ΔU=Retsession uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori
YaIMni to’liq bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo’lgan miqdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potensial (U*) hajmidan ko’p bo’lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo’lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o’rtasida inflyasion uzilish ro’y beradi (7.4-chizma).. Bu uzilishni
87
bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur.
Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o’rtasidagi inflyasion uzilish
Ye Y=E
E1=C+I+G+Xn
A E2=E1-ΔYe
Ye
B
inflyasion uzilish 45
Y* Y0 Y
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan V nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔU) qisqarish quyidagicha bo’ladi:
ΔU= Inflyatsion uzilish miqdori * Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo’lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o’laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o’zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko’ra tovar moddiy zahiralarining o’sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo’ladi.
88
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi mohiyati nimada va klassiklar nazariyasidan prinsipial farqlari nimada?
Avtonom xarajatlar deganda nimani tushunasiz?
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlarga ta‘rif bering.
Keyns xochi nomli modelda makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlovchi mexanizmga izoh bering.
Multiplikativ samara nima sababdan ro’y beradi.
Retsession uzilish qanday vaziyatlarda ro’y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?
Inflyatsion uzilish qanday vaziyatlarda ro’y beradi va u qay tariqa bartaraf qilinadi?
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli va AD-AS modelini taqqoslang.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |