yollanma ishchilarning ish xaqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy sug’urta ajratmalari.
Korporasiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
R= Korporasiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizasiya (A);
YaIMni daromadlar ko’rinishida yalpi qo’shilgan qiymatni ko’rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:
23
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko’rinishidagi daromadlar paydo bo’ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko’rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo’lish ko’zda tutiladi:
-amortizasiya (A)
-yollanma ishchilarning ish xaqlari (W)
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi)
(R1)
-korporasiya foydasi (R2)
Korporasiyalar foydasi o’z navbatida qo’yidagilarga bo’linadi:
korporasiyasi foydasidan to’lanadigan soliqlar (R1.1);
hissadorlar o’rtasida taqsimlanadigan dividendlar(R1.2);
korporasiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3). Keltirilgan yondoshuvga ko’ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblab topilgan
YaIM hajmi o’zaro mos keladi. Chunki milliy Iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bo’lib tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |