Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
6
6 6 rasshifrovkani ta’minlovchi virus qismi ochiq ko‘rinishda saqlanishi lozim. Bunday holatdan qutilish uchun viruslarni ishlab chiquvchilar rasshifrovka qiluvchi kodni “mutatsiyalash” mexanizmidan foydalanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, obyektga virus nusxasi kiritilishida uning rasshifrovka qilinishiga taalluqli qismi shunday modifikatsiyalanadiki, original bilan matnli farqlanish paydo bo‘ladi, ammo ish natijasi o‘zgarmaydi. Ikkinchi jihat rezident viruslar deb ataluvchi viruslar bilan bog‘liq. Virus va u kiritilgan obyekt operatsion tizim uchun bir butun bo‘lganligi sababli, yuklanishdan so‘ng ular, tabiiy, yagona adres makonida joylashadi. Obyekt ishi tugaganidan so‘ng u operativ xotiradan ishlay boshlaydi. Rezident bo‘lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida xotiraga tushib zaharlash va zarakunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar xotirani butunlay tark etib yashash makonida qoladi. Ta’kidlash lozimki, viruslarni rezident va rezident bo‘lmaganlarga ajratish faqat fayl viruslariga taalluqli. Yuklanuchi va makroviruslar rezident viruslarga tegishli. Qurbonni qidirish. Qurbonni qidirish usuli bo‘yicha viruslar ikkita sinfga bo‘linadi. Birinchi sinfga operatsion tizim funksiyalaridan foydalanib faol qidirishni amalga oshiruvchi viruslar kiradi. Ikkinchi sinfga qidirishning passiv mexanizmlarini amalga oshiruvchi, ya’ni dasturiy fayllarga tuzoq qo‘yuvchi viruslar taalluqli. Topilgan qurbonni zaharlash. Oddiy holda zaharlash deganda qurbon sifatida tanlangan obyektda virus kodining o‘z-o‘zini nusxalashi tushuniladi. Avval fayl viruslarining zaharlash xususiyatlarini ko‘raylik. Bunda ikkita sinf viruslari farqlanadi. Birinchi sinf viruslari o‘zining kodini dasturiy faylga bevosita kiritmaydi, balki fayl nomini o‘zgartirib, virus badani bo‘lgan yangi faylni yaratadi. Ikkinchi sinfga qurbon fayllariga bevosita kiruvchi viruslar taalluqli. Bu viruslar kiritilish joylari bilan xarakterlanadi. Quyidagi variantlar bo‘lishi mumkin: 1. Fayl boshiga kiritish. Ushbu usul MS-DOSning com-fayllari uchun eng qulay hisoblanadi, chunki ushbu formatda xizmatchi sarlavhalar ko‘zda tutilgan. 2. Fayl oxiriga kiritish. Bu usul eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, viruslar kodiga boshqarishni uzatish dasturning birinchi komandasi (com) yoki fayl sarlavhasini (exe) modifikatsiyalash orqali ta’minlanadi. 3. Fayl o‘rtasiga kiritish. Odatda bu usuldan viruslar strukturasi oldindan ma’lum fayllarga (masalan, Command.com fayli) yoki tarkibida bir xil qiymatli baytlar ketma-ketligi bo‘lgan, uzunligi virus joylashishiga yetarli fayllarga tatbiqan foydalaniladi. Yuklama viruslar uchun zaharlash bosqichining xususiyatlari ular kiritiluvchi obyektlar – qayishqoq va qattiq disklarning yuklanish sektorlarining sifati va qattiq diskning bosh yuklama yozuvi (MBR) orqali aniqlanadi. Asosiy muammo-ushbu obyekt o‘lchamlarining chegaralanganligi. Shu sababli, viruslar o‘zlarining qurbon joyida sig‘magan qismini diskda saqlashi, hamda zaharlangan yuklovchi original kodini tashishi lozim. Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi xolos. Xavfsiz viruslar – tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi. Xavfli viruslar – kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin. Juda xavfli viruslar – dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar. Boshqarishni virus dastur – eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi. Viruslardan tashqari zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud: – troyan dasturlari; – mantiqiy bombalar; masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari; Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling