Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
BOB. DASTURIY VOSITALAR XAVFSIZLIGI……………………...212
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………… QISQARTMA SO‘ZLAR RO‘YXATI……………………………………. ATAMALARNING RUS, O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI IZOHLI LUG‘ATI
7 BOB. DASTURIY VOSITALAR XAVFSIZLIGI……………………...212
7.1. Dasturiy vositalardagi xavfsizlik muammolari…………...212 7.2. Dasturiy vosita xavfsizligining fundamental prinsiplari….216 7.3. Kompyuter viruslari va viruslardan himoyalanish muammolari…………………………………………………………..221 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………… QISQARTMA SO‘ZLAR RO‘YXATI……………………………………. ATAMALARNING RUS, O‘ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI IZOHLI LUG‘ATI KIRISH Bugungi kunda elektron xizmatlar bizning hayotimizda ajralmas o’rin egaladi. Dunyoda axborotkommunikatsiya texnologiyalariga tobora rivojlanib borib ko’p tarmoqli bo‘lib borayotganligi bois, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish davlat manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu sababli, har bir tashkilotga, kiberxavfsizlikni taminlash masalasiga olohida urg’u berib, mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan muntazam tanishtirib borish uchun qator seminar-treyning mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda. Bugungi kunga kelib oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o‘tilishi buning yaqqol misolidir. O’zbekiston Respublikamiz axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xo‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab qo’yildi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini taminlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish» va kiberjinoyatchilikni oldini olish va fosh etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda kiberxavfsizlik sohasiga oid o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish ham e’tibor berish kerak bo‘lgan muhim jihatlardan hisoblanadi. Qo‘llanmaning birinchi bobida kiberxavfsizlik asoslari fani sohasining vazifalari va asosiy tushunchalari, uning qo‘llanilish sohasi hamda kiberxavfsizlikda inson omili masalalari ko‘rib chiqilgan. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi tushunchalari o‘rtasidagi farq misollar asosida keltirilgan. Shuningdek, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika masalalariga to‘xtalib o‘tilib va talabalarga tushunarli tilda bayon qilindi. Ikkinchi bob kiberxavfsizlikning fundamental masalalariga bag‘ishlangan, hamda kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosatini amalga oshirish tartibi xususida ma’lumotlar keltirilgan. Uchinchi bobda axborotning kriptografik himoyasi doirasidagi asosiy tushunchalar, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, ma’lumotlar yaxlitligini taminlash usullari ko‘rib chiqilgan. Qo‘llanmaning to‘rtinchi bobi foydalanishlarni nazoratlash tizimlariga bag‘ishlangan bo‘lib unda autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va mantiqiy boshqarish usullari keltirilgan. Hozirda keng qo‘llanilayotgan mantiqiy foydalanishlarni boshqarish modellari va ulardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Beshinchi bob tarmoq xavfsizligini ta’minlashda amalga oshirilish kerak bo’lgan ishlar va tarmoq haqida boshlang’ich tushunchalar xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etishda tarmoqlararo ekrandan, virtual himoyalangan tarmoqdan va boshqa vositalardan foydalanish masalalari keltirilgan. Bundan tashqari, simsiz tarmoqlarda xavfsizlik muammolari va risklarni boshqarish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Oltinchi bobda tizimning foydalanuvchanlik xususiyati va uning tizim uchun muhimligi, ma’lumotlarni zaxira nusxalash va qayta tiklash usullari xususida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi uchun audit muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun hodisalarni qaydlash tartibi bilan tanishib chiqiladi. Yettinchi bob dasturiy vositalar xavfsizligiga bag‘ishlangan bo‘lib, dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan fundamental prinsiplar bayon etilgan. Vazifasi tizimga ziyon yetkazish uchun yaratilgan zararli dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy antivirus dasturiy vositalari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling