Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


Download 0.51 Mb.
bet61/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

Davlat byudjeti xarajatlari. Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibiga ijtimoiy soha, ijtimoiy himoya, iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlari xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko’pi quyidagilarga yo’naltirildi:
102
  • byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarning miqdorini inflyatsiya darajasidan yuqoriroq darajada oshirish. Bundan ko’zlangan maqsad, respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirishdan iborat;


Bundan tashqari mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining tutgan o’rniga e‘tibor qaratilib va iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar talablaridan kelib chiqib byudjet mablag’lari, eng avvalo quyidagi masalalarni yechishga: qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; sug’oriladigan yerlarni suv bilan yetarlicha ta‘minlash; fermer xo’jaliklarini rivojlantirish; qishloq joylarda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish; bozor prinsiplariga mos ravishda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning uyushgan boshqaruv tizimini joriy etish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning erkinligini oshirishga qaratilgan.


Byudjet daromadlariga quyidagilar kiradi: soliqlar (to’g’ridan- to’g’ri va bilvosita), kreditlar bo’yicha foizlar, korxona foydasidan, xususiylashtirishdan, qimmatli qog’ozlardan, davlat bojlaridan, shtamp bojidan va boshqalar. Davlat byudjetining asosiy manbai soliqlardir.

  • Soliqlarning turlari va funksiyalari


Soliqlar majburiy to’lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida yuzaga keladi.

Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganida, ishlar bajarganida yoki bozorlarda oldi-sotdi qilganda ham pul to’lovlari mavjud. Lekin ular soliq bo’la olmaydi. Soliq munosabati bo’lish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan majburan davlat byudjetiga mablag’ to’plash jarayonini amalga oshiradi.


103
Soliqlarning o’ziga xos belgilari mavjud bo’ladi, ularga: majburiylik, xazinaga tushishlik, qat‘iylik va doimiylik, ani soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.
Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig’imlar majburiy bo’ladi, bunda davlat soliq to’lovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat uchun kafolatlangan.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta xazinaga-davlat byudjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to’lov boshqa ixtiyoriy fondlar - Iste‘dod, Ekosan, Kamolot, Nuroniy jamg’armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi. Chunki, majburiylik tamoyili yuk, u to’lov davlat mulkiga tushmaydi.
Soliqlar qat‘iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa soliqlar shuncha qat‘iy va uzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi yoki juda kam o’zgaradi.
Lekin, davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining shaxsan o’ziga to’liq qaytib kelmaydi, ya‘ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir. Masalan, soliq to’lovchi bu yili davlatning sog’likni saqlash va maorif xizmatlaridan hech foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to’lovchilarningn soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta‘minlash, tartib-intizomni o’rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali o’zlariga qaytib keladi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda hamma soliqlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to’lanadigan (to’lov) xaqdir. Soliqlar byudjetga va davlat pul fondlariga kelib tushadigan, majburiy harakterga ega bo’lgan pul to’lovi munosabatlaridir.
Shuningdek, soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shu jumladan, moliyaviy munosabatlar bilan chambarchas bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir, ya‘ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o’z tovariga erkin baho belgilashi,
104
mahsulot yetkazib beruvchini topishi va o’zi iste‘molchini topib unga mahsulotni sotish huquqiga ega. Shuning uchun davlat ularning bir qism daromadlarini taqsimlab, byudjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq qilib olish uchun Oliy majlisning qarori zarur, ya‘ni qonun bilan olingan to’lov byudjetga o’tadi. Erkin iqtisodiyot sharoitida soliqlar ham erkin, ochi, anik bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.
Soliqlar iqtisodiy kategoriya bo’lganligidan to’lovchilar va byudjet o’rtasida daromadlar taqsimlanayotganda tomonlarning iqtisodiy manfaatini, albatta, e‘tiborga olish zarur. Soliq to’lovchilar daromadini davlat istaganicha ololmaydi, soliqlarni byudjetga olishning ma‘lum chegarasi mavjud. Bu haqida ko’plab yirik iqtisodchilar va davlat arboblari o’z asarlarida aytib o’tgan. Uni davlat, shu bilan birga soliq to’lovchilarning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi faoliyatini hisobga olib soliq belgilanadi. Ikkinchi tomondan, soliqlardan makroiqtisodiyotni rivojlantirish, bozor infratuzilmasini yaratish va boshqa umumdavlat maqsadalari uchun yetarli molyaviy resurslar to’plash uchun foydalaniladi. Soliqlarning mohiyati soliq to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi doimiy, uzoq muddatli munosabatlarda o’z ifodasini topadi. Aniqroq aytsak, bu yerda iqtisodiy munosabat, ya‘ni pul munosabati mavjuddir.
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil etadigan soliq va yig’imlar turlarining yig’indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu ta‘rifda soliq va yig’imlar yagona mohiyat, ya‘ni «majburiy xarakterga ega bo’lgan munosabat va ularning bir-biri bilan bog’liqligi va nihoyat byudjetga tushishligini ko’rsatadi. Bu O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu yerda bahsli masala ham mavjud, ya‘ni davlatning byudjetdan tashqari fondlariga (pensiya, ijtimoiy sug’urta, bandlik, yo’l fondlari va boshqalarga) to’lovlarni ham majburiylik nuqtai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlarni o’z ichiga oladi (9.1-jadval).
105
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling