday bo' lishi farzandlarimizning bugun qanday ta' lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota - ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish - ta'lim - tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo' lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta' lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi”.1 1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch. T., O'zbekiston, 2008 4 Shu sababli mustaqillikning dastlabki yillaridayok sho'ro xokimiyati yillarida oyoq osti kilingan ma'naviyatimizni tiklash bosh vazifa kilib ko'yildi. 1992 yil iyulida, xali mustakillikka bir yil to'lmasdan turib yurtboshimiz “asrlar mobaynida boshka erga qaram bo'lib kelgan o'zbek xalkining iqtisodiy va ma'naviy ravnaq topishini ta'minlash - mustaqil O’zbekiston Respublikasining oliy burchi deb e'lon qildi”. Xar bir jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma'naviy - axloqiy negizlarining rivojlanishi bilan bog'liqdir. Yurtboshimiz “O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; xalkimizning ma'naviy merosini mustaxkamlash va rivojlantirish; insonning o'z imkoniyatlarini erkin namoyon kilish, va vatanparvarlik” deb ko'rsatgan edi. Ma'naviyat soxasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o'tgan davr ichida mamlakatimiz rahbariyati tamonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. 1994 yilda Prezidentimizning “Istiqlol va ma'naviyat” to'plami chop etildi. 1994 yil 23- aprelda Prezident tamonidan “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risida”gi Farmon e'lon kilindi.2 1997 yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX - sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da, shuningdek 1999 yil 3- centyabrdagi “Respublika ma'naviyat ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Prezident farmonidagi xalqimizning ma'naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalashga juda katta ahamiyat berildi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da uzluksiz ta'limni islox qilish yo'nalishlarida “ milliy mustaqillik printsiplari va xalqning boy intelektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish” alohida belgilab qo'yildi. Bu masalani o'ta muhimligini hisobga olib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 24-iyulda “Ma'naviy - ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to'g'risida ” maxsus qarori qabul qilindi. Bu xujjatlarga binoan Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 1997 yildan boshlab barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida “Ma'naviyat va ma'rifat asoslari” maxsus kursini o'qitish to'g'risida qaror qabul qildi. Yuqorida keltirilgan faktlar yoshlarimizning ma'naviy kamolati masalasi haqiqatan xam dolzarb vazifa ekanligini ko'rsatadi. Prezident Islom Karimov 2000 yil 22-yanvarda bo'lib o'tgan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida jamiyatimiz taraqqiyotining yaqin kelajakdagi maqsad va vazifalarini ko'rsatib berdi. Download 54.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling