Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari


Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/93
Sana06.11.2023
Hajmi7.29 Mb.
#1752120
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93
Bog'liq
anteplaget

Jo’natuvchi
Qabul qiluvchi
7.Tatbiqiy sath
7. Tatbiqiy sath
6.Taqdimiy sath
6.Taqdimiy sath


5.Seans sathi
5.Seans sathi
4.Transport sathi
4.Transport sathi
3.Tarmoq sathi
3.Tarmoq sathi
2.Kanal sathi
2.Kanal sathi
1. Fizik sathi
1. Fizik sathi
5.4-rasm. Axborotning OSI modeli bo’yicha abonentdan abonentga o’tish
yo’li
Ushbu modelning asosiy g‘oyasiga muvofiq har bir sathga aniq vazifa
yuklanadi. Natijada ma’lumotlarni uzatish masalasi osongina ko‘zga tashlanadigan
alohida masalalarga ajratiladi. OSI modelida o‘zaro aloqa vositalari yettita sathga
bo‘linadi: tatbiqiy, taqdimiy, seans, transport, tarmoq, kanal va fizik. Har birsath
tarmoq qurilmalari orasidagi aloqaning ma’lum sathi bilan ish ko‘radi.
Faraz qilaylik, ilova so‘rov bilan tatbiqiy sathga, masalan, fayl xizmatiga
murojaat etsin. Ushbu so‘rovga binoan tatbiqiy sathning dasturiy ta’minoti
axborotning standart formatini shakllantiradi. Oddiy axborot sarlavxa va
ma’lumotlar hoshiyasidan iborat bo‘ladi. Axborot shakllanganidan so‘ng tatbiqiy
sath uni pastga-taqdimiy sathga uzatadi. Taqdimiy sathning protokoli tatbiqiy
sathning sarlavhasidan olingan axborotga asosan talab qilingan harakatlarni
bajaradi va ma’lumotga o‘zining xususiy xizmat axborotini-taqdimiy sathning
sarlavhasini qo‘shadi. Natijada olingan axborot pastga-seans sathiga uzatiladi.
Seans sathning protokoli taqdimiy sathning sarlavhasidan olingan axborotga
asosan talab qilingan xarakatlarni bajaradi va ma’lumotga o‘zining xizmat
axborotini – seans sathning sarlavhasini qo‘shadi. Bu sarlavhada mashina
adresatining seans sathi protokoli uchun ko‘rsatmalar bo‘ladi. Natijada olingan
axborot pastga, transport sathiga uzatiladi. Transport sathi o‘z navbatida o‘zining
sarlavhasini qo‘shadi. Nihoyat, axborot pastki – fizik sathga yetib boradi. Fiziq
sath o‘zining sarlavhasini qo‘shib, axborotni mashina adresatiga aloqa liniyalari
orqali uzatadi. Bu paytga kelib, axborot barcha sath ilovalariga “o‘sadi”. Axborot
mashina-adresatiga yetib kelganidan so‘ng yuqoriga qarab sathlar bo‘yicha
ko‘chiriladi. Har bir sath, ushbu sathga mos vazifalarni bajargani holda, o‘z sathi


sarlavhasini tahlillaydi va ishlatadi. So‘ngra bu sarlavhani chiqarib tashlab,
axborotni yuqori sathga uzatadi.
OSI modelida protokollarning ikki xili farqlanadi. Ulanishni o‘rnatishli
(connection oriented) protokollarida ma’lumotlarni almashishdan avval uzatuvchi
va qabul qiluvchi ulanishni o‘rnatishi va ehtimol, ma’lumotlar almashishida
ishlatiladigan protokolning ba’zi parametrlarini tanlashi lozim. Muloqot
tugaganidan so‘ng ular ulanishni uzib tashlashlari lozim. Ulanishni o‘rnatishga
asoslangan o‘zaro aloqaga misol sifatida telefonni ko‘rsatish mumkin.
Protokollarning ikkinchi guruhi – oldindan ulanishni o‘rnatishsiz
(connection less) protokolidir. Bunday protokollarni datagrammali protokollar ham
deb yuritiladi. Uzatuvchi axborotni u tayyor bo‘lganida uzatadi. Oldindan ulanishni
o‘rnatishsiz aloqaga misol sifatida xatni pochta qutisiga tashlashni ko‘rsatish
mumkin. Kompyuterlarning uzaro aloqasida protokollarning ikkala xili ishlatiladi.

Download 7.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling