Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Daromadlarni va resurslarni ijtimoiy manfaatlarni e‘tiborga olgan holda qayta taqsimlash


Download 0.51 Mb.
bet84/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

12.2. Daromadlarni va resurslarni ijtimoiy manfaatlarni e‘tiborga olgan holda qayta taqsimlash


Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va qiladigan xarajatlar o’rtasida nomutanosibliklar paydo bo’ladi. Bu kabi muammolarni hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. Ya‘ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi..

Birinchidan, transfert to’lovlari orqali yordamga muxtoj, boqimanda, nogiron va ishsizlarni nafaqalar bilan ta‘minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali daromadlar taqsimlanishini o’zgartiradi. Fermerlar mahsulotini kafolatlangan baholarda sotib olish va minimal ish haqi to’g’risidagi qonunchilik davlat aholining ayrim guruxlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni tartibga solib turishiga misol bo’la oladi. Bundan tashkari aholidan olinadigan daromad soliqlarining foizlar bo’yicha tabaqalanishi ham kam ta‘minlangan aholini qo’llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan tadbirlaridan biridir.


Davlat daromadlarni aholi o’rtasida quyidagicha qayta taqsimlaydi.
Birinchidan, daromadlar aholining turlicha daromad oladigan qatlamlari orasida qayta taqsimlanadi. Qo’llaniladigan progressiv soliq stavkasi bunga imkon beradi. O’rnatilgan shkala kam daromad oluvchilardan kamroq soliq undirish, ko’p daromad oluvchilardan esa ko’proq soliq undirish imkonini beradi. Davlat tomonidan moliyalashtiriladigan turli ijtimoiy yordam to’lovlari esa aynan kam daromadga ega oilalarga ko’rsatiladi.
Shuningdek, davlat Pensiya jamg’armasi, Bandlik jamgarmasi, Kasaba uyushmasi jamg’armalariga ijtimoiy sug’urta ajratmasi to’lovlarini ish beruvchilar (korxonalar)dan va ishlovchilardan undiradi. Bu mablaglar pensiya ta‘minoti, vaqtincha ishga layoqatsizlik bo’yicha kasallik varaqasi, ishsizlik nafaqasi, ishsizlarni mehnat birjalari orqali kasbga tayyorlash xarajatlarini qoplash kabi tadbirlarni moliyalashtirishga sarflanadi. Ya‘ni sanab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha
156
ham davlatning daromadlarni qayta taqsimlash funksiyasi namoyon bo’ladi.
Mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida umumdavlat manfaatlarini hisobga olgan holda resurslarni qayta taqsimlash davlatning muhim funksiyalaridan biridir.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatli, ammo foyda ko’rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni qo’llab quvvatlash maqsadlari davlat byudjeti orqali daromadlar va resurslarni tarmoqlar orasida qayta taqsimlash zaruriyatini tug’diradi.
Bu vazifa barcha tarmoqlardan olingan soliq tushumlari hisobiga moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablag’larini ustivor tarmoqlarga yo’naltirish, shu tarmoqlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish orqali amalga oshiriladi.
Kommunal xo’jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi sohalar iqtisodiyot tarmoqlarining samarali ishlashi, normal hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish uchun zarur xizmatlarni ko’rsatgani holda rentabelli sohalar bo’lmagani uchun ham davlat byudjetidan dotatsiya oladilar.
Mamlakat hududlarining resurs salohiyati bir xil emasligi, aholi zichligi, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi darajalaridagi farqlar tufayli aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM, sanoat mahsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko’rsatkichlar hududlararo farq qiladi. Bu farqlarning chuqurlashuvi, o’z navbatida milliy iqtisodiyot samaradorligiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi, shunday ham rivojlanish darajasi past hududlardan kapital ko’chishi holatlari ro’y berishi mumkin. Bu esa turli hududlar o’rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo’lgan farqni yanada chuqurlashtiradi.
Davlat byudjet-soliq va pul kredit siyosati vositalaridan foydalangan holda iqtisodiy ko’rsatkichlar darajasidagi hududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslarni qayta taqsimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan hududlarning davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yuqori bo’lgani holda byudjet mablag’lari hududlar o’rtasida ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, kam rivojlangan hududlar rivojlanishi darajasini jadallashtirish maqsadlarini ko’zlab taqsimlanadi.
157
Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliqlarining hududlar ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko’paytirish, ayrim hududlarga kiritiladigan investitsiyalar hisobiga ishlaydigan korxonalarga soliq imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan ta‘minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat hududiy iqtisodiy siyosatining muhim elementlaridan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi davlatning muhim funksiyalaridan biri barqarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funksiyasi boshqa funksiyalar bilan chambarchas bog’lik bo’lgani holda iqtisodiy o’sishni, Inflyatsiya sur‘atlarini cheklashni, ishsizlik darajasini me‘yor darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to’lov balansi mutanosibligini hamda milliy valyuta almashinuv kursi barqarorligini ta‘minlash kabilarni o’z ichiga oladi. Bu masalalar o’quv qo’llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko’rib chiqilishi tufayli bu savolda ularga to’xtalmaymiz.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling