Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

Nazorat savollari: 
1. Terminal holat tushunchasi? 
2. Terminal holat davrlari? 
3. Terminal holatlarda bajariladigan muolajalar? 
4. Qusish nima? 


407 
5. Zararlangan tana qismlariga muz xalta qo’yish qoidalari.
4.17. Og’ir xirurgik bemorlarda kiyim–kechak va oqliklarni 
almashtirishning o’ziga xos hususiyatlari, yotoq, yaralarni oldini olish
Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy hodim 
bola sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga yordam berishi 
shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo’lsa o’zlari ertalab va 
kechqurun yuvinishi, tishini, qulog’ini yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish 
cho’tkasidan qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha 
yoshdagi bolalarga g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni 
sochini shaxsiy tarog’i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a’zolarini 
iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir 
marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. 
Vanna qabul qilgan kuni o’rin-ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. 
Lozim bo’lsa yotoq choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak 
 
O’rin-ko’rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, 
unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan 
bo’lishi lozim. Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo’lishi kerak.
Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo’lishi, yuzasi tekis, ustiga to’shak tashalgan, 
uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi 
kerak, choyshab chetlari osilib, o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab 
ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par 
yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko’rpa toza, yengil, issiq
bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. Yoz oylvarida bemorlar matoli 
ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga ko’rpajild kiygizili shart. 
Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar 
stulda o’tirishlari kerak.
Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki a’zolar 
patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning 
ustidan to’shak tashlanadi.


408 
Og’ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga 
kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan holat). Funktsional 
krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti 
stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi 
seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq. 
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena 
ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini bintlashda yordamchi 
vazifani va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil 
topgan bo’lib, bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda 
bemor yarim o’tirgan holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi. 
Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari, 
kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat 
qilib turadi.
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna 
qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham 
almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari 
kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim 
yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak 
chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. 
Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li 
shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. 
Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. 
Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni 
almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli 
bor:


409 
1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. 
Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga 
qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi;
2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, 
ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, 
keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa 
idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. 
Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, 
kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi.
Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy 
gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni 
markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. 
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar 
rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Yotoq yaralarni oldini olish. Gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan
uzoq vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini parvalishlash alohida 
ahamiyatga ega. Teri dezinfeksiyalovchi eritmaga (yarim spirtli eritma, 
odekalon, oshxona uksusi, kamfora spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki  
yumshoq mato (doka) bilagn artiladi. Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq 
orqasi, bo’yin, yelka, ko’krak qafasi, dumba, qo’ltiq osti va chov burmalari, 
qo’l-oyoqlar artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib 
quritiladi.
Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati) nekrozidir. 
Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, kurak, son suyagi boshi, 
tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq to’qima o’rin va suyak orasida bosilib 
eziladigan sohalarda uchraydi.


410 
Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, yomon va 
noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va teri osti qavatida qon 
aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin qizaradi, shishadi va epidermis 
ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni 
kuchayganidan va yotoq yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq 
baholamaganidan dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, 
balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi. Infeksiyani qo’shilishi 
sepsisni rivojlanishiga olib keladi. 
Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga aylantirish 
(agar ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan sohalarini to’g’rilash, ovqat 
qoldiqlaridan tozalash, terini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi.
Uzoq vaqt yotadigan og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina 
(shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, dumg’aza 
aylana o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo’lsa qon aylanishini 
yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan 
foydalaniladi. SHilingan teri sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, 
spirt bilan artiladi, keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi.
Pufakchalar brilliant yashili bilan artiladi, quruq bog’lam qo’yiladi. 
Nekrozni chegaralash uchun shifokor o’lgan to’qimalarni kesib olib tashlaydi
yara 1% kaliy permanganat eritmasiga namlangan steril salfetka bilan o’rab 
qo’yiladi. Keyinchalik hamshira kuniga 2-3 mahal bog’lamni almashtiradi va 
yara holati to’g’risida shifokorga xabar berib turadi. Yara tozalanishiga qarab 
mazli (Vishnevskiy mazi, sintomitsin emul’siyasi va h.o.) bog’lamlar 
qo’llaniladi.
Bolalarda yotoq yaralarni paydo bo’lishi yomon parvarishdan, bo’lim 
tibbiy xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o’z vazifalariga sovuqqonlik bilan 
yondashishidan dalolat beradi.

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling