Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
Birinchidan, parol tizimlari tizim buzg‘unchilarining jiddiy e’tibori ostida.
Buzg‘unchi parol himoyasini buzib, tizim nuqtai nazaridan, ruxsatga ega foydalanuvchiga aylanishi mumkin. Masalan, axborot xavfsizligi sohasidagi 80%dan ortiq insidentlar parol himoyasini buzish bilan bog‘liq. Aksariyat kompyuter xujumlari aynan ma’mur parolini qo‘lga kiritishni ko‘zda tutadi. Ta’kidlash lozimki, ko‘pgina autentifikatsiya tizimlarining zaifligi ularning noto‘g‘ri amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Masalan, ba’zi tizimlarda parol ochiq holda uzatiladi va saqlanadi (PAP protokoli, parol bo‘yicha autentifikatsiyalash protokoli yordamida). Parol axborotini shifrlash protokollari va vositalari esa yyetarlicha kriptobardoshlikka ega emas. 4 Ikkinchidan, parollarni ko‘pincha oddiygina aniqlash mumkin. Gap shundaki, parol tizim yordamida (tasodifiy sonlar datchiklari yordamida) generatsiyalash mumkin demak, uni esda saqlash qiyin. Bu holda, foydlanuvchilar bunday psevdotasodifiy parollarni ko‘pincha qog‘oz parchasiga, kompyuterning tashqi qurilmasiga, “Ish stolidagi” fayllarga, uyali telefonlarning “xotirasiga” va h. yozishadi. Bu esa buzg‘unchilar uchun yoqimli holat. Boshqa tomondan, oson esda saqlanuvchi parol, odatda, oddiy va foydalanuvchining shaxsiy hayoti va yaqinlari bilan assosatsiyalangan bo‘ladi. Demak, parol osongina topilishi mumkin. Parol himoyasining bardoshligini qanday oshirish mumkin? Bir necha usullar mavjud: − doimiy (static) parollar o‘rniga bir martali parollardan foydalanish; − parol va qayd yozuvlari himoyasi siyosatini kuchaytirish. Ta’siri yo‘qolgan parollardan foydalanish xavfini istisno qilish maqsadida dinamik tarzda o‘zgaruvchi (dinamic) parollardan foydalaniladi. Dinamik parollar vaqtning qandaydir oralig‘idan so‘ng yangi parolning generatsiyalanishini va ishlatilishini ta’minlaydi. Masalan, parollarni generatsiyalash funksiyasida parametrlarning biri sifatida kun ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ravshanki, har kuni parol yangilanadi. Amalda, dinamik tarzda o‘zgaruvchi parollar sifatida subyekt ishining bitta seansida qo‘llaniluvchi bir martali (one-time, single-use) parollar keng tarqalgan. Dinamik tarzda o‘zgaruvchi parollarga asoslangan autentifikatsiya tizimlarida mijoz va server parollarni generatsiyalashning bir xil algoritmidan foydalanishadi. Bir martali parol ta’sirining vaqt oralig‘ini nazoratlash uchun tizim vaqti serverda va mijozda “sinxronlanishi” lozim. Parolni nazoratlashda tizim vaqti ishlatilmay, hodisaning boshlanishi prinsipi ishlatilsa, bunday tizimlar “asinxron tizimlar” deb ataladi. Parolli himoyalash xavfsizligi siyosatini kuchaytirish parolni tanlashda uning oshkor bo‘lishini qiyinlashtiruvchi talablarga hamda parolni saqlash va tarmoq orqali uzatish talablariga rioya qilish ko‘zda tutiladi, masalan: − parol tarkibida ko‘p uchraydigan ismlar, so‘zlar, qisqartirishlar, kunlar, telefon nomerlari bo‘lmasligi, autentifikator bilan bir xil bo‘lmasligi va h. lozim; − parol tarkibida bosh harflar, raqamlar, tinish belgilari va maxsus sinovollar (-@#;%^&*) bo‘lishi lozim; − paroldagi simvollar soni 8 dan kam bo‘lmasligi va parolni 90 kundan so‘ng almashtirish lozim; − hisob yozuvidan foydalanishga cheklashlar (kun, sutka vaqti, ulanish manzili, ulanish soni bo‘yicha.) o‘rnatililishi lozim; − parolni muvaffaqiyatsiz kiritish va urinish sonini cheklash - 3 dan 5 gacha; − parol axborotini saqlash va tarmoq bo‘yicha uzatishning kriptohimoya rejimlari o‘rnatilishi lozim. Parol himoyasini kuchaytirishning o‘ziga hos variantlari – parol iboralaridan (pass phrase) va kognitiv (cognitive - anglab bo‘ladigan) parollardan foydalanish. Uzun, ammo xotirlash uchun oson parol iborasi parolning oshkor qilinishini qiyinlashtiradi. Kognitiv parol odatda, tasodifiy tanlangan, ammo maxfiy ravishda oldindan aniqlangan savollarga javoblar qismto‘plamidan iborat. Avtomatlashtirilgan tizimlarda parollar bardoshligini baholashda matematik ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin. Klod Shennon tomonidan taklif etilgan axborot entropiyasi keng tarqalgan ko‘rsatkich sifatida ishlatiladi: Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling