Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar


Download 0.51 Mb.
bet73/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar

  • Markaziy bank va tijorat banklari funksiyalarini tushuntirib bering.


  • Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


  • Ochiq bozordagi operasiyalarning pul taklifiga ta‘siri mexanizmini tushuntirib bering.


  • Qayta moliyalash stavkasining o’zgartirilishi pul taklifiga qanday ta‘sir etadi?


  • Majburiy zahiralash normasi qaysi maqsadlarda qo’llaniladi va uning pasaytirilishi oqibatlari qanday?


  • Pul-kredit siyosatining yetkazish mexanizmini tushuntirib bering.


  • Yumshoq va qattiq pul kredit tsiyosati tushunchalariga izoh bering.


  • Fiskal va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirishning muhimligi nimalar bilan izohlanadi?



    131


    tiplari
    Iqtisodiyot hech qachon bir joyda turmaydi. Ammo makroiqtisodiy tahlilda muvozanat tushunchasi ishlatilib, bu makrotizimning tegishli holatini anglatadi. Bunday holda, u aylanma modeli doirasidagi barcha oqimlar va zaxiralarning nisbatlarining o’zgarmasligi bilan tavsiflanadi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish iqtisodiy o’sishni nazarda tutadi.

    Iqtisodiy o„sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko’payishi tendensiyasini anglatadi.
    Iqtisodiy o„sish jami taklifning o’sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi.
    Iqtisodiy o„sish - bu ma'lum vaqt davomida YaMM (YaIM) hajmining miqdoriy va sifat jihatidan o’zgarishi yoki milliy iqtisodiyotning izchil rivojlanishini anglatadi.
    Iqtisodiy o’sish muammosini o’rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.
    Demak, iqtisodiy o’sish omillari va ular samaradorligini o’rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
    Iqtisodiy o’sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o’sishi, shuningdek, jon boshiga to’g’ri keladigan real daromadlarning o’sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o’sish ikki xil usul bilan o’lchanadi.
    Birinchi usulda iqtisodiy o’sish real YaIM ni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.
    Y t Y= ------- x 100
    Yt-1
    132
    Bunda joriy yildagi real YaIM (Y t) hajmining bazis yildagiga (Yt-
    • (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko’rinishidagi o’sishi aniqlanadi.


    Ikkinchi usulda iqtisodiy o’sish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real YaIM ning o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi sifatida aniqlanadi.


    Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida YaIM o’rniga SIM, YaMD, SMD ko’rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o’sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste‘mol va investitsiyalarga bo’linishiga bog’liq deb qaraladi.
    Iste‘mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o’zgarishi resurs imkoniyatlarining o’sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste‘mol va investitsiya o’rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste‘mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
    Iqtisodiy o’sishni o’lchashning asosiy ko’rsatkichlari:
  • 1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling