Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti
Milliy qayta tiklanishn ahamiyati
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy tiklanishning manaviy muammolari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ruyxati
2.2. Milliy qayta tiklanishn ahamiyati
Olimlarimiz ma’naviyatni uch guruhga bulish mumkinligini ta’kidlaydilar: 1. Milliy ma’naviyat; 2. Mintakaviy ma’naviyat; 3. Umuminsoniy ma’naviyat. Millat ma’naviyati — muayyan elat, millatga, uning ajdodlariga xos bulgan g’oyat kimmatli ma’naviy boyliklardir. Milliy ma’naviyat — boshka millat ma’naviyatidan tubdan fark kilinadigan ma’naviyat emas. CHunki bizdagi milliy ma’naviyat boshka xalklarda muayyan tarzda bor, mavjuddir. Ammo milliy ma’naviyatda boshka xalklarning ma’naviyati aynan takrorlanmaydi. SHunday bulganda edi, milliy ma’naviyat bulmas edi. Millat mavjud ekan, milliy ma’naviyat buladi. Milliy ma’naviyatni yukotish mumkin emas. SHu urinda kozok shoiri Muxtor SHaxanov aytgan rivoyatni
keltirish maksadga muvofikdir: «Kadim zamonlarda bizning yerimizga boskinchilar kirib keladi. CHegaraga yetgach, xon kushinlarini tuxtatib oldida turgan mamlakatdagi vaziyatni bilish uchun josuslarni yuboradi. Ma’lum vaktdan keyin ular kaytib kelib, xonga ma’lumot berishadi: Biz katta tuyning guvohi buldik. Unda mamlakat podshohi ham bor ekan. Tuy kizib borayotgan bir paytda, kuliga dumbira ushlagan bir yosh yigit kirib keldi. Podshoh darhol yigitni yoniga chorlab, uzi utirgan yerdan unga joy bushatib berdi. Biz ajablanib, «Bu yigit kim?» deb suraganimizda, - «Bu bizning shoirimiz-ku» degan javob oldik. «E, janob oliylari, menga hujum kilishga ruhsat bering, bunday akli past podshohi bor mamlakatni biz osongina bosib olamiz», - deydi xonning lashkarboshisi. «Yuk otni izimizga karab haydaymiz, chunki ma’naviy kadriyatlarni shunchalik zur e’zozlaydigan mamlakatni aslo yengib bulmaydi», - deb javob beradi xon. Mazkur rivoyatdan chikadigan hulosa shuki, ma’naviyati yuksak xalkning ildizi mustahkam buladi, uni hech kachon tiz chuktirish mumkin emas. CHinakam tsivilizatsiyalashgan demokratik davlat hamda bozor munosabatlari, bozor vositalari fakat yuksak ma’naviyat negizida yaratilishi mumkin. Yuksak madaniyatsiz buyuk davlat kurib bulmaydi. SHuni e’tiborga olgan xolda xukumatimiz fan, maorif va madaniyat sohasiga jiddiy e’tibor bilan karamokda. Mustakillikning dastlabki yillaridan boshlab davom etib kelayotgan kutlug’ an’ana - ulug’ bobolarimiz, dunyoga dong taratgan, jahon jamoatchiligi allakachon uz mukaddas mulki deb tan olgan ma’naviy meros sohiblarining yubileylarini mamlakat va jahon mikyosida nishonlash hakidagi farmonlar va ularning ijrosi ayni shu masala milliy ma’naviyatimiz sarchashmalariga butun xalkimiz va birinchi navbatda, yosh avlod e’tiborini jalb etish maksadini kuzda tutadi. Xalk ma’naviyatini, millat ma’naviyatini sun’iy ravishda kandaydir uylab topilgan akidalarga tayanib yuzaga keltirib ham, keskin uzgartirib ham bulmaydi. CHunki ma’naviyat tushunchasining mazmuni bir kunda, bir yilda, hatto bir asrda shakllanadigan narsa emas, u har bir xalkning juda uzok tarixi ka’ridan ozik olib, teranlik kasb etib keladi. Hech bir xalk dunyoda yakka yashamaydi, yolg’izlikda rivojlanmaydi ham. Elat va millatlar doimo uzaro turlicha munosabatlarda buladilar va tarix davomida bir-birlariga ta’sir utkazib, uzlarini ham, uzgalarni ham ma’naviy boyitib boradilar. Ammo hech kachon, hech bir xalk uzligidan butkul voz kechib, boshka xalk ma’naviyati hisobidan uzini boyita olgan emas. Yakka bir shaxs butkul uzga bir ma’naviy bir muhitda tarbiya topib, unga tulik moslashishi mumkin. Lekin butun bir xalk tulig’icha uzligidan kechib, uzga xalk ma’naviy dunyosini kabul kilsa, demak, unday xalk yuk buladi. Uz ma’naviy kiyofasini yukotgan millat yukolgan millatdir. SHu sababli ham milliy mustakillik poydevorini ma’naviy mustakillik tashkil etadi, deymiz. Milliy ma’naviyatimizning takomili esa usha millatga mansub har bir shaxsning ma’naviy kamoloti bilan bevosita bog’lik va ushbu zaminga tayanib yuksaladi. Tan olish kerak, sobik tuzum davrida olimlarimiz, tadkikotchilarimiz shaxsan kanchalik pok, samimiy bulishmasin, ajdodlar merosiga xolis yondashish imkoniga
ega emas edilar. Ular ba’zan uzlari tug’ri deb uylagan xolda, ba’zan majburiyatdan borni yuk, yukni bor kilib kursatganlar. Ajdodlarimiz suzini xolis, mintaka ma’naviyatining amaliy va nazariy takomili mintakaga muvofik tarzda emas, marksistik mafkura yunalishiga mos ravishda talkin etganlar. Natijada utmish merosimiz namunalari bilan asl kulyozmalardan, tulik matnlardan emas, ommaviy nashrlar asosida tanish bulgan kupchilik oliy ma’lumotli mutaxassislar ham yagona hukmron mafkura ruxsat bergan «hakikatlar»dan uzga hakikatlar mavjud ekanligidan deyarli bexabar tarbiya topganlar. Bugun ziyolilarimizning kupchiligi ma’naviy merosni tug’ri idrok kilishga kiynalayotganliklarining sabablaridan biri ham shunda. Bir insonga uz milliy ma’naviyatini tugal anglab yetish uchun olloh yuz yil umr bersa ham, kamlik kiladi. Umr buyi milliy ma’naviyatini, uzok asrlar davomida uz millati mansub bulgan mintaka madaniyati vakillari ijodini asl manbalardan urganib kelgan odam ham milliy ma’naviyatimizni tulik anglab yetdim, deb da’vo kilishga hijolat buladi. Bu aslida kupchilikning ishi, millat ma’naviyati uchun butun millat kayg’urishi kerak. Har bir millat, har bir xalk uz hayot tarzini, kelajagini ajdodlarining tarixiy tajribasiga asoslanib kuradi, begona andozalar asosida tarakkiy eta olmaydi. Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintakalarda yashagan xalklarning uzaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy alokalari hozirgidek yakin bulgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintakalar shakllangan. Yevropa, Osiyo xalklarining mintaka madaniyati va boshka bir kator mintakalar madaniyati - bularning har biri boshkasidan fark kiluvchi kator diniy e’tikod, falsafiy maktablar, san’at va adabiyot, urf-odat va an’analarning uziga xos uyg’un bir tizimlarini vujudga keltirganki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma’naviy xazinalarini befarklik bilan bir-biriga korishtirib yuborishimiz mutlako ijobiy natijalar bermaydi. Borlik hakikati cheksiz, uni anglab yetish uchun, birinchidan, shu kungacha insoniyat erishgan barcha yutuklarni uzlashtirish lozim buladi. Ammo butun insoniyat yaratib, koldirgan ilmiy merosni mukammal uzlashtirish bir kishi uchungina emas, hatto kattagina ilmiy jamoalar uchun ham og’irlik kiladi. Ikkinchidan, barcha insoniyatning erishgan bilimlari ham borlik hakikati oldida ummondan tomchigina xolos. Turli millatlar ma’naviyatining uziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bulib, ular bir-birini tuldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, ma’naviyat ellarni zidlashtirmaydi. Umuminsoniy ma’naviyatni (kadriyatlarni) biror bir xalk alohida yaratmaydi, bu ma’naviyatni (kadriyatlarni) har bir xalk, har bir elat uz tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va uzaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, uzaro
ma’naviyatlardagi umumiy jihatlarni anglab boradi. Hozirda butun dunyo xalklari bir-birini tushunib yashashga intilmokda. Mehr bashariyatni birlashtirar ekan, uzgaga mehr kuzi bilan bokish uchun, avvalo inson uzligini anglab yetishi kerak. Uzligini anglamagan zot hech kachon uzgani tushunmaydi, uni xolis kabul kilmaydi. Asli milliy ma’naviyatimizga bugungi ayricha e’tibor ham ushbu uzligimizni anglab yetishga bulgan kuchli ehtiyoj natijasidir.
Inson ma’naviy olami ulchamlari cheksiz bulib, uni hech bir narsa bilan o’lchash, qiyoslash mumkin emas. Milliy ma’naviyat avvalo milliy ongda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Milliy ong millatning uz-uzi xaqidagi tassavurlari, fikr-qarashlari, bahslaridir. U shaxs va millat ruhiyatida, xulqida, tarixiy xotira, mukaddas Vatan, milliy g’urur, milliy nomus, urf-odatlar, axlokiy-estetik fazilatlar va hokozalar tarzida namoyon buladi. Milliy ong millat tushunchasidan kelib chikadi, u millatni jipslashtirib turuvchi, uning ijtimoiy-iktisodiy, siyosiy va madaniy rivojini tezlashtiruvchi kudratli omildir. Milliy ongning rivojlanishi - milliy uzlikni anglash sari yetaklaydi. Milliy ma’naviyatning asosiy belgisi va uzagi milliy axlok sanaladi. Milliy ma’naviyatda – milliy his, tuyg’u, ruhiyat,milliy manfaat ham muhim rolь uynaydi. Uzbek xalki uchun umuminsoniy ma’naviyat bilan birga milliy ma’naviyat va uning boyliklari ham g’oyat kimmatlidir. Uzbek xalkining hozirgi milliy ma’naviyati va kadriyatlari utmish milliy ma’naviyatining davomi bulib, ularga dustlik, urtoklik, mehmondustlik, odamgarchilik, insonparvarlik, axlokiy teranlik, tadbirkorlik, fazilatlilik, sahiylik, xushmuomalalik, jamoa ichida uzini tuta bilishlik, ona-yurt va xalkiga muhabbatlilik, rostguylik, ota-ona va kattalarni hurmat kilish, mehnatevarlik va boshka milliy, ma’naviy, axlokiy fazilatlar kiradi. Milliy mustakillik tufayli jamiyatimizda milliy ma’naviy poklanish, unglanish, tiklanish jarayonlari yuz berdi. Hozirda vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g’urur tuyg’usini kuchaytirish, imon, vijdon, poklik, xalollik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik singari hislatlarni shakllantirish, mustakillikning ongli fidoiysiga aylantirish hozirgi kundagi milliy ma’naviy tarbiya ishining asosiy maksadidir. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyoti yuli» asarida mamlakatimizning yangi jamiyatning ilmiy nazariy asoslari Uzbekistonning ma’naviyat sohasidagi strategik vazifalarni belgilab berdi. Unda bu masalaning 4 ta ma’naviy axlokiy negizi belgilab berilgan: 1. Umuminsoniy kadriyatlarga sodiqlik; 2. Xalkimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 3. Insonning o’z imkoniyatlarini namoyon kilishi; 4. Vatanparvarlik. Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi «Uzbekiston XXI asrga intilmokda» mavzuidagi ma’ruzasida I.A.Karimov ma’naviyatga kuyidagicha ta’rif beradi: «Ma’naviyat ... insonni ruxiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini
boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan kudratli botiniy kuchdir». I.A.Karimov «Fidokor» gazetasiga bergan intervьyusida ma’naviyatning strategik yunalishlari belgilab berilgan: « ... avvalombor yoshlarimizning iymon- e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat kilish, ularni o’z mustakil fikriga ega bulgan barkamol insonlar kilib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning mukaddas kadriyatlarini avaylash va hurmat kilish fazilatlarini karor toptirish, ularning men uzbek farzandiman, deb g’urur va iftoxor bilan yashashiga erishishdir...» Milliy tiklanish juda keng, murakkab tarixiy jarayon bo’lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini : iktisodiyotni ham, siyosiy faoliyatni ham, ma’naviyatni ham, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilikni ham, inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o’z ichiga kamrab oladi. Milliy tiklanishga birdaniga erishib bo’lmaydi. Milliy tiklanish uzok davom etadigan, kup yillarni kamrab oladigan murakkab jarayondir. Hozirda Uzbekiston shu yuldan bormoqda va biznng ruhiyatimiz, tuyg’ularimiz, eng nozik hissiyotlarimiz tiniqlashmoqda, turli changu g’uborlardan tozalanmoqda. Zimmamizda yillar davomida yul quyilgan xatoliklar va kelajak oldidagi qarzdorlikning ulkan, zalvorli yuki bor. Poklik- bu zehn va idrok tiniqligidir. Ma’naviy poklik bu axlok ziyosidir. Unda ruh shaffofligi, sezgi, tuyg’ulari, yuksakdir. Pokiza akl insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi. Ruhiy hayotga rag’batlantiradi, shodlik keltiradi. Kishi hayotida axlokiy poklik birinchi darajali vazifadir. Axlokiy poklik ta’ma va molparastlikka mutlako ziddir. Termiziy rivoyat kiladilar: «Olloh pokdir, pokni sevadi va ozodalikni yaxshi kuradi hamda kuch saxovatlidir. Saxovatlikni sevadi va marhamatlidir, marhamat unga mahbubdir...». Pokizalikning har bir davrning, har bir zamonning talabi bulgan. Poklik va tozalik uzbek xalki ongi, g’ururiga singib ketgan. Xalkimizning asriy an’analarini davom ettirib, poklik degan hayot tarzi, turmush kechirish, shuurimizni, ongimizni taziklardan xolos etib, yangi zamon talabiga mos pok inson bulib yashashga amal kilishimiz kerak. Agar milliy ma’naviyat bulmasa, umuminsoniy ma’naviyat yuk, umuminsoniy ma’naviyatlarsiz esa hozirgi zamon ilg’or millatlari yuk. Millatlar umumjahon, umumbashariy ma’naviyatning yaratuvchilaridir. Umuminsoniy ma’naviyat – butun insoniyatga, jahon xalklariga tegishli bulgan ma’naviy boyliklardir. Umuminsoniy ma’naviyat uzok va yakin utmishdagi hozirda esa ma’naviy jihatdan juda kimmatli, inson kalbida uchmas iz koldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat kiladigan, ularni ezgulikka yullaydigan ma’naviy boyliklardir. Umuminsoniy ma’naviy boyliklarga esa ilm-fan, jumladan falsafiy tafakkur yutuklari, adabiyot va san’at asarlari, kashfiyot va ixtirolar, ma’naviyat, madaniyat durdonalari, xurfikrlik, umuminsoniy axlokiy me’yorlar va boshkalar kiradi. Umuminsoniy ma’naviyat uz ijobiy ahamiyatini hech kachon yukotmaydi. Oltin zanglamas, kuyosh koraymas deganlaridek, umuminsoniy ma’naviyat ham doim kadimiy va navkiron bulib turaveradi. Ular umumbashariy ma’naviyat deb ham yuritiladi. Inson ozodaligi, salomatligi, har bir shaxsning yashash, bilim olish, keksayganda ijtimoiy himoyalanish imkoniyatlari va u xakda g’amxurlik kilish kabi ma’naviy mas’uliyat ahamiyatini doim saklab kolaveradi. Adolat, tenglik, ahil kushnichilik kabi ma’naviy kadriyatlar asrlar osha yashab kelmokda, uni butun
insoniyat avaylab-asrab kelmokda. Mehnatsevarlik, ezgulik, yaxshilik kilish, tinchlik, dustlik, halollik, vatanparvarlik va boshkalar ham umuminsoniy ma’naviyat sanalib, u har bir xalk, millatda uziga xos ravishda nomoyon buladi. Uzidan kattalarni, ota va onani hurmat kilish, farzandlar hakida g’amxurlik kilish ham umuminsoniy ma’naviy jihatlari bilan ajralib turishini yoddan chikarmaslik kerak. Vijdon,
burch, baynalminalchilik ham umuminsoniy ma’naviyat tizimidan urin olgandir. Umuminsoniy ma’naviyatda biz milliy ma’naviyatning eng oliy janob, eng yuksak kursatkichlarining umumjahon mikyosida mujassamlashgan birligini kuramiz. Uz tarakkiyoti uchun har bir millat umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan, hazinasidan foydalanishi, unga suyanishi tarixiy zaruratdir. Buningsiz zamonaviy ilg’or millat hakida orzu kilish mumkin emas. Umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan foydalanish milliy cheklanganlik kobig’idan chetga chikishga, olamni kengrok kurish va kuzatishga undaydi. Umumjahon umuminsoniy ma’naviyat esa hozirgi zamon ilg’or millatlari tarakkiyotining zamini tayanchi va negizidir. Prezidentimiz I.A.Karimov aytadilar: «Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy kadriyatlar bilan bog’lanib ketgan. Asrlar davomida xalkimiz umumbashariy, umuminsoniy kadriyatlar takomiliga ulkan hissa kushgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag’rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, uzga xalklarning ilg’or tajribalari va madaniyatini urganish kabi xususiyatlar ham xalkimizda azaldan mujassam». 1
ana shu dialektik bog’likligini hisobga olish davr talabidir. Prezidentimiz I.A.Karimov «Uzbekistonnig uz istiklol va tarakkiyot yuli» asarida «Milliy madaniyatning uziga xosligini tiklashga alohida e’tibor berilishi kerak. SHu bilan birga milliy uz-uzini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy kadriyatlari, ideallaridan, bizning kup millatli jamiyatimiz an’analaridan ajralib kolishi mumkin emas», - deb ta’kidlagan edi. Hozirda mustakilligimizni mustahkamlash-sog’lom avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish borasidagi tarbiyaviy ishlarni milliy ma’naviyatimiz boyliklari bilan birga umuminsoniy ma’naviyat boyliklaridan foydalanish negiziga kurmog’imiz kerak. Jamiyatni ma’naviy yangilashdan bosh maksad yurt tinchligi, Vatan ravnaki, xalk erkinligi va faravonligiga erishish va komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi kup-kup muhim masalalardan iborat. Baynalminalchilik ham umuminsoniy ma’naviyat tizimiga kirar ekan, bu hakda bizning Uzbekistonda kanday ishlar amalga oshirilmokda? Oldin faktlarga murojaat etaylik. Uzbekistonda 25 milliondan oshik aholi, 136 millat vakillari yashamokda, 15 ta diniy konfessiya, 86 ta milliy-madaniy markazlar ishlab turibdi. Mamlakat aholisining 20 % idan ortik ulushini boshka millat vakillari tashkil etadi. SHu faktlarni tahlil etib kursak kuyidagi fikrga kelamiz. Uzbekiston bozor iktisodiyoti sharoitida millatlararo totuvlikni saklay olsa, mamlakatda barkarorlikni ta’minlash mumkin. Barkarorlik esa mamlakatda I.A.Karimov tomonidan ishlab chikilgan «Uzbek modeli»ni hayotga tadbik etish, islohotlarni oxiriga yetkazish imkonini beradi. Millatlar totuvligi Uzbekistonda ma’naviy, akliy boyish uchun yaxshi imkoniyatlar beradi, chunki bunda madaniyatlarning ta’sir kursatish imkoniyatlari juda katta buladi. Kalondimog’lik, millatchilik illatlari utmish tarixida kolib ketsa, yurtimizda uzaro hurmat, bir-birining ma’naviyati, madaniyatini boyitish, demokratik, xukukiy davlat, fukarolik jamiyati kurish jarayoni yaxshi boradi. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat jamiyatimizning yangilanishi, tiklanishi, rivojlanishi, poklanishida katta ahamiyatga ega. Yurtboshimiz aytganlaridek: «Xalkimiz sarchashmalarining kuzlari kaytadan ochilganligi, jahon
madaniyati yutuklariga zur hissa
kushgan buyuk
ajdodlarimizning madaniy va ma’rifiy merosi teranligi va chukurligi anglab olinganligi har bir avlodning uz utmishiga, olijanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan karash, ularni asrab-avaylash ruxida tarbiyalanayotganligi, ayni chog’da xozirgi zamon jahon tsivilizatsiyasi va ularga oshno bulish zarurligi ravshan anglab yetilganligi – mana shularning hammasi hayot- baxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalkimizning milliy uzligini anglashini oshirish, axolining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi» 1 .
Kadim zamonlardanok Turon, Turkiston xalki uzining kuxna tarixi, boy merosi, rang-barang va yuksak madaniyati, urf-odat va an’analari bilan ajralib turgan. Bu xalkning buyuk siymolari milliy va jahon ilm-fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga salmokli hissa kushib kelganlar. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas hissa kushib kelgan. Asrlar mobaynida xalkimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari SHark falsafasi va Islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va, uz navbatida, falsafiy- axlokiy ta’limotlar ham xalkimiz daosidan baxra olib boyib bordi.». Ulug’ bobokalonlarimiz buyuk mutafakkir, algebra fanining asoschisi Al- Xorazmiy, ikkinchi muallim, SHark Aristoteli deb tan olingan Abu Nasr Forobiy, ulug’ xakim SHayx-ur rais Abu Ali ibn Sino, komusiy olim Abu Rayxon al- Beruniy, astronomiya fanining yetuk yulduzi Mirzo Ulug’bek, uzbek adabiy tilining asoschisi shoir Alisher Navoiy, benazir muhaddis Ismoil Buxoriy, tasavvuf ilmining buyuk allomalari Ahmad Yassaviy, Abduxolik G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Gazzoliy, Bahovuddin Nakshband, Mahmud Zamaxshariy va boshkalarning nomlari jahon xalklari tomonidan hanuzgacha hurmat bilan tilga olinib kelinmokda. Markaziy Osiyo mutafakkirlari yaratgan fan va madaniyatning barcha sohalariga taallukli nodir asarlar, kimmatli fikr-mulohazalar bugungi kunda ham jahon xalklari ma’naviyat dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat kilmokdaki bundan biz faxrlansak arziydi. Ota bobolarimizdan bizga koldirilgan boy ma’naviy merosni avaylab, uni zamonaviy ilm-fan yutuklari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, dunyokarashini milliy va umuminsoniy kadriyatlar asosida shakllantirib, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish mustakillik poydevorini mustahkamlashning asosiy garovidir. «Hech bir xalk, uz-uzini anglamasdan, milliy madaniyati, milliy kadriyatlarini avaylab-asrab saklamasdan turib boshka xalklarining kadriyatlariga hurmat-izzat bilan karay olmaydi». SHuning uchun milliy kadriyatlarning tiklanishi umuminsoniy kadriyatlar sari rivojlanishning yakkayu yagona yulidir. Mustakil Uzbekistonimizning kuch-kudrati xalkimizning umuminsoniy kadriyatlariga sodikligidadir. Milliy kadriyatlar umuminsoniy kadriyatlar bilan kancha kup uyg’unlashgan bulsa, ularning tarakkiy etishiga shu kadar keng imkoniyat ochiladi. Bu hayotiy hakikatdir. Milliy kadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz kayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda utkaziladigan islohotlar muvaffakiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash kobiliyatiga ega insongina istiklol va tarakkiyot yulini sharaf bilan uta biladi. SHunday
ekan, xalkimizning madaniy merosi, yuksak ma’naviy kadriyatlarini chukur va atroflicha urganib, ularni respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirib, ayniksa, yosh avlodni ma’naviy yetuk fidoyi kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Ajdodlarimiz boshlagan ulug’ ishlarni ochik kuz, sog’lom akl, davr sharoitlari va imkoniyatlari, ehtiyojlari asosida rivojlantirish, har kanday sharoitda ham milliy manfaatlar ustuvorligini sezish va ularni adolatli ravishda insonparvarlik, dustlik mezonlaridan chekinmay himoya eta bilish ham kerak. Bugun zamon, axlok, odob borasidagi milliy, umuminsoniy, diniy kadriyatlarga rioya etish, ota-ona, kuni-kushnilarni, karindosh-urug’larni, yoru- birodarlarni chin samimiyat asosida hurmat kilish, hamma vijdonli, insofli, halol, uz manfaati uchun mehnat kilsa ham davlat, millat, boshka shaxslarning ham manfaatini hurmat kilish, insonni ulug’lash, jamiyatda osoyishtalik va tinchlik, ahillik, totuvlik karor topishiga hissa kushish, millatning faxri bulgan olimu allomalarni hurmat kilish, faoliyati uchun yordamlashish, xayr-ehsonni dunyoviy ishlar uchun ham kilish, akli va jismoniy imkoniyatlarini har tomonlama kamol toptirish, milliy meros kadriyatlarini urganish, hurmat kilish, mazmunan boyitish, hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiyani milliy, umuminsoniy kadriyatlarga asoslanib amalga oshirishni talab etadi. Madaniyatning barcha turlari, urf–odat va an’analarning majmuasidan tashkil topgan milliy kadriyat jahon xalklarini bir-biriga yakinlashtiradi, ularning uzaro hamkorligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, har bir millat va elat katta-kichikligidan kat’i nazar, uziga xos milliy madaniyatga, ma’naviyatga ega. Kup asrlar mobaynida shakllanib, mazkur xalkning ruhiy boyligini, uning urf-odatlari, an’analarini mujassamlashtirgan ma’naviyat ayni vaktda umuminsoniy kadriyatlarning tarkibiy kismini tashkil etadi va shu tarika u jahondagi barcha xalklarning ma’naviy boyligi ham bulib hisoblanadi. Yuksak milliy madaniyat, ma’naviyat hamma vakt jahon xalklarini bir-biriga yakinlashtiruvchi vosita bulib kelgan. Yuksak ma’naviylik, - deydi I.A.Karimov, - tub va mukarrar uzgarishlarning, chinakam demokratiyani karor toptirish hamda bozor iktisodiyotiga ma’rifatli yul bilan kirib borishning asosidir. Istiklol tufayli madaniy - ma’naviy hayotimizda tub uzgarishlar yuz berdi. Eski mafkuradan xolos bulish natijasida uz mamlakatimiz, xalkimiz tarixini chukurrok bilish, asrlar mobaynida yaratib kelingan ma’naviy kadriyatlardan bahramand bulish, ona tilimiz guzalligini va ulug’vorligini tushunish imkoniyatiga ega buldik va bu milliy kayta tiklanish uchun asos bulib xizmat kiladi. Ma’naviy kamolotning yuksalib borishi hayotiy kadriyatlarni, ijtimoiy tarakkiyotning mazmuni va maksadlarini isloh kilish va yangilashning barcha jarayonlarini baholashga yangicha yondoshish imkonini berdi. Mamlakatimizda umummilliy, akliy va madaniy makon vujudga keltirilmokda. Kadim madaniyatimizni yaratilishida kuplab etnik guruhlar, el-elatlar uz ulushini kushgan. CHunki hech kachon, hech kaerda fakat bitta millatga mansub madaniyat bulmaydi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek: «Har kanday tsivilizatsiya kupdan-kup xalklar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir suz bilan aytganda, kuchmanchilar, boskinchilar kelib ketaveradilar, lekin xalk bokiy koladi, uning madaniyati abadiy yashaydi». SHark tsivilizatsiyasi va madaniyati doimo xalkni buyuk uzgarishlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan tayyorlashga mayok vazifasini utamokda. Uzbekiston aholisi, barcha fukarolarning bitmas-tuganmas, kupkirrali, boy ma’naviy va axlokiy ulug’vorligini butun dunyo kurib turibdi. Xalkimizning madaniyati, tili, tarixi, urf-odat va an’analari, boy me’morchilik san’ati jahon xalklarida zur kizikish uyg’otmokda. Milliy madaniyat ma’naviyatimizning mintakaviy va umuminsoniy kadriyatlar bilan yakinlashtirish, jahon xalklari bilan madaniy alokalarimizni mustahkamlash va yanada tarakkiy ettirish – xukumatimiz siyosatining muhim yunalishini tashkil etadi. Bu borada olib borilayotgan xatti - harakatlar uzining sermazmunligi va kupkirraligi bilan kuzga tashlanadi. Uzbekiston Respublikasi nufuzli xalkaro va mintakaviy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida katnashib, shular orkali jahon xalklariga milliy madaniyatimiz, ma’naviyatimizni tanishtirishga muyassar bulmokda. Madaniy rivojlanishda milliy ma’naviy boylikni boshka xalklar, mamlakatlar madaniyati yutuklaridan bahramand bulish, madaniy alokalarni kuchaytirish, milliy kobig’da uralib, umumiy xalkaro alokalar tizimidan chetda ajralib kolmaslik, milliy madaniyatning umumjahon madaniyat yutuklari bilan doimo boyib borishida nihoyatda katta rolь uynaydi. Har bir millat, har bir xalk uz hayot tarzini, kelajagini ajdodlarining tarixiy tajribasi asosiga kuradi, xech bir xalk begona koliplar, begona andozalar asosida erkin yashab, tarakkiy eta olmaydi. Har bir xonadonning uz tartib koidalari bulganidek, har bir yurt hayotini tashkil etishning ham uz andoza – ulchovlari, rasm-koidalari buladi. Ular usha yurtning tabiiy – jug’rofiy shart-sharoiti, tarixiy tajribasi, milliy fe’l-atvori bilan bog’lik tarzda shakllanadi. Mavhum bir shakldagi umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy ma’naviyat hayotda asli mavjud emas, jahon madaniyati turli ulka va mintakalarning uziga xos madaniyatlari majmuidan iborat. Kanday millat, kanday xalk bulmasin, bari bir uni
muayyan insonlar tashkil etadi. Insonlarning har biri uz kiyofasi, uz fe’l – atvori, fikr – andishalari, uz hayot yuli va orzu-niyatlariga ega. Ammo ularning barchasi Olloh yaratgan mahlukning bir toifasi – bani odamga mansub bulgani tufayli ularning barchasi uchun umumiy bulgan muayyan kadriyatlar majmui ham mavjuddir. Bu kadriyatlar har bir millat, har bir inson uchun aloxida ahamiyatga ega bulib, ularning kur – kurona inkor etilishi, tan olinmasligi butun bashariyat uchun halokatli ta’sir etishi mumkinligi tarix tajribasida kup marta isbotlangan. Albatta, bunday kadriyatlar barcha insonlar, barcha millatlar tomonidan birdaniga anglab yetilgan deb bulmaydi. Umuminsoniy kadriyatlar har bir millatning ma’naviy mulkiga aylanishi uchun asrlar, balki ming yillar kerak buldi. Hatto, bugun ham barcha insonlar, barcha elat va toifalar ularni tugal anglab yetgan, deyish kiyin. Milliy va
umuminsoniy kadriyatlarni uyg’unlashtirishda osoyishtalik, barkarorlik kabi ijtimoiy-siyosiy kadriyatlarning ahamiyati bekiyosdir. Mazkur fikr va mulohazalar «Ma’naviyat asoslari» fanining «Ma’naviyat, ma’rifat tushunchalari, ularning jamiyat tarakkiyotida tutgan urni», «Ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat va ma’naviy meros tushunchalari», «Milliy va umuminsoniy ma’naviyatning mushtarakligi». «Mustamlakachilik, karamlik sharoitida ma’naviyat va ma’rifatga munosabat va uning ijtimoiy okibatlari», «Mustakillik sharoitida milliy uz-uzini anglash, milliy g’urur va milliy iftixorni ustirishning ahamiyati», mavzulari uchun «Milliy kadriyatlar, ularning tiklanishi, mazmunan boyishi va komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati» mavzulari uchun manba bulib xizmat kila oladi. Kadriyatlar masalasiga bag’ishlangan mazkur kurc ihsi kelajakdagi izlanishlarimizda e’tiborga olishga harakat kilamiz.Zero, Nizomiy Ganjaviy xazratlari ta’kidlaganlaridek: «Kimki urganishni uyat, or demas. Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos»
Adabiyotlar ruyxati
1. Islom Karimov. Uzbekistonning uz istiklol va tarakkiyot yuli. Toshkent, Uzbekiston, 1992. 2. Islom Karimov. Biz kurish, yaratish yulidan boraveramiz. Toshkent, Uzbekiston, 1995. 3.Islom Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan kolsin. Toshkent, Uzbekiston, 1996. 4. Islom Karimov. Vatan sajdagoh kabi mukaddasdir. Toshkent, Uzbekiston, 1996. 5. Islom Karimov. Istiklol va ma’naviyat. Toshkent, Uzbekiston, 1994. 6. Islom Karimov. Uzbekiston: milliy istiklol, iktisod, siyosat, mafkura. Toshkent, Uzbekiston, 1996. 7. Islom Karimov. Uzbekiston iktisodiy islohotlarni chukurlashtirish yulida. Toshkent, Uzbekiston, 1995. 8. Islom Karimov. Uzbekiston mustakil tarakkiyot yulida. Toshkent, Uzbekiston, 1994. 9. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yuk. Toshkent, SHark, 1998. 10. Islom Karimov. Uzbekiston XXI asrga intilmokda. Toshkent, Uzbekiston, 1999. 11. At - Termiziy. Xadislar. SHark yulduzi. 1999, 9-son. 12. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1991. 13. Ahmedov B. Amir Temur va SHarkning uyg’onish davri. «Uzbekiston adabiyoti va san’ati» 1996, 9 may. 14. Jumaboev Y.J. Insonning hayot mazmuni va komil inson muammosi. Toshkent, 1997. 15. Zunnun SH. Donishmandlar odob-axlok tug’risida. Toshkent, «Ukituvchi», 1996. 16. Musurmonova O. Ma’naviy kadriyatlar – sog’lom avlodni tarbiyalash vositasi. Toshkent, 1995. 17. Musurmonova O. Ma’naviy kadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Toshkent, 1996. 18. Norboy Ortikov. Ma’naviyat: milliy va umuminsoniy kadriyatlar. Toshkent. «Uzbekiston», 1997. 19. Kaykovus. Kobusnoma. Toshkent, «Ukituvchi», 1986. 20. Oripov M.K. Poklik va komillik ramzi. Toshkent, «Yosh kuch», 1994, № 1.
21. Tulenov J. Kadriyatlar falsafasi. Toshkent, «Ukituvchi», 1998. 22. Tulenov J. G’ofurov Z. Mustakillik va milliy tiklanish. Toshkent, 1995. 23. Usmonov K., G’aniev D. Uzbekiston mustakil tarakkiyot yulida. Toshkent, «Uzbekiston», 1994. 24. Usmonov M. Donishmandlar odob-ahlok hakida. Toshkent, «Fan», 1996. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling