Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
ᱸˌˏ˵˕ H(M,K) = H(K ⊕ opad, H ᱹˌˏ˵˕ ᱸˌˏ˵˕ K ⨁ipad, M ᱹˌˏ˵˕ ᱸˌˏ˵˕ ). ᱹˌˏ˵˕ Bu yerda, pad va opad o‘zgaruvchilar quyidagicha hosil qilinadi: pad = 0 36 i marta akrorlash atijasida opad=0 5 ni arta akrorlash atijasida Tenglikdan ko‘rinib turibdiki, HMAC da ikki marta xeshlash amalga oshirilmoqda. Kalit faqat ikki tomonga (jo‘natuvchi va qabul qiluvchiga) ma’lum bo‘lgani uchun, hujumchi mos xesh qiymatni qayta hisoblay olmaydi. A tomondan yuborilgan ( , HMAC (M, )) ma’lumot juftlaridan hujumchi faqat ma’lumotni o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi va bu holat qabul qiluvchi tomonidan osonlik bilan aniqlanadi. Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari asosida ma’lumot yaxlitligini tekshirish va rad-etishdan himoyalash. Quyida ochiq kalitli kriptotizimlar va xesh funksiyalar asosida ishlovchi – elektron raqamli imzo tizimi bilan tanishib o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasining Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunida elektron raqamli imzoga quyidagicha ta’rif berilgan: Elektron raqamli imzo (ERI) -elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda, maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan, hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradi va bu shaxsiy imzo kaliti yordamida ma'lumotlarni kriptografik o'zgartirish natijasida olingan elektron hujjatning atributi bo'lib , imzo tuzilgan paytdan boshlab elektron hujjatda ma'lumotlarning buzilishi (yaxlitligi) yo'qligini tekshirish imkonini beradi. Imzo imzo kaliti sertifikati (mualliflik) egasiga tegishli bo'lib, muvaffaqiyatli tekshirilgan taqdirda elektron hujjat imzolanganlik faktini tasdiqlaydi (rad etmaslik). Axborot xavfsizligida rad etish muammosi mavjud, unga ko‘ra foydalanuvchi hujjatni imzolaganini rad etadi (ya’ni, men imzolamadim deb turib oladi). Mazkur muammoni oldini olishda aynan elektron raqamli imzo tizimlaridan foydalaniladi. Shunday qilib, ERI tizimlari nafaqat ma’lumot yaxlitligini ta’minlaydi, balki imzolovchining majburiyatlardan tonishiga yo‘l qo‘ymaydi (yoki rad etishni oldini oladi). Shu sababli, ERI tizimlari ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlovchi simmetrik kriptotizimlarga asoslangan MAC tizimlaridan ajralib turadi. MAC tizimlarida xesh qiymatni qayta hisoblay olmaslik uchun, matnga kalit biriktirilgan bo‘lsa, ERI tizimlarida ma’lumotning xesh qiymati shaxsiy kaliti bilan “shifrlash” amalga oshiriladi va ERI hosil qilinadi. Ushbu xabarni “rasshifrovkalash” uchun esa tomonning ochiq kalitini bilishning o‘zi yetarli. Demak, oddiy imzo tizimiga o‘xshash (oddiy imzo tizimida bir kishi imzo qo‘yadi va qolganlardan uning haqiqiyligini tekshirish talab etiladi). ERI tizimida ham shaxsiy kalit egasi xabarni imzolaydi, qolganlar esa, uning ochiq kalitidan foydalanib, imzoni haqiqiyligini tekshiradi. Agar A tomon xabar ga imzo qo‘ygan bo‘lsa, u holda imzo Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling