Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Download 0.51 Mb.
bet78/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

- uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik tiklash qobiliyatini yetarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o’sishning balanslashganligini ta‘minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o’sishning balanslashganligini ta‘minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga ham bog’liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflyatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar.
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda‖Iqtisodiy o’sish nazariyasiga hissa‖ asarida tasvirlab berildi va so’ngra 1957 yilda ―Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi‖ nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o’sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
140
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikkinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o’zaro kombinatsiyalari o’rtasidagi funksional bog’liqlikni aks ettiradi, ya‘ni:
Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida yerning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog’liq deb olingan.
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko’rinishi quyidagicha:

Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K ,

bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL); ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).


Solou modeliga ko’ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o’stirish hisobiga ta‘minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik

      darajasining k= K/L) funksiyasi, ya‘ni


      y f (k)

      Bu yerda


      f (k)  F(k,l)

      Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o’sishi esa jamg’arish normasiga bog’liq.



1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling