Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
-rasm. O’zbekiston makroiqtisodiy ko’rsatkichlarining
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII BOB. DAVLAT VA IQTISODIYOT. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
11.1-rasm. O’zbekiston makroiqtisodiy ko’rsatkichlariningo’zgarishi,% Manba: World Bank 2019. “Financial Inclusion”. Europe and Central Asia Economic Update(Spring), DC World Ban O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar"Iqtisodiy rivojlanish" va "iqtisodiy o’sish" tushunchalari qanday umumiy va qanday farqlar bilan ajralib turadi? Iqtisodiy o’sishni o’lchash mumkinmi? Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv omillarini sanab o’ting. Keyns va neoklassik o’sish nazariyasining mohiyati nimada? Rivojlanish bosqichlari va ilmiy-texnik taraqqiyot shakllarini sanab o’ting. Iqtisodiy o’sishning afzalliklari va kamchiliklarini tushuntiring. 149 XII BOB. DAVLAT VA IQTISODIYOT. DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI12.1. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish zarurligi, funksiyalari va vositalari Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS)- bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va jamiyat ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan vakolatli davlat muassasalari va jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat choralari tizimidir. Bunday organning vazifalari jamiyatning bozor muvaffaqiyatsizligidan kelib chiqadigan zararlarini minimallashtirish, transaksiya xarajatlarining maksimal pasayishiga erishishdir. Bozor iqtisodining ko’zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar: bozorni monopollashuvi xavfi; jamiyat infratuzilmasini ( transport, ijtimoiy infratuzilma, mudofaa, jamoat tartibini saqlash,fundamental tadqiqotlar va x.k.) rivojlantirishga rag’batning yo’qligi; atrof muhitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi; ijtimoiy tengsizlik, aholi daromadlari darajasidagi tabaqalanish darajasinig o’sishi; resurslarni adolasiz taqsimlanishi xavfi; iqtisodiyotning bekaror rivojlanishi, iqtisodiy inqirozlarning ro’y berishi va x.k. Sof bozor uchun xos bo’lgan bu kamchiliklar davlatning, iqtisodiy tizimning samaradorligini oshirishga qaratilgan, asosiy funksiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro’y berdi, va ko’pchilik davlatlarning bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti ham, sof davlat iqtisodiyoti ham emas. «Iqtisodiyotni barqaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy qism- bozor va hukumat zarur. Ularsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini boshkarish –xuddi bitta qo’l bilan qarsak chalish bilan barobardir‘ Ilg’or davlatlar bozorlari rivojlanishiga 150 davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inqiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko’p va xilma-xildir. Shuning uchun tahlil imizda davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalarinigina ko’rib chiqamiz. Davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalariga qo’yidagilar kiradi: Bozor tizimi samarali faoliyat ko’rsatishini ta‘minlaydigan xuquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta‘minlash; Raqobat muhitini yaratish va uni himoya qilish. Ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlash maqsadida resurslarni qayta taqsimlash; Atrof muhitni himoya qilish; Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash; Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni, iqtisodiy kon‘yukturaning o’zgaruvchanligi natijasida paydo bo’ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta‘minlash vazifalarini zimmasiga oladi. huquqiy bazani ta‘minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlarni bajarishni taminlash hamda nazorat qilishda namoyon bo’ladi. Davlat, shuningdek xalqaro munosabatlarni yo’lga qo’yib o’z tadbirkorlaring mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to’lovlari bo’yicha o’zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orqali ham davlat o’z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi (bu masalalar o’quv qo’llanmaning tegishli mavzularida ko’rib chiqiladi). IDTTS subyektlari uchta hokimiyat organlari - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari, shuningdek Markaziy bankdir. 151 IDTTS ob'ektlari bu sohalar, sanoat tarmoqlari, mintaqalar, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi vaziyatlar, hodisalar va sharoitlar( ba'zi dori vositalari, qurol-yarog’ ishlab chiqarish, og’ir sanoat, transport, pochta aloqasi, aloqa, axborot tuzilishi, bandlik, iqtisodiy sikl, pul muomalasi va boshqalar). IDTTSning asosiy maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va mamlakat ichkarisida va undan tashqarida mavjud iqtisodiyotni (tizimni) mustahkamlashdir. Iqtisodiyot davlat tomonidan ma‘muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling