KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Ushbu kurs ishida jahon axloq ilmining rivoji va
unda turli mintaqa xalqlari ma’naviy-axloqiy qarashlarining akslanishi, ma’naviyat
va axloqning o‘zaro munosabatlari va ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati inson
hayotining mazmuni va baxt muammosi, bugungi mustaqil O‘zbekistonda
millatning ma’naviy-axloqiy
rivojlanishi, qonunlarga to‘liq rioya etish, mamlakat
qonunlarini
yaxshi bilish talab etiladi, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy
tarbiyasining dolzarb masalalari O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning ushbu
muammolarga yondoshuvdagi yangicha qarashlari asosida jiddiy tadqiq etiladi.
Mazkur ishning dolzarbligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:
Birinchidan, jamiyatda insonlarning barcha ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy
sohalardagi faoliyati uning yuksak ma’naviy yetukligi bilan belgilanadi, tartibga
solinadi.
Ikkinchidan, kishilik tarixi uning madaniyati tarixi bilan belgilanadi. Har bir
jamiyat o‘zining
olib borgan urushlari, jangu-jadallari bilan emas, madaniyati,
insoniyat
madaniyatiga, ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.
Uchinchidan, kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida yoshlar ma’nan
yetuk, yuksak barkamol avlod qilib tarbiyalash muhim vazifalar hisoblanadi.
To‘rtinchidan, o‘zligini anglagan, ma’naviy yetuk xalq jamiyat oldida turgan
muhim islohotlarga, vaziflarga doimo tayyor turadi.