Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining xavfsizligi.
Har bir tashkilot o‘z serverining va zaxira nusxalash vositalarining fizik xavfsizligini taminlashga e’tibor berishi lozim. Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarning cheklanganligi bois, ulardan faqat ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishlari mumkin. Server va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini taminlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi: - server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. Bu chora ushbu qurilmalarning noma’lum shaxslar yoki xodimlar tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi; - server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiyani joriy etish; - serverlarni, o‘g‘irlinishidan va zararlanishidan himoyalash uchun, maxsus tagliklarga o‘rnatish; - turli energiya o‘zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira UPS vositasiga ulash; - qurilmalarni qulflanuvchi xonalarda saqlash; - xodimlar tomonidan ruxsatsiz zaxira nusxalamasligini va server vositalarini olib chiqib ketilmasligini taminlash. Ish joyining xavfsizligi: Muhim aktivlar va olib yuriluvchi qurilmalar. Tashkilot har doim o‘zining server va zaxira nusxalash vositalari bilan bir qatorda, boshqa muhim aktivlar, ishchi stansiyalar, routerlar va svitchlar, printerlar, olib yuriluvchi vositalar va boshqalarning xavfsizligiga e’tibor berishi lozim. Tashkilotga kiruvchi va chiquvchi barcha ma’lumotlar axborot tarmog‘i orqali harakatlanganligi sababli, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va ularning xavfsizligiga ham jiddiy e’tibor berish lozim. Fizik xavfsizlik: ogohlik / o‘qitish. Yaxshi o‘qitilgan va malakaga ega bo‘lgan xodim tashkilotning fizik xavfsizligiga bo‘lgan risklarni minimallashtirishi mumkin. Yuqori fizik xavfsizlikni taminlashda tashkilot o‘z xodimlari uchun ogohlik mashg‘ulotlarini tashkil etishi lozim. Ogohlantirish yoki o‘qitish dasturlari quyidagilarni nazarda tutishi shart: - hujumlarni kamaytiruvchi usullarni taminlashni; - maxfiy axborotni olib yurishdagi risklarni; - xavfsizlik xodimlarining muhimligini; - barcha qurilma va ma’lumotlarga bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujumlar ehtimolini baholashni. Tashkilotlar fizik xavfsizlik bo‘yicha ogohlik/o‘qitish kurslarini tashkil etishda turli usullardan foydalanishlari mumkin: - sinf mashg‘ulotlari–ma’ruzaga asoslangan interaktiv sinf mashg‘ulotlarining afzalligi: barcha noravshan va noaniq masalalar shu joyning o‘zida aniqlanadi; webga asoslangan yoki uchrashuvga asoslangan o‘qitish sessiyalarini amalga oshiradi; rol o‘ynash yoki simulyatsiya o‘yinlari orqali yanada interaktiv bo‘lishi mumkin. - Aylana stol mashg‘ulotlari - mazkur kurslar odatda oylik yoki xaftalik bo‘lib, fizik xavfsizlik zarur bo‘lganda tashkilot xodimlarini o‘qitish uchun amalga oshiriladi. - Xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi web sayt – xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi web saytni yaratish orqali xodimlar o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni chuqurroq o‘rganadilar. Bunda turli rasm, video va misollar asosida mavjud holat tushuntiriladi. - Master klass darslari – parolni almashtirish yoki parolni bilmasdan uni olib tashlash master klass darslarida amalga oshiriladi. Nazorat savollari 1. Ruxsatlarni nazoratlashning asosiy tushunchalari. 2. Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash usullari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? 3. Parolga asoslangan autentifikatsiya usuli, uning afzallik va kamchiliklari. 4. Parollar ma’lumotlar bazasida qanday saqlanadi va ularni taqqoslash usullari. 5. Axborotning fizik himoyasi va uning muhimligini tushuntiring. 6. Axborotni fizik xavfsizligiga ta’sir qiluvchi tabiiy va sun’iy omillar. 7. Yong‘inga qarshi himoyalash usullari. 8. Tashkilotda qo‘riqlash xodimlari va kuzutuv kameralarining o‘rni. 9. Foydalanishni mantiqiy boshqarish deganda nimani tushunasiz? 10. Foydalanishni boshqarishning DAC usuli va uning xususiyatlari. 11. Foydalanishni boshqarishning MAC usuli va uning asosiy xususiyatlari. 12. Foydalanishni boshqarishning RBAC usuli va uning asosiy xususiyatlari. 13. Foydalanishni boshqarishning ABAC usuli va uning asosiy xususiyatlari. 14. Foydalanishni boshqarish matritsasi, ACL va C-list tushunchalarini tushuntiring. 15. Bell-LaPadul modeli va uning asosiy maqsadi. 16. Biba modeli va uning asosiy maqsadi. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling