Vazirligi alisher navoiy


II BOB. ALIFBO ISLOHOTI VA IMLO MASALALARI


Download 0.62 Mb.
bet10/23
Sana17.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1533342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
jahonov shohruh bmi

II BOB. ALIFBO ISLOHOTI VA IMLO MASALALARI


Til – millat ko‘zgusi. Millat hayotida bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar, albatta, tilda o‘z ifodasini topadi. Shu jihatdan qaraganda, barcha zamonlarda xalqning asl farzandlari, ma'rifatparvar siymolar ona tilini millatga o‘zligini anglatishda, uning qudratini, shon-shuhratini ko‘tarishda, tushkun va tutqun zamonlarda esa ruhiyatini omon saqlash, unga qaytadan kuch bag‘ishlashda zo‘r vosita deb bilganlar. Xususan, milliy uyg‘onish davri bo‘lib tarixga kirgan XX asrning birinchi choragida ma'rifatparvar ziyolilar kishilarda milliy ruhni uyg‘otishda, milliy ongni o‘stirishda tilga g‘oyat katta ahamiyat berdilar. Negaki, ular millatning mavjudligini tasdiqlaydigan bebaho javohir ona tili ekanligini anglaganlar. Shu sababli o‘z tillarining rivoji uchun barcha choralarni ishga solib, o‘zbek tilining qonun-qoidalarini ishlab chiqishga kirishganlar. Fanimiz tarixidan ma'lumki, o‘tgan asrning 30-yillarigacha bo‘lgan o‘zbek tilshunosligi o‘z ilmiy- nazariy, amaliy-usuliy va ma'naviy-ma'rifiy ahamiyati hamda ijtimoiy-madaniy ziddiyatlari bilan o‘rganilishi zarur va shart bo‘lgan dolzarb muammolardan biridir. Bu davrdagi o‘zbek tilshunosligining o‘ziga xos tomonlari kam o‘rganilgan. Istiqlolga qadar o‘zbek tilshunosligi 40-yillarda shakllana boshlagan degan fikr ustuvor bo‘lib, 20-30-yillar o‘zbek tilshunosligi deyarli inobatga olinmadi. Vaholanki, oktyabr` to‘ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda Fitrat, Shokirjon Rahimiy, Qayum Ramazon, Elbek, G‘ozi Olim Yunusov va boshqa tilshunos olimlar o‘zbek tilshunosligining rivojiga ulkan hissa qo‘shishgan.
Bu holatning ham o‘ziga yarasha obyektiv, sub'ektiv sabablari bor edi, albatta. Birinchidan, malakali o‘qituvchilarning yetishmasligi. Bu xususda o‘zbek ma'rifatparvarlaridan biri Vadud Mahmud shunday yozadi: “Hol shunday ekan, butun Turkistonimizda barmoq bilan ko‘rsatilurliq bir maktabimiz yo‘qdur; bizda tarbiya ishlarimiz shunday muhim ekan, bilim yurtlarimiz xarob; bizda o‘qug‘on kishilar qancha bo‘lmasa, fakultetlarimiz shuncha buzuq. Hozir bir tartiblik suratda o‘qituvchi chiqara olaturg‘on bir ilmiy muassasaga ega emasmiz. Hozir hech bo‘lmasa, ta'lim-tarbiya ishlariga rahbarlik qila olaturg‘on bir jurnalimiz yo‘q.
Ochiqcha aytganda, bizda hali asoslik narsa yo‘q”. Muallimlar kursida o‘qigan aksariyat o‘qituvchilarning savodi yetarli darajada bo‘lmagan, maqsadlari aniq bo‘lmagan, vaqt o‘tishga ishlayotgan, bolalarga hech narsa o‘rgatmayotgani sababli maktablar yopilib ketayotganini kuyunchaklik bilan yozadi. Ahvol shu tarzda davom etsa, maorif ishlari tanazzulga yuz tutishi, savodsizlik yana davom etishini aytadi: “Bu yil yana eski holga qaytdik! Ya'ni inqilobdan avval qanday bo‘lsak, o‘shandan ham yomon bo‘lib qoldik. 5-6-muallimimiz ham bir nechasi mamlakatdan chiqib, boshqa ishlarga urinib ketdilar. Demak, biz qaytadan tanazzul etdik”. Ikkinchidan, yangi usuldagi maktablar uchun darsliklarning yetishmasligi. Bu xususda Hoji Muin shunday yozadi: “Buning bir sababi kitobsizlik bo‘lsa, boshqa sababi o‘qitg‘uchilarning usuli ta'limdan xabarsizligi edi. Avvalgi yillarda ba'zi muallimlar o‘z maktablariga totorcha kitoblarni kiritishga va bir qismlari turkcha-totorcha asarlardan tarjima yo‘li bilan foydalanib bolalarni o‘qutishg‘a majbur bo‘ldilar”.”Bog‘chasaroyda Ismoilbey Gaspirali tomonidan bolalarning tez savod chiqarishini ta'minlash uchun muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan “usuli savtiya” Markaziy Osiyo jadidlari tomonidan ham ma'qullandi. Bu mintaqada an'anaviy “usuli hijo” da olib boriladigan darslar yangi maktablarda “usuli savtiya” bilan almashtirildi. Mazkur usulning afzalligi amaliyotda tezda sezildi va u omma o‘rtasida tobora obro‘-e'tibor topa boshladi. Ana shu usul asosida savod chiqarishga bag‘ishlangan bir qancha alifbolar paydo bo‘la boshladi.

    1. Download 0.62 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling