Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

1.20. Balg’amni tekshirish 
Balg‘am (lot. sputum) deb yo‘tal vaqtida patologiyasi o‘zgargan traxeya, 
bronx va o‘pka shilliq qavatida ajraladigan sekretsiyaning so‘lak va shuningdek 
burun bo‘shlig‘i shilliq qavati va burun atrofi bo‘shlig‘ining sekretsiya 
aralashmasiga aytiladi. 
Balg‘am xususiyatlari - miqdori, rangi, hidi, konsistensiyasi (suyuq, 
quruq, yopishqoq), tarkibi(qon, yiring va boshqa aralashmalar) kasalliklarga va 
boshqa laboratoriya va instrumental tekshirish usullari natijalariga bog‘liq 
bo’lib, nafas olish tizimi va boshqa organlar kasalliklarini diagnostikasida katta 
ahamiyatga ega. 
Balg‘amning sutkalik miqdori - surunkali bronxitda bir necha millilitrdan 
, bronxoektatik kasalliklar, o‘pka absessini bronxga qarab yorilishi, o‘pka 
gangrenasida 1-1.5 l.gacha etishi mumkin. 
Balg‘amni xarakteriga ko’ra kuyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
Shilliqli balg‘am (sputum mucosum) - rangsiz, tiniq, yopishqoq, deyarli 
hujayra qoldiqlari bo‘lmaydigan balg‘am.
Seroz balg‘am (sputum serosum) – o‘pka shishida ajraladigan suyuq 
ko‘pikli balg‘am.
Yiringli balg‘am 
(sputum purulentum) - 
o‘zida yiring saqlaydigan 
balg‘am (o‘ziga xos, xususan o’pka absessini bronx bo’shlig’iga yorilishi 
natijasida ). 
Chirigan balg‘am (sputum putridum) – chirindi xidi keladigan yiringli 
balg‘am.


84 
Qonli balg‘am (sputum sanguinolentum) – o‘zida qon aralashlarini 
saqlaydigan balg‘am (masalan, o‘pka rakida nafas yo‘llarining biridan qon 
ketishi). 
"Zangli" balg‘am (sputum rubiginosum) - balg‘am kon aralash, zang 
rangida bo‘ladi bu tarkibida gemoglabin bo‘lishi natijasida yuzaga keladi 
(masalan, pnevmoniyada, silda paydo bo‘ladi). 
Marjonsimon balg‘am - balg‘am tarkibida yumaloq ulanish, 
atipik 
hujayralar va detritdan tashkil topgan (masalan, yassi to‘qimali bronx rakida 
kuzatiladi).
Detrit (lot. detritus – 
eyilib 
ketgan) - to‘qimalarning 
parchalangan 
mahsuloti.
Uch qavatli balg‘am – balg‘am ko‘p miqdorda, yiringli, himoyalangan 
uchta qatlam bo‘lib ajraladigan balg‘am : yuqoridagisi - kulrang ko‘pikli, 
o‘rtadagisi - sersuv tiniq, pastdagisi - kir kulrang-yashil rangda, yiring va 
nekrozga uchragan to‘qima qoldiqlarini o‘z ichiga oladi (o‘pka gangrenasida 
kuzatiladi). 
Balg‘am borligida tibbiyot hamshirasi tozalikga rioya qilishi va 
tupikdonni o‘z vaqtidagi bo‘shatishni ta’minlash lozim.
Atrofdagilarni kasallanishini oldini olish maqsadida hamshira bemorga 
balg'am bilan tog’ri munosabatda bo’lishni tushuntirishi kerak: 
• sog'lom odamlar yaqinida yo’talmaslik. 
• yo'tal paytida qo'li yoki ro'molcha bilan og'zingizni yopish kerak. 
• yerga balg’amni tupurmaslik,chunki u balg’am qurib chang bilan birga 
ko’tarilib atrofdagilarni zararlashi mumkin. Singapurda bu tog’risida qonun 
qabul qilingan,ya’ni ko’chada yoki xonada tupurgan odamlarga nisbatan 500 $ 
jarima solinadi. 
Balg’amni maxsus usti mahkam yopqichli tupikdonga yeg’ish zarur, 
uning tubida 0,5% xloramin B bo’lishi shart. 


85 
Balg’amni har doim kuzatib borish,har kungi miqdorini qog’ozga yozish 
zarur.Tupikdonni xloramin B bilan dezinfeksiya qilish kerak.Sil kasalligi bilan 
kasallangan bemorlar balg’amini yoqiladi yoki kanalizatsiyaga 
zararsizlantirilgandan so’ng oqizib yuboriladi. Balg’amni vizual tekshirib 
boriladi, agar qon paydo bo’lsa zudlik bilan shifokorga xabar beriladi. 
Balg’am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo’lishi 
mumkin.
Balg’amni yig’ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg’am tuflay olmasdan, 
uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg’am ajratishning maxsus 
usullariga o’rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o’rgatish 
zarur:
- Bevosita sog’odamlar yonida bo’lganda yo’talmaslikka harakat qilish. 
Yo’talni tutib turolmasa, balg’am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi 
uchun og’izni ro’molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
- Balg’amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni
havo orqali esa sog’ odamlarni zararlaydi.
- Balg’amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig’ish 
zarur; ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg’am idishning devorlariga 
yopishmasligi uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi 
quyiladi.
2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so’ng sil bilan kasallangan 
bemorning balg’ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg’amga 2—3 g 
quruq xlorli ohak).

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling