Vazirligi farg’ona davlat universiteti
Asosiy ishlab chiqarish fondlari
Download 112.13 Kb.
|
Korxonalar moliyasi (1)
Korxona moliyasini tashkil etish doirasida uning invеstision faoliyatini tahlil etish zarur. Invеstisiyalar korxonaning dinamik rivojini ta`minlaydi va quyidagi vazifalarni yechishga yordam bеradi: moliyaviy va moddiy rеsurslarni jamg’arish evaziga o’zining tadbirkorlik faoliyatini kеngaytirish yangi korxonalarni sotib olish divеrsifikasiya Zamonaviy sharoitlarda invеstisiyalarning quyidagi turlari kеng rivoj topgandir: Moliyaviy invеstisiyalar To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar Moliyaviy invеstisiyalar - qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadida amalga oshirilgan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar. Natijada invеstorning qimmatli qog’ozlar portfеli vujudga kеladi. Ular kapital qo’yilmalarning qo’shimcha manbasi bo’lishi, hamda qimmmatli qog’ozlar bozorida birja o’yinlari prеdmеti bo’lishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri invеstisiyalar - asosan rеal aktivlarni sotib olish bilan bog’liq aniq, uzoq muddatli loyihalarga moliyaviy qo’yilmalar. Ular yangi ob`yektlarni yaratishga yoki faoliyat yuritayotgan korxonalarni kеngaytirish va tеxnik qayta qurollantirishga yo’naltiriladi. Korxona moliyasini tashkil etishda amalga oshirilayotgan soliqli to’lovlarning barcha turlari hisobga olinadi. To’lov manbalaridan kеlib chiqib korxona soliqlari quyidagicha tasniflanadi: mahsulot sotishdan tushumdan undiriladigan soliq (QQS, aksiz) mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar (yer solig’i, transport vositalariga egalik solig’i, yer qaridan foydalanish solig’i, suv solig’i) korxona faoliyatining moliyaviy natijalariga bog’liq soliqlar (korxona mol- mulkiga soliq, rеklama solig’i) Sof foydadan to’lanadigan soliq (korxona foydasiga soliq, mahalliy lisеnzion yig’imlar) Moliyaviy resurslar ishlab chiqarishni rivojlantirishga, iste‘molga hamda zaxirani shakllantirishga yo‘naltiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayonini sotish bosqichini rivojlantirishga mo‘lljallangan moliyaviy mablag‘lar pul shaklidagi kapitalni ifodalaydi. Kapital -bu aylantirishga kuyilgan pullar bo‘lib aylanish jarayonida o‘zini ko‘paytiruvchi pullar hisoblanadi. Pul aylanishi ularni tadbirkorlikka yunaltirish vositasida, ssudaga berish vositasida, qarzga berish bilan amalga oshiriladi. Kapital quyish shakliga qarab tadbirkorlik va ssuda kapitaliga ajartishimiz mumkin. Tadbirkorlik kapitali turli tashkilotlarga to‘g‘ri yoki potrfel investitsiyalar sifatida kuyilgan kapitaldir. Bunday kapital quyish foyda olish maqsadida yoki korxonani boshqarish huquqini olish maqsadida amalga oshiriladi. Ssuda kapitali bu qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik shartlari asosida qarzga berilgan pul mablag‘laridir. Ssuda kapitali tadbirkorlik kapitalidan farkli o‘laroq u korxonaga investitsiya qilinmaydi, balki boshqa investorga foiz evaziga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Ssuda kapitali tovar sifatida namoyon bo‘ladi va uning bahosi u bo‘yicha to‘lanadigan foizlar hisoblanadi. Korxona moliyaviy mablag‘lari moliya-bank tizimi tashkilotlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish uchun ham ishlatiladi. Bularga: budjetga soliqli to‘lovlar, kreditlardan foydalanganlik uchun bank foizlari, avval olingan ssudalarni to‘lanishi, sug‘urta harajatlari va boshqalar kiradi. Xozirda bozor iqtisodiyoti asosidagi iqtisodiy tizim korxonalari o‘z faoliyatlari hamda mol-mulkini sug‘urta qilishni zarur qilib kuymokda. Bu esa o‘z navbatida moliyaviy mablag‘larni bir qismini sug‘urta harajatlariga sarflashga olib kelmokda. Moliya-bank tizimi tashkilotlarga to‘lovlarini soliq bo‘yicha imtiyozli bank foizlariii sug‘urta holati ruy berganda to‘lanadigan sug‘urta to‘lovi sababini kamayishi korxona moliyaviy mablag‘larini o‘zida qolishini taminlaydi. Natijada bo‘sh moliyaviy mablag‘ni vujudga keltirishda korxona moliyaviy mablag‘larni xayriya maqsadlarga, xomiiylikka, hamda rag‘batlantiruvchi va ijtimoiy harakatda bo‘lgan pul fondlarini shakllantirish mumkin. Egasining nomi yozilgan aksiyalar egalari aksiyadorlar reyestrida albatta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan aksiyalardir. +ulaylik nuqtai nazardan olganda aksiyadorlik jamiyati uchun egasining nomi yozilgan aksiyalar eng makbul hisoblanadi. Bu aksiyadorlik sarmoyasi harakati jarayonini va qimmatli qog‘ozlarni ayrim aksiyadorlar kulida jamlanishini nazorat qilish hamda ularning chetga chiqib ketishini tartibga solish imkonini beradi. Nomi yozilgan aksiyalar o‘z likvidligiga ko‘ra istalgan vaqtda naqd pulga aylanishi jihatdan aksiyadorga birmuncha ijobiy ta‘sir qiladi. Taqdim qilinadigan aksiyalar esa ya‘ni egasini biror joyda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan ikkilamchi bozorda erkin sotiladi bu esa uning likvidligini ta‘minlaydi. Aksiyalarni ushbu turlari qayta sotilishining har xil mexanizmlari mavjud nomi yozilgan aksiyalarning egasi jamiyatdan uni harid qilishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan egasining nomi yozilgan aksiyalarni olish mumkin, ular mavjudligini qayta ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlaydi. Taqdim qilinadigan aksiyalarni qayta sotish qimmatli qog‘ozning bir mulkdordan boshqa mulkdorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishdan iborat. Biz yuqorida aksionerlar jamiyatini boshqarishda ishtirok etishi huquqiga qarab ikkiga bo‘lgan edi ya‘ni oddiy va imtiyozli aksiyalar. Oddiy aksiyalar unga tegadigan dividend, foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat‘iy kafolatlanmaydi, ammo egasiga aksionerlik jamiyatini yiginida ovoz berib, uning ishini xal etishda ishtirok etishi huquqini beradi. Bunday aksiyalarni egalari boshqa qimmatli qog‘ozlar egalariga nisbatan ko‘proq o‘z zimmalariga olganliklari tufayli shunday aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar yuqoriroq qilib belgilinadi. Xulosa Bir so‘z bilan aytganda O‘bekiston Respublikasida faoliyat olib boruvchi korxona va muassalar har tomonlama mukammal , shuningdek o‘zining yillik yoki uzoq muddatli rejalariga ega bo‘lishi va yetarli darajada moliyaviy tomondan qo‘lllab quvvatlanishi , chet el korxonalari bilan birgalikda alyanslarni tashkil qilish va turli rivojlangan hududlarda o‘z filliallarini ochish orqali mustaxkam orin egallay oladi. Hozirgi kunda kichik biznes va tijorat bilan shig‘ullanuvchu korxona va firmalarga davlatimiz tomonidan keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda . O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlar yuridik shaxslari va fuqarolarining to‘liq yoki hissabay mulki bo‘lgan korxonalarni (davlatlararo korxonalar va qo‘shma korxonalarni) barpo etish hamda ular faoliyatining xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va davlatlararo shartnomalar (bitimlar) bilan belgilab qo‘yiladi. Korxonaning tijorat siri deganda korxonaning ishlab chiqarishi, texnologiya axboroti, boshqaruvi, rejalashtirishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda e‘lon qilish (topshirish, ochilib qolishi) uning manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat siri bo‘lmagan ma‘lumotlar tushuniladi. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar tarkibi va hajmi, ularni himoya qilish tartibi korxona rahbari tomonidan belgilanadi. Korxonaning moliyaviy funksiyalarini bajarish korxona tizimining joriy qilinishiga ham bog‘liq boladi. Har bir funksiyani bajarish uchun korxona mukammal va malakali kadrlarni tanlay olishi shuningdek korxonaning barcha ishlarini olib borishga qodir kadrlarni tanlash ham katta omil bo‘lib xizmat qiladi . Tijorat tashkilotlari va korxonalarining moliyasi, moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, YaIM qiymatini yaratish, taqsimlash va ishlatish jarayonlarini qamrab oladi. Ular, asosan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad yaratiladigan, moddiy ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritadilar. Iqtisodiy tuzumdagi o‘zgarishlar natijasida tadbirkorlik faoliyatining yakuniy maqsadi xususiy kapital saqlab holda foyda olish bo‘lib qoldi. Download 112.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling