Vazirligi buxoro muhandislik texnologiya instituti amaliyotchi kundaligi


Download 0.71 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1546363
1   2   3   4   5
Bog'liq
КУНДАЛИК АМАЛИЁТ

Korxona majburiyati:



  1. Ishlab chiqarishga oid ishlar boshlangunga qadar talabalarni texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ularning bilimini korxonada o`rnatilgan tartiblar asosida tekshirib ko`rish.

  2. Amaliyotchi talablarni dasturga mos keladigan amaliyot joylari bilan ta`minlash, texnika va hujjatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib berib, ixtisosligi bo`yicha iqtisodiy sohada mehnatni ilmiy tashkil qilishda zaruriy bilimlarga ega bo`lish uchun sharoit yaratib berish, talabalar o`rtasida siyosiy- tarbiyaviy ishlarni o`tkazish.

  3. Talabalarga: Malakaviy amaliyotni o`tish davrida talabalarni bepul maxsus kiyim poyafzal va korxona xodimlariga mos o`rnatilgan qoidalar bo`yicha alohida himoya vositalari bilan ta`minlash.

Talabalarga eslatma

  1. Talaba malakaviy amaliyot o`tadigan korxonaga (tashkilotga)

belgilangan vaqtda kelishi va amaliyot o`tsh uchun hujjatlarini rasmiylashtirishi lozim.

  1. Amaliyotchi talaba amaliyot dasturida ko`zda tutilgan

topshiriqlarni to`la bajarish lozim.

  1. Talaba mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalartiga rioya qilish lozim.

  2. Talabalar haftada 1 marta kundaligiga bajarilgan ishlarni tasdiqlatish uchun amaliyot rahbariga imzo qo`ydirishi lozim.

  3. Talaba malakaviy amaliyot davomida ekskursiyalarni, nazariy bilimlarni va alohida berilgan topshiriqlarni kundalikning ma`lum bo`limlariga yozib boradi.

  4. Jamoa ishlarining bajarilishi kundalikning ma`lum bo`limida qayd qilinadi va korxona “yoshlar ittifoqi” jamg`armasi bo`shlig`ining imzosi, korxona muhri bilan tasdiqlanadi.

  5. Talaba malakaviy amaliyot oxirida korxona tomonidan beriladigan tavsifnomani rasmiylashtirish uchun kundalik amaliyot rahbariga ko`rsatishi lozim. Bu tavsifnoma korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

  6. Malakaviy amaliyot tugaganidan keyin, talaba rasmiylashtirilgan kundalikni hisobot bilan birgalikda institutdan biriktirilgan amaliyot rahbariga topshiradi.

  7. Amaliyot yakunida talaba o’z hisobotini institut tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi



YO`RIQNOMA

  1. Ishlab chiqarish amaliyoti o`quv jaroyonining tarkibiy qismi

hisoblandi va kurs, malakaviy bitiruv ishi (loyihani) boshlang`ich manba sifatida o`z ichiga oladi.

  1. Talaba ishlab chiqarish amaliyotini o`tish davrida korxonaning

ichki tartib – qoidalariga to`la bo`ysunishi kerak, korxonaning
aniq talablariga va sharoitiga, malakaviy amaliyot dasturiga muvofiq hamma topshiriqlarni bajarishi shart.

  1. Talaba amaliyot kundaligini yuritishi, chizmalar, tasvirlarni bajarishi va malakaviy amaliyot tugashi arafasida hisobotni tugatishi shart.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling