5.3.-chizma.
Yalpi taklif egri chizig’ining oraliq kesmasidagi muvozanat
P AS
AD
Y
Baholar darajasi P1 bo’lgan vaziyatda ishlab chiqaruvchilar yalpi ishlab chiqarish hajmini Y 1 miqdoridan oshirmaydi. Iste‘molchilar baholar darajasi P1 bo’lganda mahsulotlarni Y 2 darajada sotib olishga tayyor turadi. AD>AS bo’lganligi tufayli iste‘molchilar o’rtasidagi raqobat baholar darajasini Pye gacha suradi. Baholar darajasining P1 dan Pye gacha ko’tarilishi ishlab chiqarish hajmini Y 1 dan Ye gacha oshirishga va iste‘molchilar talabini Y2 dan Ye gacha kamayishga olib keladi. Natijada AD va AS egri chiziqlari ye nuqtada kesishadi. Demak, aynan Pe baho baholarning muvozanatli darajasi va ye muvozanat nuqtasidir.
64
5.4-chizmada yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini bilan keyns kesmasi kesishadigan vaziyat tasvirlangan. Bunday vaziyatda makroiqtisodiy muvozanat nuqtasi baholar darajasi bir xil turganda ham o’zgaradi. Buni tushunish uchun avvalo yalpi ishlab chiqarishning muvazanatli hajmini Yye va muvozanatli baholar darajasini Pye bilan belgilaymiz.
Yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati
P
AD
Pye AS
Y
Y2 Yye Y1
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Yye ekanligini isbotlash uchun bu hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda AD
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, AS
65
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasida yalpi talabning o’zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o’zgarmaydi.
Yalpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta‘sir ko’rsatmaydi va faqat baholar darajasi o’zgaradi, xolos. Ya‘ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat baholar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi.
Yalpi taklif o’zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta‘sirini 5.5-chizma misolida ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |