Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi
Download 240.56 Kb.
|
3-amaliy ish S. Z
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2020 — 2022 o‘quv yillari uchun xorijda ta’lim oluvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yo‘nalishlarida zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga ta’lim olish va malaka oshirishga jo‘natish uchun amaliy choralar ko‘rsin. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9- noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son) 14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaxiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaxirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, mahsulotlar narxi keskin o‘zgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 1-martga qadar: qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish; “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin. 16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin. 17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda: qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin. 19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. Download 240.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling