Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Maqsad Bemorni tibbiy kartasidan qon guruhini bilish Harakat
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
Maqsad
Bemorni tibbiy kartasidan qon guruhini bilish Harakat Ruxsat Shart Subyekt.lavozimi=Vrach & muhit.vaqt >= 8:00 & muhit.vaqt <=18:00 Majburiyat Tibbiy yozuvini ko‘rish sanasini (muhit.vaqt) ro‘yxatga olish jurnalida ko‘rsatish. Foydalanishni boshqarishning mazkur usulidan Cisco Enterprise Policy Manager mahsulotlarida, Amazon Web Service, OpenStack kabilarda foydalanib kelinmoqda. Foydalanishni boshqarish matritsasi. Avtorizatsiyaning klassik ko‘rinishi Lampsonning foydalanishni boshqarish matritsasidan boshlanadi. Ushbu matrisa operatsion tizimni barcha foydalanuvchilar uchun turli ma’lumotlarni boshqarishi xususidagi qarorni qabul qilishida zarur bo‘lgan barcha axborotni o‘z ichiga oladi. Bunda, operatsion tizimdagi foydalanuvchilar subyekt sifatida va tizim resurslari obyekt sifatida qaraladi. 4.1-jadvalda foydalanishni boshqarish matrisasi keltirilgan, unda imtiyozlar UNIX operatsion tizimidagi imtiyozlar shaklida, ya’ni, , a lar mos ravishda bajarish, o‘qish va yozish amalini anglatadi. Keltirilgan jadvalda buxgalteriyaga oid dastur ham subyekt ham obyekt sifatida olingan. Bu foydali tanlov bo‘lib, buxgalteriyaga oid ma’lumotlarni faqat buxgalteriyaga oid dastur tomonidan foydalanish imkonini beradi. Ya’ni, turli buxgalteriya tekshiruvlari va balans haqidagi ma’lumotlar faqat buxgalteriyaga oid dasturiy ta’minot tomonidan foydalanilishi shart va yuqoridagi matrisada eltirilgan shakl buni ta’minlaydi. ACL yoki C-list. Foydalanishni boshqarish jadvali avtorizatsiya qarorlariga tegishli barcha ma’lumotlardan tashkil topgan. Biroq, yuzlab (yoki undan ko‘p) subyektlar va minglab (yoki undan ko‘p) obyektlar mavjud bo‘lgan tizimda, millionlab (yoki undan ko‘p) yozuvlarga ega bo‘lgan foydalanishni boshqarish matritsasi yordamida avtorizatsiya amallarini bajarish hisoblash tizimi uchun katta yuklamani keltirib chiqaradi. Avtorizatsiya amallarini maqbul amalga oshirish uchun, foydalanishni boshqarish matritsasi boshqariluvchi qismlarga bo‘linishi shart. Foydalanishni boshqarish matritsasini qismlarga ajratishning ikkita usuli mavjud. Birinchi usulga binoan matritsa ustunlar bo‘yicha bo‘linadi va har bir ustun mos obyekt bilan saqlanadi. U holda, obyektdan foydalanishga murojaat bo‘lganida foydalanishni boshqarish matrisasining ushbu ustuni olinadi va amalni bajarishga ruxsat berilganligi tekshiriladi. Ushbu ustunlarni ACL kabi tasavvur qilish mumkin. Masalan, 4.1-jadvaldagi sug‘urta ma’lumotiga tegishli bo‘lgan ACL quyidagicha: (Bob,-),(Alisa,rw),(Sem,rw),(buxgalteriyaga oid dastur,rw) Ikkinchi usulga binoan matritsa satrlar bo‘yicha bo‘linadi va har bir satr mos subyekt bilan saqlanadi. U holda, subyekt tomonidan biror amalni bajarishga harakat qilinsa, amalni bajarishga ruxsat borligini bilish uchun foydalanishni boshqarish matritsasining tegishli satriga qaraladi. Mazkur yondashuv imtiyozlar ro‘yxati yoki C-list deb ataladi. Masalan, 4.1-jadvaldagi Alisaning imtiyozlar ro‘yxati yoki C-list quyidagiga teng: (OT,rx),(buxgalteriyaga oid dastur, rx), (buxgalteriyaga oid ma’lumot, r), (sug‘urta ma’lumoti, rw),(to‘lov qaydnomasi ma’lumoti, rw) ACL va C-list o‘zaro ekvivalent bo‘lsada, ular bir xil axborotni o‘zida turlicha saqlaydi. Biroq, ular orasida sezilmas farq mavjud. ACL va C-listning o‘zaro qiyosiy tahlili 4.8-rasmda keltirilgan. 4.8-rasmdagi ko‘rsatkichlar qarama-qarshi yo‘nalishlardaligini, ya’ni, ACL uchun ko‘rsatkichlar resurslardan foydalanuvchilarga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, C- list uchun esa ko‘rsatkichlar foydalanuvchilardan resurslarga qarab yo‘nalganligini ko‘rish mumkin. Bu ahamiyatsiz ko‘ringan farq imtiyozlar ro‘yxati (C-list) bilan foydalanuvchilar va fayllar orasidagi aloqadorlik tizim ichida qurilishini anglatadi. ACLga 108 asoslangan tizimda esa, foydalanuvchilarni fayllarga aloqadorligi uchun alohida usullar talab etilgani bois, C-list ACL ga nisbatan xavfsizlik nuqtai nazaridan, bir qancha afzalliklarga ega va shuning uchun C-list ustida kam sonli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling