Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi
Download 240.56 Kb.
|
3-amaliy ish S. Z
Oldingi tahrirga qarang.
respublika hududlarida uy-joy qurilish bozori va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda qurishni inobatga olgan holda urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta’minlash, shuningdek, yer uchastkalariga oid zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish; 57.(1-band “z” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186- sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son) shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini prognoz qilish va shu asosda urbanizatsiya ko‘lamlarini belgilash — mavjud shaharlarni kengaytirish yoki yo‘ldosh shaharchalarni yaratish yuzasidan hududlar kesimida takliflar tayyorlash; yangi barpo etiladigan yo‘ldosh shaharlar aholisining yashash sharoiti darajasini yanada oshirish hamda shaharlarning bosh rejalarini ishlab chiqishning moliyalashtirish manbalarini aniqlash va muvofiqlashtirish; ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik- kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmalari mavjud yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish; uy-joy qurilish bozorini ipoteka kreditlari orqali rivojlantirish hamda mavjud uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda renovatsiya tizimini takomillashtirish va dasturlar ishlab chiqish; Oldingi tahrirga qarang. daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratilishini muvofiqlashtirish; (1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son) i) biznes muhitini yaxshilash va xalqaro reytinglar masalalari bo‘yicha: iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali biznes faoliyati sohasidagi asossiz majburiyatlar, taqiqlar va cheklovlarni olib tashlash, joriy tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish hamda sohada amaldagi va qabul qilinadigan normativ- huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga ta’sirini baholash; “O‘zstandart” agentligi va boshqa vakolatli organlar bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlari o‘z biznes faoliyatlarini erkin amalga oshirishlarida to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan texnik reglament va talablarni o‘rnatuvchi organlar faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotida raqobat muhitini yaxshilash, Savdo-sanoat palatasi va Biznes- ombudsman bilan birgalikda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish; xalqaro iqtisodiy reytinglar bilan ishlashda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda reytinglarni har bir tarkibiy indikatori kesimida mutasaddi vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruhlarni tuzish hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish; k) jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish sohasida: mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasidan, shu jumladan o‘rta va uzoq muddatli tashqi iqtisodiy muvozanatligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib, xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish; iqtisodiy sohada turli integratsiya birlashmalari (MDH, EOII va boshqalar) bilan, respublika hududlari xorijiy davlatlar hududlari bilan, shu jumladan chegaraoldi hamkorlikning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga ta’sirini keng qamrovli tahlil qilish va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; vakolatlar doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini ifodalash, belgilangan tartibda va xalqaro huquq bitimlariga muvofiq boshqa davlatlarning vakolatli tashkilotlari bilan iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamkorlik bitimlarini tuzish. Belgilansinki, vazirlik o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ularning ustuvorligi va bosqichma- bosqichlik tamoyilidan kelib chiqadi, shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha xalqaro ekspert-maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. Download 240.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling