Vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni sаqlаsh vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


Jarohatga Bog’liq Bo’lmagan Holda Shokning O’ziga Hos Kechishi


Download 230.77 Kb.
bet2/2
Sana18.09.2020
Hajmi230.77 Kb.
#130314
1   2
Bog'liq
NEW №3. Travmatik shok


Jarohatga Bog’liq Bo’lmagan Holda Shokning O’ziga Hos Kechishi

Tananing pastki yarimi jarohatlarida birinchi soatlarida, agarda tezkor rivojlanganda shokning yetakchi patogenetik omili bo’lib qon yo’qotish hisoblanadi, keyinchalik barcha o’sib boruvchi jarayonlarda toksemiya ro’l o’ynaydi.

Ko’krak qafasi jarohatlarida (qon yo’qotishdan tashqari) gaz almashinuvi va yurakning nasos funksiyasi, reseptor polyaning keng tasirlanishi keng ahamiyatga ega.

Ko’pchilik hollarda bosh-miya jarohatlarida shokni tashxislash qiyinchilik tug’diradi. Jarohatlanganlarni ahvolini og’irligi, asoratlarni soni va o’lim bilan tugashi hammasian ko’ra og’ir shikastlanish ekanligini ko’rsatadi. Bazida bunday holat ko’krak qafasi jarohatlarida ham bo’lishi mumkin.



Ko’krak qafasi va tananing yuqori qismini jarohatlarida arterial bosimni bosimni ko’tarilishi va bemorni o’zini havotirli tutishi bosh miya gopokdiyasidan dalolat beradi, bu holat shifokorni tinchlantirmasligi kerak, balki ziyraklikka chaqirishi shart!

Hatto og’ir qo’shma jarohatlarda shikast olganlarning 40% birlamchi ko’rik vaqtida meyordagi arterial bosimga ega bo’ladilar. Shunday qilib, agar ifodalangan gipotenziya bo’lsa bu gemodinamikani og’ir buzilishidan guvohlik beradi, unday bo’lsa meyordagi arterial bosim yoki uni ko’tarilishi qon aylanish tizimida tinchlik-hotirjamlik illyuziyasini ko’rsatuvchi vaqtinchalik effekt bo’lishi mumkin, o’sha vaqtda a’zolarda va to’qimalarda gipoksiya rivojlanib boraveradi.


Shokni keksalarda kechishini o’ziga hos hususiyatlari

Keksa odamlarda shokning u yoki bu og’irlikda vjudga kelishi , zararlovchi omildan tashqari, jarohat harakteri yoki joyi, jarohatdan oldingi paydo bo’lgan ichki a’zolar va markaziy nerv sistemasidagi fenksional o’zgarishlar ahamiyatga ega. Keksa pdamlarda ko’pincha jarohatdan oldin surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi va umumiy aylanayotgan qonni kamayishi kuzatiladI; yoshlarga nisbatan shok UAQ kam miqdorda o’zgarishi bilan vjudga keladi.

Normal yoki biroz oshgan arterial bosim darajasi qari odamlarda, ayniqsa jarohatdan so’ng, umumiy ahvolini baholashda aldanib qolishga sabab bo’ladi. Bunday bemor shok oldi yoki shokning latent holatida bo’lishi mumkin. Keksa odamlarda har doim arterial bosimni oshib yurishi barcha a’zolar va sistemalarni uzoq yillar davomida qon aylanish tizimini o’zgacha faoliyat ko’rsatishiga olib keladi. Tabiy ravishda, bunday sharoitda bosimni keskin tushishi noqulay bo’lishi mumkin.Amaliyotda kuztilishicha keksa odamlarda jarohatlar vaqtida anutiya tez-tez kuzatiladi.Qarilarda koptokchalar filtrasiyasi va kanalchalarning qayta so’rib olish qobiliyati keskin tushib ketadi. Boshlang’ich yuqori bosimdan arterial bosimni 70-60 mm sim.ust. tushishi uni kritik ahvolda ekanligiga asos bo’la oladi. Undan tashqari, qari odamlarda jarohatdan oldingi arterial bosimni har doim ham aniqlab bo’lmaydi.

Qari bemorlarda normal yoki biroz tushgan bosimda (100—120 mmsim. ust.) shokga gumon qilib, uni oldini olish va davolash choralari ko’rilsa to’g’ri bo’ladi.

Qari odamlarda ko’proq yoshlarga nisbatan suyaklar sinishida, travmatik shok yog’li emboliya bilan kechishi mumkin. Qon yo’qotishdan keyingi shok holati, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyin qariyalarda miya tomirlari trombozi ham ko’p uchraydi.

Qari odamlarda jarohat olganda, yengil jarohat bo’lsa ham ahvolini baholashda extiyotkorlik talab etadi, chunki bu shokning og’ir darajasiga kelishi mumkin. Shokning rivojlanishi nuqtai nazaridan har bir olingan jarohatni havfli deb hisoblamoq kerak. Faqatgina profilaktik choralar ko’rilganda va sinchkovlik bilan nazorat qilindagina og’ir refrakter shokdan habardor bo’lish va oldini olish mumkin. Letal holat yoshi kattalarda va qariyalarda boshqa guruh yoshidagilarga solishtirilganda sezilarli darajada yuqori. Bu ayniqsa qo’shma jarohatlarda, ko’plab kuyishlarda va bosh-miya jarohatlarida ravshan ko’rinadi.



Shokning bolalarda o’ziga hos kechishi

Bolalarda shokning paydo bo’lishi o’ziga hos hususiyatlaridan bu organizmning nospesifik reaksiyasi va tinch kechish surati. Erta yoshdagi bolalrda travmatik shokning eng harakterli chizig’I bo’lib, arterial bosimni uzoq muddat normal ushlanit turilishi hisoblanadi, hatto og’ir jarohatlardan so’ng. Bolalar yoshida travmatik shok uchun quyidagilr hos: tegishli terapiya bo’lmaganda uzoq va mustahkam markaziy qon aylanishi to’satdan gemodinamika dekompensaciyaga almashadi, bolalarda kattalarga nisbatan korreksiyaga berilishi qiyinroq.

Bola qanchalik kichik bo’lsa, shokni yomon yomon prognozi bo’lib giotenziya hisoblanadi.

Simpatik-adrenal tizimini jarohatga ifodalangan ta’siri yana bir yoshga nisbatan bolalarda shokning o’ziga hos kechishini ko’rsatadi: birinchi navbatda ko’pincha nafas yetishmovchiligi turadi.Bundan tashqari, katta yoshdagilarga nisbatan kichik yoshda UAQ miqdorini kamayishi kichik qon aylanishini tez buzilishiga olib keladi. Travmatik shokda bu buzilish vazokonstriksiya hisobiga yanada chuqurlashadi. Ohir oqibat o’pka perfuziyasini buzilishi erta nafas yetishmovchiligiga olib keldi. Bolalarda qon aylanishi markaziylashish fonida yurakdan otilib chiqishni kamayishi. Yurakdan otilib chiqishni kamayishini sabablaridan biri miokard ishining “kuchini” pasayishi hisoblanadi.



Homilador ayollarda shokni o’ziga hos kechishi

Homiladorlarga jarohat olganda zamonaviy tibbiy yordam ko’rsatish, nafaqat bo’lajak ona hayotiga, balki homilani taqdiriga ham bog’liq. Jarohat olgan homiladorga shifokor yordam ko’rsatish vaqtida ikkita bemor bilan ish tutadi, ularni jarohatga sezgirligi va har hil bo’ladi. Jarohat tasiridagi stress oqibatida ayol organizmi o’z gemostazini homila gemostazi hisobiga ushlab turadi. Buning oqibatida onada shok va gipoksiya rivojlanishi sababli bachadon-plasentar qon aylanishi pasayadi, bu bolaga yomon ta’sir ko’rsatadi.

Jarohatdan so’ng onada gipotenziya va gipoksiyaga qaratilgan shokka qarshi chora tadbirlar, homilada qaytmas o’zgarishlar boshlanmasidan avvalroq boshlanishi lozim. Homiladorlarga jarohatdan so’ng shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish boshqa og'ir jarohat olganlarga yordam ko’rsatishda unchalik farq qilmaydi.

Homiladorlikda UAQ miqdori homiladan oldingi hajmiga nisbatan ikkinchi yarimida 30% ga oshadi va tug’ruqgacha asta sekinlik bilan oshib boradi. Shu munosabat bilan shokka qarshi davo vaqtida “hisoblangan” hajmdan suyuqlik miqdorini (qonni) eng kamida 25% ko’proq quyish lozim. Yosh ayolda homiladorlik vaqtida ko’pinch qon yo’qotish katta hajmga yetmagunicha, qon yo’qotishni klinik belgilari aniqlanmaydi, bunday holatda qandaydir davolash chora tadbirlarini olib borish kech bo’ladi.Homilador ayol UAQ 30-35% ni yo’qotgunicha, taxikardiya, gipotenziya, oqarish va kuchsiz tomir urishi paydo bo’lmasligi mumkin, bu esa shokni rivojlanayoganligidan va u dekompensiciya bosqichida ekanligidan dalolat beradi. Homiladorlikda bachadoplasentar qon aylanishiga to’g’ri keluvchi yurakning 15-20% minutlik hajm ulushi, shok vaqtida ayol organizmini hayotiy funksiyalarini qo’llab quvvatlashga zudlik bilan yo’naltiriladi.Shok vaqtida qonda adrenalin miqdori keskin oshib ketadi va qon oqimi bachadondan yurakga va miyaga yo’naltiriladi. Natijada hosil bo’lgan gipotenziyaga qarshi quyilgan suyuqliklar (qon) nafaqat ayolni, balki homilani ahvolini yahshilaydi, o’sha vaqtda qon tomir toraytiruvchi va gipotenziyaga qarshi preparatlarni birgalikda qo’llanilishi bachadon-plasentar qon aylanishini kamayishini kuchaytirib yuboradi, bu holat homilani o’limiga olib keladi, agrda medikamentoz davo to’g’ri tanlanganda buning oldini olish mumkin bo’lar edi.

Tahminan 10% ayollarda homiladorlikning ikkinchi yarimida beliga yotgan holatida gipotenziya vjudga keladi. Bu bachadonni kovak vena bosilishi bilan yuzaga keladi. Agarda ayolni bunday holatda bir necha daqiqaga qoldirilsa, yurakning minutlik hajmi kamayadi va gipotenziya vujudga kelishi mumkin. Gipotenziyani klinik ko’rinishi hamma homilador ayollarda kuzatilmasligi mumkin, garchi katta va kichik darajada kovak vena bosilishi ularning hammasida kuzatilsa ham.Bu bosilish faqatgina jarohat vaqtida homiladorni ahvolini yomonlashuviga olib kelishi mumkin.

Baxtsiz hodisalar vaqtida, homiladorlarni yon boshga yotqizilgan holatida transportirovka qilish lozim!

Hatto jarrohlik amaliyoti vaqtida ham bachadon kovak venasini bosmasligi uchun o’ng son va o’ng yonbosh yarimiga, yonbosh suyagini qanoti sohasiga hanjarsimon valik qo’yiladi. Barcha tibbiy hodimlar ayolni yonbosh holatida joylashib yotishi va uni kuzatib turish kerakligi to’g’risida habardor bo’lishi lozim.



Shokda Davolash Chora Tadbirlari

Shok bemor hayoti uchun sezilarli haf tug’diradi, ashuning uchun uni oldini olish va davolash iloji boricha erta boshlanishi kerak. “Shok” tashxisi qo’yilishidan oldin, jarohat xarakteriga qagab tibbiyot hodimi shoshilich ravishda shok oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar harakatini boshlashi lozim. Bunda “shokli jarohat” (shokga olib kelish ehtimoli bo’lgan jarohat) degan tushunchaga qarab mo’ljal olish kerak. Masalan, bunday jarohatlarga kiradi, o’q tekgan jarohat; sonni, chanoqni ochiq va yopiq jarohatlari; ko’plab yoki qo’shma jarohatlar; ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’iga kirib boruvchi jarohatlar; davom etuvchi qon yo’qotish, ko’p darajada qon yo’qotish; katta kuyishlar.

Shokogen jarohatda aktiv shokga qarshi terapiya, birinchi soatlarda shokning klinik ko’rinishi paydo bo’lmaganda ham boshlanishi lozim.

Shikast olganlarga yordam ko’rsatish vaqtida, hoyotga haf soluvchi, shuningdek ichki punktlar va evakuasion-transport tadbirlarini saralashda bir necha prinsiplarga qarash kerak.



  1. Shokka qarshi chora tadbirlar iloji boricha tezroq boshlash lozim va maksimal hajmda qilinishi lozim.

  2. Shikastlanganlarni transportirovka qilish, uni joylashtirish ham, shokni chuqurlashishiga olib keladi, shuning uchun maksimal ayash orqali qilinishi shart.

  3. Jarohatlanganlarni hayotiga haf soluvchi barcha asoratlani cheklachga qaratilgan amaliyotlar va manipulyasiyalar uni ahvolini stabillashuvigacha to’htatib turilishi lozim.


Birinchi tibbiy yordam

Birinchi tibbiy yordamni asosiy vazifasi – jarohatlivchi agentni tasirini to’htatish va iloji boricha hayotga haf soluvchi jarohat asoratlarini to’htatish, davom etuvchi qon yo’qotishni, mehanik asfiksiyani va boshqalar. Bu bosqichda tashxis qo’yilmaydi, yordam ko’rsatish vaqtida “shokogen jarohat” deb harakat qilish kerak, shuningdek sezilarli nafas qisishi va hushning yo’qligiga qaraladi. Bunday holatda shokka qarshi standart kompleks tadbirlarni qatiyan ketma ketlikda ko’rish lozim.



Jarohatlovchi omilni tasirini to’htatib (o’tni o’chirish, harobalardan bo’shatib olish va bosh.), yurak va nafas faoliyati saqlangan holatida, hammasidan avval, mehanik asfiksiyani to’hatatish (agar mavjud bo’lsa) og’iz bo’shlig’ini tozalash yo’li bilan, shuningdek tashqi qon ketishini aniqlash va uni vaqtinchalik to’htatib turish lozim. Keyin og’riq qoldirish maqsadida narkotik analgetikni shpris-tyubikdan qilish.U yo’q bo’lsa shikastlanganga per os 50—80 ml etil spirit berish mumkin (agarga qorin bo’shlig’ida jarohat belgilari bo’lamasa).

Agarda mehanik jarohatlar, keng kuyishlar bo’lmasa qo’l bola buyumlar bilan transport immobilizasiyasi qilinadi. Madomiki ichki infuziyani boshlashga sharoit bo’lmasa, agarda qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa (qorin jarohati), agar hushi saqlangan bo’lsa, shikastlanganga ishqoriy oziqlanish berish lozim.

Hushini yo’qotib shikastlanganlarga alohida ahamiyat berish kerak: asfiksiyani oldini olish maqsadida ularni boshi yonga qaratilishi kerak (og’izdagi massani aspiraciyasini oldini olish uchun), tilni fiksaciya qilish (til ketib qolmasligi uchun).
Shifokorgacha bo’lgan yordam

Shifokorgacha bo’lgan yardamni asosiy fazifasi shifokorgach bo’lgan etapdagilarni tranportirovka vaqtida haf omillarini kamaytirishga qaratilgan kompleks tadbirlardan iborat. Jarohat tashxi qo’ymasdan turib tibbiyot ishchisi hayotiy kerak bo’lgan a’zolar funksiyasini ushlab turishi (hammasidan avval – yurak faoliyati va tashqi nafasni), shokka qarshi davo choralarini qilishga kuchini tashashi lozim.Bunda arterial bosim darajasiga, yurak qisqarish chastotasiga, nafas yetishmovchilik simptomlari va hushinig darajasiga ahamiyat berishi kerak. Birinchi vazifasi mehanik asfiksiyani bartaraf etish (agar u mavjud bo’lsa).Hush yo’qotishda nafas trubkasi kiritish kerak tilni ketib qolishini oldini olish uchun. Yurak va o’pka faoliyatini ushlab turish uchun qon tomir toraytiruvchi, kardiotonik vositalar (arterial bosimni kritik darajasidan tushib ketganda), nafas analeptiklari (tashqi nafas funksiyasini pasayishida) qilinadi. Tashqi qon yo’qotishni to’htaganligini nazorat qilish, yetarlicha og’riq qolmaganda narkotik analgetiklar yuborish.Transport immobilizaciyasi, agarda u noeffektiv bajarilgan bo’lsa, standart transport shinalari yoradamida to’liq amalga oshiriladi. Jarohatlangan joyni harakati saqlanib qolishi og’riq sindromini kushayishiga olib keladi, jarohatlangan joydan qon ketishi ham, bu holat shokni chaqirishi yoli chuqurlashtirishi mumkin.Jarohatlangan joylarni fiksaciya qilishdan tashqari, immobilizaciyadan maqsad jarohatlanganlarni ohista evakuasiya qilishdir.

Erta UAQ to’ldirishni kerakligini hisobga olgan holda, shifokorgacha bo’lgan yordamda shokka qarshi tadbirlarga kristaloid suyuqliklarni vena ichiga qilish kiradi.
Birinchi shifokor yordami

Birinchi shifokor yordamini ko’rsatishda oldinga qo’yilgan vazifalardan biri bu tahminiy tashxis qo’yish, ichki punkt va evakatortransport saralash. Asosiy vazifada jarohatlanganlarni evakuasiya qilish bo’lsa,shuningdek davolash doirasini, uning ketma ketligini aniqlab olish lozim.

O’tkir nafas yetishmovchiligi alomatlarini (sezilarli nafas siqishi, sianoz) detalsiz ko’rishda aniqlanadi, bu shu guruhning transportirovka qilish mumkin emasligi va tashqi nafas faoliyati tiklangunga qadar ularni ushlab turish kerak.

Agarda shikastlanganlar shokning kompensaciya bosqichida bo’lsa nafas yetishmovchligi sezilarli bo’lmasa, ularni sanitar transportda shokka qarshi davo qilib olib ketish mumkin.

Sekin evakuasiyaga loyiq deb, komatoz yoki komatoz oldi holatida bo’lgan dekompensaciyalangan shok alomatlari bo’lmaganlar kiradi.

Qaytuvchi dekompensacion shok bilan jarohatlanganlarni transportirovka qilish o’z o’zidan hafli hisoblanadi, shunig ushun cheklanish qilinadi (masalan, davom etuvchi ichki qon yo’qotish, qon to’htatilmasa shokka qarshi terapiya effekt bermaydi).Qolgan vaziyatlarda birinchi shifokor yordami shokni kompensaciyalangan fazasiga o’tkazish (shu maqsadda shikastlanganlat bog’lov xonasiga yuboriladi) va keyinchalik evakuasiya.

Ommaviy tushishlarda jarohatlangalar guruhiga to’gri tashxislash ahamiyatlidur. Shokning dekompensaciyalangan bosqichidagi, birgina jarohatlanganni bir necha soat davolash, boshqa bir necha bemorlarga yordam ko’rsata olmaslikka yoki qisman yordam ko’rsata ololmaslikka olib keladi, bu esa boshqa bir necha bemorlarni saqlab qolish mumkin bo’lardi.

Agarda ommaviy tushishlarda jarohatlanganlarga, qaytuvchi dekompensaciyalangan shok bilan shokka qarshi davo 2-4 s davomida klinik effect bermasa, u to’htalishi kerak va bemorga shu bosqichda simptomatik davo o’tkazish kerak. Vaholanki qiliniyatgan shokka qarshi muolaja boshqalarga ko’rsatilayotgan yordamdan kichik bo’lsa, so’zsiz u davom ettirilishi kerak.

Qaytmas dekompensaciyalangan shok bilan shikastlanganlarga faqatgina simptomatik davo qilinadi, bu anlgetiklarni qilishdan iborat.

Birinchi tibbiy yordamni asosiy qismi bog’lov xonasida o’tkaziladi. Tashqi qon ketishni vaqtinchalik to’htatish bajariladi. Bunda qo’yilga jgutlar reviziyasi bajariladi, birinchidan jgutning uzoq muddat turishi qo’l va oyoqlarda qaytmas ishemiyaga olib keladi, ikkinchidan birlamchi tibbiy yordam va shifokorgacha bo’lgan yordamda jgut asossiz qo’yiladi.

UAQ tushishi yetakchi omil bo’ladi, u shokning og’irlik darajasini va natijasinianiqlaydi, buni hisogba olgan holda, birinchi navbatda shok bilan jarohatlanganlarga kompleks davolashda infusion-transfuzion terapiya o’tkaziladi. Infuziya o’tkazish uchun markaziy yoki (tehnik bajarib bo’lmagan holda) periferik venani katetirizasiya qilgan lozim. Infusion terapiyani katta diametrli katetrlarda o’tkazgan maqul, chunki o’tkir davrda quyilish tezligi yuqori bo’lishi kerek (birinchi porsiyani (500 ml) struyna quyish tavsiya etiladi, keyionchalik sistolik arterial bosimni 80-90 mm sim. ust. Kotalirgunga qadar infuziya tezligi 100ml/min tezlikda quyish, faqatgina keyin biriz sekin quyish mumkin). Biroq markaziy venaga katetr qoyish biroz vaqt va amaliy ko’nikmalarni talab etadi. Agarda shifokor yahshi tehnikaga ega bo’lmasa yoki qandaydiy qiyinchilik bilan duch kelsa, infusion terapiyani tezkor boshlash maqsadida venopunksiya lozim ko’rish kerak. Tuzli suyuqliklardan tashqari, tomir tizimiga qon o’rnin bosuvchilar, garmonlar, alohida hollarda esa - qon quyiladi. Zamonaviy transfuziologiya uchun gemotransfuzilogiyani ilmiy tasdiqlab cheklagan lozim. UAQ korreksiya qilish maqsadida, kristalloid va kalloid suyuqliklarni, shuningdek zamonaviy medisina zahirasida ko’p miqdorda bo’lgan qon komponentlatini qo’llaniladi. Bunda maqsad UAQ to’ldirishdan iborat emas, balki suv va elektrolit balansini buzilishi korreksiyasi va generazilangan degidrotatsiya bilan kurashishga qaratilgan. Dekompensaciya sharoitida odatiy holda qondagi kislota-ishqoriy holatni (pH va ishqoriy zahirani) nazorat qilish lozim, bunda kutilayotgan metobolik asidoz o’rniga shok vaqtida metobolik alkaloz uchraydi, ayniqsa bu holat jarohatdan song 8 s so’ng kuzatiladi. Bunda alkaloz UAQ defisiti to’ldirilishiga nisbatab tezroq kuzatiladi.

Ishqoriy suyuqliklarni (natriy bikorbanati) nazoratsiz meyorsiz quyish bemor holatini og’irlashshiga olib keladi!

Bikorbanat natriyni qonda pH 7,2 dan kam bo’lgan holatda qo’llaniladi, biroq bu tomir toraytiruvchi vositalarni effektini kamaytidi. Bikorbanat natriyni notasdiqiy buyurilishi to’qimalarga kislorodni kelishini kamaytiradi va markaziy nerv tizimida asidozni kuchaytiradi.

Asidozga qarshi kurashda mikriserkulaciyani yahshilash maqsadida reoterpiya qo’llaniladi, metobolizmni kislotali mahsulotlarini chiqarish va o’pkani yordamchi ventilyasiyasi uchun mannitol ifuziyasi qilinadi.

Nafas yetishmovchiligini kompensaciyalash maqsadida asfiksiya bo’lganda krikotirotomiya qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Birinchi tibbiy yordamni odadiy majmuasida shikastlanganlarga narkoz bilan SOV o’tkazish imkoniyati yo’q. Biroq ohirgi vaqtlarda favchulotdagi holatlarda mediko-sanitar asoratlani yo’qtildiva yordam ko’rsatish kengaytirildi. Bunday holatlarda birinchi tibbiy yordan oliy toifali anesteziologalr brigadasi bilab birga ko’riladi, bu ba’zi holatlarda davolovchi narkozni ham qo’llash imkonini beradi.

Ko’rsatmalr bo’yicha tashqi nafas funksiyasini yahshilash ucnun oldin qo’yilga bog’lamlarni bo’shatish va plevral bo’shlidan havoni chiqishini oldini olish kerak.

Narkotik preparatlarni yuborish (ularni birinchi yordam va shifokorgacha bo’lgan yordam vaqtida yuborilgan bo’lsa) minimal holatda bo’lishi lozim. Asosiy og’riq qoldiruvchi sifatida har hil novokain blokadalari (jarohatlangan joyilarga, mahalliy) qo’llaniladi. Shuni unutmaslik kerakki jarohat olgan vaqtdan boshlab birinchi shifokor yordamigachon bir necha soatlar o’tishi mumkin. Shu vaqt mushak ishiga yoki teri ostiga yuborilgan preparatlar suyuqlikni qon oqimidan chiqshini buziladi va preparatlar tasir qilmaydi.

Birinchi tibbiy yordamdan boshlab va keyinchalik barcha shok bilan jarohatlanganlarga dori vositalari faqatgina qon tomir ichiga yuboriladi.



Shokogen fakrorlarni oldini olish maqsadida, qo’l va oyoqlarda noto’liq uzulishlar bolsa, teri va mushaklar kesish orqali amputasiya qilinadi.

Transport immobilizasiyasi (agarda oldin bajarilgan immobilzasiya yetarli bo’lmasa, yoki birinchi tibbiy yordan vaqtida ularni yechit turilgan bo’lsa) standart transport shinalari bilan o’tkaziladi.

Gormonaterapiya. Glukokortikoidlarni katta dozada (gidrokartizon – 500-1000 mg) yuborish, ayniqsa davolashni birinchi daqiqalarida yurakka inotrop tasir ko’rsatadi, buyrak qon tomirlarini spazmini va kapillyarlarni o’tkazuvchaligini; qo elementlarini adgeziya hususiyatini bartaraf qiladi; ichki va tashqi to’qima suyuqlik bo’shlig;ini osmolyaligini pasaytiradi.
Mashg’ulot jarayonida qo'llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

"Kuchsiz bo’g’in"

Ish uchun zarur:

  • Mavzu bo’yicha savollar to’plami: "Travmatik shok, uzoq bosilish sindromi"

  • Bir varaq qog’oz va o’yinlar protokolini kiritish uchun guruhlar ro’yhati.

  • Ishlar qadami:

  • Uyinni pedagog va uning talabalar orasidan yordamchi hisobchisi.

  • Hisobchi varaqqa sanani, guruh raqamini,fakultet, amaliy o’yin nomini va guruh talabalar ro’yhatini yozadi.

  • Uqituvchi talabaga navbatma-navbat savollar beradi.

  • Talaba 5 daqiqa ichida javob berishi kerak.

  • Uqituvchi "to’g’ri" yoki "noto’g’ri" deb javoblarni og’zaki baholaydi, agar noto’g’ri bo’lsa o’zi tug’ri javob beradi.

  • Hisobchi talaba familiyasi tug’risiga "+" yoki "-" belgisini javob tug’riligiga qarab qo’yadi.

  • Shu tarzda talabalar 2 tip savollardan o’tadi.

  • 2 chi tip savollardan keyin o’yin to’xtatiladi va 2 ta minus olgan talabalar kuchsiz zveno o’yinidan chiqadi.

  • O’yin qolgan talabalar bilan yangi doirada davom etadi. Yana yangi bir tur savollar taqdim etiladi va yana talabalar saralanadi.

  • TURdan-turga o’tib o’yin qatnashchilarining eng kuchlilari saralanadi,

  • yani savollarga eng ko’p javob bergan talabalar.

  • Oq’ituvchi varaqda har bir familiya tug’risiga kim va qaysi tur da

  • "kuchsiz zveno" bo’lganini ro’yhatga oladi.

  • O’yin maksimal 0,8 ball bilan baholanadi. Birinchi 2 turda chiqib ketgan talabalar "0" ball bilan baholanadi, 3 chi turdan keyingalar - "0,2" ball, 4chi turdan keyin - "0,4" ball, 5 chi turdan keyin "0,6" ball, eng kuchli ishtirokchi "0,8" ball oladi.

  • Protokolga qo’yilgan ballar mashg’ulot kundalik bahosini qo’yishda hisobga olinadi va nazariy qism bahosi deb hisoblanadi.

  • Jurnalning pastki ochik, qismigi o’qituvchi o’tkazilgan amaliy o’yin haqida yozadi va guruh, sardori buni tasdiqdab imzo qo’yadi.

  • O’yin protokoli saqlanadi.


Mavzuga oid asosiy savollar:

  1. Yaradorlar evakuaciyasi uchun muljallangan tibbiy punkt va davolash

  2. muassasalari (jang maydoni turli oralikdarida joylashgan) nima deb

  3. ataladi?

  4. Tibbiy evakuaciya bosqichlari.

  5. Qanday hajmli tibbiy yordam nokulay jang va tibbiy sharoitda yarokdi. Tibbiy yordamning kiskargan turi.

  6. Yaradorlarni tibbiy saralash yaradorlarni etapli davosi kerakli sistemali element.

  7. Yaradorlarni tibbiy saralash - bu...

  8. Yaradorlarni guruhlarga ajratish, 1hil davo zarurlarga - evakuacion chora-tadbir.

  9. Tibbiy sarash mohiyati...


3.2. Tahliliy qism

Mavzuga oid test savollar:
1. Shok indeksi – bu:

  1. puls chastotasini markaziy venoz bosimga aloqasi;

  2. sistolik arterial bosimni puls chastotasiga aloqasi;

  3. puls chastotasini sistolik arterial bosimga aloqasi;

  4. sistolik arterial bisimni diostalikga aloqasi;

  5. sistolik arterial bosimni markaziy vena bosimiga aloqasi.

2. Kattalarda respirator distress-sindrom asosida nima yotadi?

  1. taranglashgan pnevmatoraks;

  2. asfiksiya;

  3. o’pkaning interstisial shishi;

  4. o’pka jarohati.


3.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi billari shokka qarshi birinchi tibbiy yordam tadbirlari bajarilishi kerak?

  1. infusion terapiya;

  2. transport immobilizasiyasi;

  3. qorin ichi qon ketishini to’htatish;

  4. novokain blokadalari.


4. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish vaqtida dekompensaciyalangan qaytuvchi shok bilan bo’lishlari kerak:

  1. shokdan chiqarish ba keying evakuasiya uchun ushlab turilishi;

  2. shokni kompensaciya fazasiga o’tkazish va keying evakusiya uchun ushlab turish;

  3. zudlik bilan sho’kka qarshi tadbirlarni yo’lda boshlab evakuasiya qilish;

  4. simptomatik terapiya uchun ushlab turish.


5. Asistoliya vaqtida yurak qisqarishlarin chaqirish mumkin:

  1. adrenalinni yurak ichiga yuborish;

  2. adrenalinni umrov osti venasiga yuborish;

  3. musht bilan to’sh sohasiga urish;

  4. defibrilyasiya ( 3500 В kuchlanish);

  5. defibrilyasiya ( 6000 В kuchlanish).


6. Hushsiz yotgan bemorga asfiksiyani oldini olish uchun birinchi tibbiy yordam uchun zarur:

  1. shikastlanganni boshini orqaga tashsash;

  2. boshini yonga burish;

  3. shikastlanganni yarim o’tirgan holatiga keltirish;

  4. tilni og’iz bo’shlig’idan chiqarish va viksasiya qilish;

  5. og’iz ochilib ketmasligi uchun pastki jag’ni bog’lab qo’yish.

O’zini kontrol qilish savollariga javoblar: 1 – c; 2 – c; 3 – a,b,d; 4 – b; 5 – a,c; 6 – b.

4. Analitik qism

4.1. Grafikli organayzer: Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo'yicha yangi o'zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.

O'rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashni ta'minlaydi. Tizimli fikrlash, ma'lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko'nikmalarini rivojlantiradi.




    1. Vaziyatli masala:

(talaba uchun)

Jang maydonida yarador topilgan. U kuchli hayajonda, nafasi olishi qiyinlashgan, teri qoplamlari oqimtir, ko’rinadigan shilliq qavatlari ko’kimtir rangda, pulsi kuchsiz.

Obyektiv: o’ng sonda 1x2.5 sm o’lchamdagi yara topilgan va uning chiqish teshigi ichki yuzada joylashgan bo’lib, o’lchami nisbata katta.


Vaziyatli masalaga qo’shimcha ma'lumot

(talaba uchun)



Shifokorgacha ko’rik xonasi natijalari

1

TMI

25

2

Qorin aylanasi

63

2

Tana temperaturasi

36,5

4

AQB

94/60 mm.sim.ust

5

puls

91 zarba min.

Umumklinik tekshiruv natijalari

1

Umumiy qon analizi

  • Gemoglobin–133 g/l;

  • Eritrositlar– 4-5х10*12/l;

2

Umumiy siydik analizi

  • miqdori150 ml;

  • rangisariq ;

  • siydikning nisbiy zichligi 1035

  • tiniqligi– tiniq;

  • muhiti– kislotali;

  • oqsilabs;

  • o’t pigmentlaribilirubin;

  • Epiteliy1-3 ko’ruv maydonida;

  • Leykositlar 1-2 ko’ruv maydonida.





(O'qituvchilar uchun)

Bosqich

Talaba bajarishi zarur bo’lgan faoliyatlar majmuasi

1

UASH xonasida bemor qabo’li (noverbal va verbal shaxslaro munosabatli ko’nikmalarni qo’llash). Shikoyatlarni e'tiborli yig’ish (Asosiy: o’ng sondagi og’rik, nafas olishning qiyinligi, qon ketishiga).

2

Hozirgi kasallik tarihini e'tiborli holatda yigish, boshlanishi va kechishini baholash: Yukorida kursatilgan shikoyatlarni jang maydonida olgan jarohati bilan bog’laydi.

3

Bemorning hayotiy tarixini aniqlashtirish.

4

Ta'sir qiluvchi faktorlarni aniqlash (boshqarib bo’lmaydigan: jang, boshqarib bo’la oladigan: -. Bemor muammosini aniklash: asosiy –o’ng son jarohati

5

Ob'ektiv tekshirish o’tkazish (talaba bemor holatiga mos sindromlarni ketma-ket ravishda va moslagan holatda behato bajarish kerak)

6

Dastlabki tashhis – O’ng son o’qotar jarohati.I-II darajadagi shok. (kategoriya 2)

7

Tekshirish rejasi (talaba bemorni tekshirish rejasini tuzish kerak):

  • Nafas harakati chastotasini aniqlash (kategoriya 3.1),

  • Q/B ulchash (kategoriya 3.1)

  • Umumiy qon, siydik tahlili (kategoriya 3.1)

  • O’ng son rentgenogrammasi (kategoriya 3.2)

8

Talaba o’tkazilayotgan tekshirishlarni asoslab va tushuntirib berish kerak.

9

Zarur bo’lgan tekshirishlarni KVP sharoitida mustakil bajarish:

  • Nafas harakati chastotasini aniqlash

  • Q/B,pulsni o’lchash

  • Umumiy qon tahlili

  • Umumiy siydik tahlili (talaba bajarilgan amaliy ko’nikmalarni barcha bosqichlarini muhokama qilishi olingan ma'lumotlarni interpretaciya qila olishi zarur).

10

Barcha tekshiruvlardan so’ng talaba ob'ektiv va labarator-instrumental natijalarni interpretaciya qila olishi zarur (talabadan olingan ma'lumotlar uchun sifatli tahlil va hulosa talab etiladi)

11

Boshqa turdagi shok bilan qiyosiy taqqoslash(bemorni asosli holatda ihtisoslashgan mutahassis konsultaciyasiga yuborish)

12

Yakuniy tashhis - O’ng son o’qotar jarohati.I-II darajadagi shok. (kategoriya 2). (talaba kuyilgan yakuniy tashhisni tahlil qila olishi zarur)

13

Bemorni UASH huzuriga stacionar da’vo eki konsultaciya uchun qaytishi: bemor holatini qayta baholash (mutahassis hulosasi eki chiqaruv hotimasiga asoslanib, yakuniy tashhisni rasmiylashtirish, kasallikni kechishi va aktivlik darajasi hisobga olish)

14

Bemorga qanday holatda profilaktika zarurligini aniqlash (D-IIIB). Bemorga profilaktika haqida ma'lumot berish va muhokama qilish.

15

Nomedikamentoz da’voni davom ettirishni tavsiya etish:

  • Tez tibbiy yordam

  • gospitalizaciya

  • Ovqatlanish racionini to’g’rilash(organizm uchun zarur bo’lgan bo’lgan moddalar va mineral elementlar kalciy, magniyga boy ozikovkatlar, parhez uchun sarhil balik)

  • Davriy ravishda jismoniy mashgulot bajarish



16

Bemorga zarur holatda medikamentoz davoni kursatilgan dozada, muddati hakida tushutirish.

Ma'lum bir holatlarda tanlov preparatlari



1

Analgetik v/i

2

GKS katta dozada




17

Bemorni KVP da qayta ko’rik uchun kun va vaqtini aniqlash.Talaba bemorni dispanser kuzatuv guruhini aniqlash va bemorga dispanserizaciya hakida ma'lumot berish( guruh DIIIB)

18

Sinish aniqlangandan so’ng bemor nazoratda bo’lishi kerak. Ko’rik davomiyligi sinish xarakteri, lokalizaciyasi, osteogenez dinamikasiga bog’lik. Bilak suyaklari singan bemorlar dispanserizaciyasida asosiy davolovchi-soglomlashtiruvchi chora-tadbirlar:

  • Soglom haet tarzini urgatish

  • fizioterapiya va LFK o’tkazish

  • sanator-kurort davolanish

19

Kuzatuvga karagan holatda talaba profilaktikani nazariy va amaliy kunikmalarini bilish

20

Kuzatuvga karagan holatda talaba dispanserizaciya ishlarini nazariy va amaliy kunikmalarini bilish



5. Amaliy kunikma

Mаvzugа оid mаnuаl ko’nikmа:

Oyoqlarda UBS yaradorga 1 chi yordam ko’rsatish

Maqsad: Jang maydonida yaradorga UBS da 1 chi yordam ko’rsatish texnikasini o’zlashtirish.

№ etap

Chora-tadbir

Bajarilmagan

(0 ball)


Tulik tugri bajarilgan

1.

Analgetik yuborish.

0

20

2.

Bosilishdan yukoriga jgut kuyish.

0

20

3.

Uyum ostidan olib chikish

0

20

4.

Ochik sinish holatida shinalangan kul oyokda, aseptik boglam kuyish.

0

20

5.

Yaradorni keyingi etap evakuaciyaga transportirovka kilish.

0

20




Jаmi:

0

100

Har bir amaliy kunikma 100 ball sistemasi bilan baholanadi va bu ball tegishli koefficentga kupaytiriladi. Talabani amaliy kunikmaga umumiy balli barcha amaliy kunikmani yigilgan ballini tashkil qiladi. Utish balli maksimalь ballni 55% ni tashkil kilishi kerak.


6. Bilim, ko’nikma va bilimlarni nazorat shakllari

- ogzaki;

- Yozma;

- situacion masala;



- amaliy kunikma bajarish malakasi.
6.1 Tаlаbаlаr bilimini bаhоlаshdа quyidаgi nаmunаviy mеzоnlаr inоbаtgа оlinаdi:



Bахо

а’lо

yaхshi

Urtа

kоnikаrsiz

yomоn




O’zlаshtirish % hisоbidа

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% vа undаn kаm

1

Nаzаriy qism

20-19

Bаll

18-17 bаll

16-15 bаll

14-13 bаll

12 bаll

2

Аnаlitik qism:

Оrgаnаyzеr

15-14 bаll

13-12 bаll

11-10 bаll

9-8 bаll

7-6 bаll

3

Tеst

15-14 bаll

13-12 bаll

11-10 bаll

9-8 bаll

7-6 bаll

4

Аmаliy qism

40-34,4-bаll

34-28,4bаll

28-22bаll

21,6-14,8 bаll

14,4 bаll

5

Nаzоrаt sаvоllаri

10-7,9

7,75-5,6

5,5-4,25

4,1-2,5

2,4 bаll



6.2 Tаlаbаlаr bilmi, ko’nikmа vа mахоrаtini bаhоlаshdа qo’llаnilаdigаn nаzоrаt mеzоnlаri



O’zlashtirish (%) va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1

96-100

A’lo


«5»

Vaziyatdan kelib chiqib to’g’ri qaror qabul qila oladi va xulosa chiqaradi.

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida). Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari davolashda muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari). Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.



2

91-95

Amaliy darsga tayyorgarlik ko’rishda qo’shimcha adabiyotlardan foydalanadi( o’zbek va ingliz tilida).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari

muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi. Kasalni mustaqil ko’rib, diagnoz qo’ya oladi(Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari) Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.


3

86-90

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari. Konservativ davolash usullari

muammolar mohiyatini mustaqil anglaydi.

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi.

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi va javoblarini asoslay oladi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi.Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmalarni ishonch bilan bajaradi va mohiyatini tushunadi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.


4

76-80

Yaxshi


«4»

Interaktiv o’yinlarda yuqori faollik bilan ishtirok etadi .

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi lekin dorilarni dozasini aniq tavsiya etolmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, davolashni tavsiya etadi, travmatologiya va ortopediyada profilaktika o’tkazishni biladi.

Amaliy ko’nikmani qadamba –qadam bajaradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.



6

71-75

Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, klssifikatsiya bo’yicha to’g’ri tashxis qo’ya oladi,lekin davolash rejasini tuza olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va differensial diagnoz qila oladi, lekin davolashni tavsiya eta olmaydi

Amaliy ko’nikmani bajara oladi, lekin qadamlarni chalkashtiradi.

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, taxminiy dashxis qo’ya oladi.

Laborator tekshiruv natijalarini baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.



7

66-70


Qoniqarli

«3»


Vaziyatli masalalarni to’g’ri hal etadi, lekin klinik diagnozni asoslay olmaydi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini yaxshi biladi va ishonch bilan gapiradi

Kasllikning etiologiya, patogenezi va klinikasi haqida aniq ma’lumotlarga ega va lekin differensial diagnoz qila olmaydi, davolashni tavsiya eta olmaydi

Bemorni ko’radi, to’g’ri anamnez yig’adi, lekin og’irlik darajasini farqlay olmaydi.

Laborator tekshiruv natijalarini qisman baholay oladi. Mavzuni muhokama qilishda aktiv ishtirok etadi.


8

61-65

Vaziyatli masalalarni hal etishda xatolarga yo’l qo’yadi,(tasnif bo’yicha diagnoz qo’ya olmaydi).

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

klinikasini biladi lekin ishonch bilan gapirmaydi.

Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari

kasalliklari etiologiyasi haqida aniq ma’lumotga ega lekin patogenezini ayta olmaydi.

Anamnez to’plashi maqsadli yo’naltirilmagan, ko’rik sxema bo’yicha emas.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda passiv.



9

55-60

Travmatologiya va ortopediyadagi umumiy davolash usullari to’g’risida ma’lumotga ega, leki ishonchsizlik bilan gapiradi.

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini chalkashtirib gapiradi.

Kasalni mustaqil so’rab –surishtira olmaydi va ko’ra olmaydi.

Laborator tekshiruvlar natijasini baholay olmaydi.

Mavzuni muhokama qilishda ishtirok etmaydi.


10

54 -30

Qoniqarsiz

«2»


Suyaklar va bugimlar shikastlarini asosiy davolash tamoyillari.

davolash haqida tushunchaga ega emas

Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlarini bilmaydi


11


20-30

Qoniqarsiz

«2»



Talabaning mashg’ulotga kelganligi, formadaligi, o’zi bilan daftar va fonendoskopi borligi uchun.


7. Mashg’ulotning xronologik xaritasi


Vaqti

O'tkaziladigan tadbirlar

Mazmuni

Materiallar

08.30-09.15

1. Еlka, bilak va kaft suyaklarining sinishi va chiqishini davolashning asosiy principlari” mavzusining nazariy taqlili. Еlka, bilak va kaft suyaklarining sinishining asosiy klinik belgilari, tez tibbiy yordam ko'rsatish, tekshirish, oqriqsizlantirish turlari, immobilizaciyalash principlari.
2. Yechim topish va tahlil qilish.

1. Talabalarning boshlanqich tayyorgarligini aniqlash. Talabalarni mavzu bo'yicha “dumaloq stol” interfaol o'yini yordamida so'roq qilish.
2. Talabalarning klinik fikrlash qobiliyati tekshirib ko'rish.

1 .Mashg’ulot mavzusiga mos keluvchi tadbirlar, rentgen suratlar, test savollari
2. Mashqulot mavzusiga mos keluvchi vaziyatli masalalar.

09.20-10.05

amaliy ko'nikmalarni qo'llash,

Rentgen suratlar interpretaciyasi

sinish joyini maqalliy oqriqsizlantirish,

gips bog’lamlarni tayyorlash,

longetali va cirkulyar bog’lamlarni qo'yish.


Talabalarning amaliy ko'nikmalarni bajarishga tayyorliklarini tekshirib ko'rish.

Rentgen suratlar, shinalar, shpriclar, novokain -1%, gips, bintlar.

10.20-11.05

Boldir va oyoq panjalari singan bemorlarni kuraciya qilish.

har bir talaba ma'mum bir palatadagi bemorlarni kuraciya qiladi.

Gips boglamlarni qo'yish va skelet tortishda qatnashadi.



Dars mavzusiga to’g’ri keladigan kasalli bemor, gips, bintlar, Beller shinasi, skoba, shnur va oqirlik

11.10-11.50

Kuraciya qilingan bemorlar bo'yicha hisobot

Har bir talaba kuraciya vaqtida qilgan ishlari bo'yicha hisobot beradi.

Rentgen suratlar, negatoskop, jadvallar.

12.30-13.15

Yakuniy qulosa va talabalar bilimini baqolash.

Talabalar bilimini taqlil qilish.

Boshlanqich ma'lumotlar, vaziyatli masalalar, amaliy ko'nikmalar va bemorlarni kuraciya qilishda to’g’ri echim va taqlil qilish.


8. Mavzuga oid asosiy savollar:

1. Yaradorlar evakuaciyasi uchun muljallangan tibbiy punkt va davolash

muassasalari (jang maydoni turli oralikdarida joylashgan) nima deb

ataladi?


2. Tibbiy evakuaciya bosqichlari.

3. Kanday hajmli tibbiy yordam nokulay jang va tibbiy sharoitda yarokdi. Tibbiy yordamning kiskargan turi.

4. Yaradorlarni tibbiy saralash yaradorlarni etapli davosi kerakli sistemali element.

5. Yaradorlarni tibbiy saralash - bu...

6. Yaradorlarni guruhlarga ajratish, 1hil davo zarurlarga - evakuacion chora-tadbir.

7. Tibbiy sarash mohiyati...




9. Tavsiya qilingan adabiyotlar

  1. Yumashev G.S. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medicina» 1990. - 575s.

  2. Musalatov H.A. «Travmatologiya i ortopediya» M., «Medicina» 1995. -s.

  3. «Ukazaniya po voenno-polevoy hirurgii» V.N.Byalin, L.N.Bisenkov, P.G.Bryusov i dr. M. 2000. - 415s.

  4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk

  5. WWW.traumatic.ru






Kafedra mudiri, t.f.d. Karimov M.YU.
Download 230.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling