Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari
Download 7.29 Mb. Pdf ko'rish
|
anteplaget
5
5 mumkin. Virusdan zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun korporativ tarmoqning tizim ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foydalanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi shart. Zararli dasturiy vositalarni aniqlash. Zararli dasturiy vositalarni aniqlashda asosan uchta yondashuvdan foydalaniladi. Birinchisi va eng keng tarqalgani signaturaga asoslangan aniqlash bo‘lib, zararli dasturdagi shablon yoki signaturani topishga asoslanadi. Ikkinchi yondashuv o‘zgarishlarni aniqlashga asoslangan bo‘lib, o‘zgarishga uchragan fayllarni aniqlaydi. O‘zgarishi kutilmagan fayl o‘zgarganida zararlangan deb topiladi. Uchinchi yondashuv anomaliyaga asoslangan, noodatiy yoki virusga o‘xshash fayllarni va holatlarni aniqlashga asoslanadi. Signaturaga asoslangan aniqlash. Signatura bu – faylda topilgan bitlar qatori bo‘lib, maxsus belgilarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda ularning xesh qiymatlari ham signatura sifatida xizmat qilishi mumkin. Signaturaga asoslangan aniqlash usuli virus aniq bo‘lganida va umumiy bo‘lgan signaturalar ajratilgan holatda juda yuqori samaradorlikka ega. Bundan tashqari, ushbu usulga binoan foydalanuvchi va ma’murga minimal yuklama yuklanadi va ularga faqat signaturalarni saqlash va uzluksiz yangilash vazifasi qo‘yiladi. Hozirgi kunda signaturaga asoslangan tanib olish usuli zamonaviy antivirus yoki zararli dasturlarga qarshi himoya vositalarida keng qo‘llaniladi. O‘zgarishlarni aniqlovchi usul. Zararli dasturlar ma’lum manzilda joylashganligi sababli, tizimdagi biror joyda o‘zgarish aniqlansa, zararlangan joyini ko‘rsatish mumkin. Ya’ni, agar o‘zgarishga uchragan fayl aniqlansa, u virus orqali zararlangan bo‘lishi mumkin. O‘zgarishlarni qanday aniqlash mumkin? Ushbu muammoni yechishda xesh- funksiyalar mos keladi. Faraz qilaylik, tizimdagi barcha fayllar xeshlanib, xesh qiymatlari xavfsiz manzilda saqlangan bo‘lsin. U holda vaqti-vaqti bilan ushbu faylning xesh qiymatlari qaytadan hisoblanadi va dastlabkilari bilan taqqoslanadi. Agar faylning bir yoki bir nechta bitlari o‘zgarishga uchragan bo‘lsa, xesh 5 qiymatlar bir biriga mos kelmaydi va fayl virus tomonidan zararlangan hisoblanadi. Ushbu usulning afzalliklaridan biri shuki, agar fayl zararlangan bo‘lsa, uni to‘liq aniqlash mumkin. Bundan tashqari, oldin noma’lum bo‘lgan zararli dasturni ham aniqlash mumkin. Biroq, ushbu usul kamchiliklarga ham ega. Tizimdagi fayllar odatda tez-tez o‘zgarib turadi va natijada yolg‘ondan zararlangan deb topilgan holatlar soni ortadi. Agar virus tizimdagi tez-tez o‘zgaruvchi fayl ichiga joylashtirilgan bo‘lsa, ushbu usulni osonlik bilan aylanib o‘tish mumkin. Bu holda ushbu fayldagi o‘zgarishni log fayl orqali aniqlash ko‘p vaqt talab qiladi va bu signaturaga asoslangan usuldagi kabi muammolarga olib keladi. Anomaliyaga asoslangan aniqlash. Anomaliyaga asoslangan usul noodatiy yoki virusga o‘xshash yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararli harakatlarni yoki xususiyatlarni topishni maqsad qiladi. Ushbu g‘oya IDS tizimlarida ham foydalaniladi. Ushbu usulning fundamental muammosi - qaysi holatni normal va qaysi holatni normal bo‘lmagan deb topish hamda ushbu ikki holat orasidagi farqni aniqlash hisoblanadi. Bundan tashqari, normal holatning o‘zgarishi va tizimning bu holatga moslashish muammosi ham mavjud. Bu esa ko‘plab noto‘g‘ri signallarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ushbu usulning afzalligi sifatida oldin noma’lum bo‘lgan zararli dasturlarni aniqlash imkonini ko‘rsatish mumkin. Antivirus dasturiy vositalarining kamchiligi. Antivirus dasturiy vositasiga kompyuterni himoyalashda amalga oshirilish lozim bo‘lgan zaruriy shart sifatida qaraladi. Umuman olganda, antivirus kompyuter uchun zararli dasturlarni skanerlashni, himoyalashni, karantin holatiga tushirishni va boshqa amallarni bajaradi. Antivirus dasturiy vositalarini CD-disklardan va Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘rnatish mumkin. Antivirus dasturiy vositalari bir biridan ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, Internet tarmog‘idan foydalanilganda reklamalarni blokirovkalash, Internet tarmog‘idan kirib keluvchi 5 zararli dasturlarni blokirovkalash va h. Biroq, foydalanuvchilar to‘liq antivirus dasturiy vositalarining imkoniyatilariga ishonib qolmasliklari lozim. Viruslarni doimiy aniqlash uchun antivirus dasturiy vositalari eng yangi va yangilangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan namunaviy fayllarga muxtoj. Biroq, antivirus ishlab chiqaruvchilari yangi virus uchun namunaviy fayllar yaratgunlaricha virus ishlab chiqaruvchilari tomonidan katta hajmdagi yangi viruslar yaratiladi. Bu esa, yangi virus uchun vaksinani tayyorlash yyetarlicha ko‘p vaqtni talab qiladi. Bundan tashqari, antivirus dasturi Rootkit tipidagi zararli dasturlarni aniqlashda foydasi tegmasligi mumkin. Rootkit tipidagi zararli dasturlar kompyuter operatsion tizimining markaziga hujum qilishni maqsad qiladi. Antivirus dasturiy komplekslari. Har bir antivirus dasturiy vositalar o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Faqat bir necha antivirus dasturiy vositalaridan kompleks foydalanish to‘liq himoyani taminlashi mumkin. Amalda ko‘plab antivirus dasturiy vositalar mavjud, ularga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin (7.3-jadval). Profilaktik choralar. Viruslar va virus yuqtirilgan fayllarni o‘z vaqtida aniqlash, aniqlangan viruslarni har bir kompyuterda to‘liq yo‘q qilish orqali virus epidemiyasining boshqa kompyuterlarga tarqalishini oldini olish mumkin. Har qanday virusni aniqlaydigan va yo‘q qilinishini kafolatlaydigan mutlaqo ishonchli dasturlar mavjud emas. Download 7.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling