Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki tomonlama autentifikatsiya
Bir
tomonlama autentifikatsiya (Single-Factor Authentication)-bu autentifikatsiya jarayonining eng oddiy shakli bo'lib, foydalanuvchiga veb-sayt yoki tarmoqda muayyan tizimga kirish huquqini berish uchun parolni talab qiladi. Masalan, foydalanuvchi nomiga tegishli parolnigina talab qilish orqali faqat bitta faktorli autentifikatsiya yordamida login ma'lumotlarini tekshirishi mumkin. Ikki tomonlama autentifikatsiya (Two-Factor Authentication)-ushbu autentifikatsiya ikki bosqichli tekshirish jarayonini talab qiladi, bu nafaqat foydalanuvchi nomi va parolni, balki faqat foydalanuvchi biladigan ma'lumotni ham talab qiladi. Ko‘p omilli autentifikatsiya (Multi- Factor Authentication)-bu autentifikatsiyaning eng ilg'or usuli bo'lib, foydalanuvchilarga tizimga kirish huquqini berish uchun mustaqil autentifikatsiya kategoriyalaridan ikki yoki undan ko'p darajadagi xavfsizlikni talab qiladi. Autentifikatsiya qilishning ushbu shakli har qanday ma'lumotlarga ta'sir qilishni bartaraf etish uchun bir-biridan mustaqil bo'lgan omillardan foydalanadi. Masalan, elektron pochtaga kirishda faqat parolni bilishning o‘zi yetarli bo‘lsa, binoga kirishda barmoq izini to‘g‘ri kiritishning o‘zi eshikning ochilishi uchun yetarli bo‘ladi. Ya’ni, server faqat foydalanuvchidan parolni yoki barmoq izi tasvirini to‘g‘ri bo‘lishini talab qiladi. Bir omilli autentifikatsiyada tekshirish faqat bitta omil bo‘yicha (masalan, parol) amalga oshirilsa, bunday autentifikatsiya bir omilli autentifikatsiya deb yuritiladi. Identifikatsiya va autentifikatsiya foydalanishni boshqarish jarayonida dastlabki chegara hisoblanadi. Tizimning turli variantlarda amalga oshirilishida ba’zi qurilmalar va mexanizmlar ham identifikatsiya, ham autentifikatsiya qism tizimi komponentlari bo‘lishi mumkin. Shu sababli, identifikatsiya va autentifikatsiya vositalarini birlashgan holda baholash lozim. Identifikatsiya va autentifikatsiya vositalarini, odatda, autentifikatsiya omillari bo‘yicha uchta turga ajratishadi. 1-tur. Qandaydir yashirin axborotni (masalan, parolni, maxfiy PINkodni, klavishalar va iboralar kombinatsiyalarini) bilishga asoslangan vositalar (something you know). 2-tur. Noyob qurilmadan, usuldan yoki ma’lumotlar naboridan (masalan, smart kartalardan, raqamli sertifikatlardan) foydalanishga asoslangan vositalar (something you have). 4 3-tur. Tirik organizmning fiziologik atributlariga (something you are) masalan, ko‘z to‘rpardasiga yoki odatiy atributlarga (something you do) masalan, imzoga asoslangan biometrik vositalar. Ba’zi tasniflarda foydalanuvchi o‘rnashgan joyi (some where you are), bilan bog‘liq axborotga asoslangan yana bir vositalar turini uchratish mumkin. Bunda autentifikatsiya omili sifatida telefon nomeri (mamlakat, shahar, tuman kodi) ishtirok etganligi sababli, bunday vositalarni, ko‘pincha, 2-turga (something you have) tegishli deb hisoblashadi. Agar tizimda turli tur autentifikatsiya omillarini birgalikda ishlatuvchi vositalardan foydalanilsa, ko‘p omilli autentifikatsiya xususida gapirish mumkin. Bunday tizimlarni ko‘p sathli himoyalash (defence in depth) kategoriyasiga tegishli deb hisoblashadi. Shu sababli, bunday tizimlar faqat bitta tip qurilmalardan foydalanuvchi tizimlarga nisbatan yuqori bardoshlikka ega. Hozirda ikki omilli autentifikatsiya (two-factor authentication) keng tarqalgan. Masalan, zamonaviy operatsion tizimlarni maxfiy PIN-kod va cmart-kartadan foydalanib sozlash mumkin. Parol tizimlari. Maxfiy identifikatorlarga-parollarga (password) asoslangan tizimlar autentifikatsiyaning an’anaviy vositalari hisoblanadi. Afsuski, parol tizimlari, obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra, zaif. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling