Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
Elektron qurilmalar qator kamchiliklarga ega:
− qurilmani bilmasdan sindirish mumkin, qurilma energiya iste’mol qilsa uning energiya ta’minoti holatini kuzatish lozim; − qurilma o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, olib qo‘yilishi yoki kimdir undan foydalanishi holati tug‘ilishi mumkin; − oddiy qurilmalar klonlashtirilishi mumkin; − USB-tokenlardan tashqari, aksariyat qurilmalar qo‘shimcha o‘qish qurilmalarining mavjudligi talab etiladi. Biletlar. Identifikatsiya va autentifikatsiyani nafaqat elektron qurilmalar, balki mustaqil noyob ma’lumotlarning kriptografik nabori yordamida tasavvur etish mumkin. Tarmoqda autentifikatsiya jarayonida ishtirokchilarga taqdim etiladigan seans biletlari yoki mandatlar keng tarqalgan. Biletlardan foydalanib autentifikatsiya mexanizmini amalga oshiruvchi tizimlarga Kerberos misol bo‘la oladi. Tarmoq autentifikatsiyasini markazlashtirilmagan (har bir stansiyada) yoki markazlashtirilgan tarzda amalga oshirish mumkin. Markazlashtirilgan tarzda amalga oshirishda autentifikatsiyaning ajratilgan serveridan foydalaniladi. Markazlashtirilgan autentifikatsiyaning mashhur serveri – Kerberos. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilar: − barqaror autentifikatsiyani amalga oshirishda seans biletlaridan foydalaniladi. Bilet tarkibida shifrlangan yashirin kalit, so‘rov xarakteristikasi, almashishning vaqti oralig‘i va h. mavjud; − autentifikatsiya axborotini yashirish uchun simmetrik algoritmdan foydalaniladi; − tarmoq komponentlari orasida aloqani o‘rnatishdan oldin ikkita stansiyaning (mijoz va server) o‘zaro autentifikatsiya mexanizmlari ishlatiladi; − tizimda yagona kirish texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda sessiya doirasida turli tarmoq so‘rovlarini bajarishda avtorizatsiyalangan foydalanuvchining foydalanuvchi parolini qaytadan kiritishiga hojat qolmaydi; − har bir stansiya Kerberos serverida saqlanuvchi uzoq muddatli maxfiy kalitga ega. Kerberos serveri ishtirokidagi mijoz va server orasidagi dastlabki autentifikatsiya algoritmi quyidagi ko‘rinishga ega: - mijoz Kerberos serveriga, tarkibida mijoz identifikatori va so‘raluvchi server servisi bo‘lgan so‘rovni jo‘natadi; - Kerberos, serverning maxfiy kaliti bilan shifrlangan shakllantirilgan biletni va mijozning maxfiy kaliti bilan shifrlangan biletdagi axborot qismi nusxasini mijozga qaytarib jo‘natadi; - mijoz biletdagi axborotning ikkinchi qismini rasshifrovkalab, uni bilet bilan birga serverga jo‘natadi; - server biletni rasshifrovkalab, uning tarkibini mijoz jo‘natgan axborot bilan taqqoslaydi. Mos kelishi mijoz va serverning o‘zaro muloqotning vakolatli abonentlari ekanligini tasdiqlaydi. Odatda biletni shifrlash DES, 3DES, AES (Kerberos v5) simmetrik algoritmlari bo‘yicha bajariladi. Kerberos tizimining asosiy kamchiligini aksariyat markazlashtirilgan tizimlar kamchiliklari bilan, xususan, kalitlarni taqsimlash markazida (Key Destribution Center, KDCda) maxfiy kalitlarning markazlashgan holda saqlanishi bilan bog‘lashadi. Ta’kidlash lozimki, autentifikatsiya protokollarida asimmetrik shifrlash va elektron raqamli imzodan ham foydalanish mumkin. Biometrik tizimlar. Biometrik qurilmalar tirik organizmning fiziologik yoki odatiy (g‘ayri-ixtiyoriy) xarakateristikalariga asoslangan. Keng tarqalgan biometrik usullarga quyidagilar taalluqli (4.2-rasm): - barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng qo‘llaniladi; - qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi; - ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi; - ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv kameralari bilan integrallashga imkon beradi; - yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli qiyofasini qurishga asoslangan; - qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan; - klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan matnni klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan; - ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga bog‘liq. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling