Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet2/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42

FANNING MAVZUVIY REJASI





O„tiladigan mavzu

Soatlar

Ma‟r

amali

semin

1.

―Tilshunoslik nazariyasi‖ fani mazmuni,
maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.

2

-

-

2.

Til –ijtimoiy hodisa sifatida. Til va tafakkur. Til
va nutq munosabati.

2

-

-

3.

Til va jamiyat

-

2

-

4.

Til va yozuv

-

2

-

5.

Til tizimi va tuzilishi. Til tizimi birliklari. Til sathlari tushunchasi.

2

-

-

6.

Til ramzlar tizimi. Tilning semiotik tabiati

-

-

2

7.

Dunyo tillari tasnifi va tavsifi

-

2

-

8.

Tillarni ilmiy tadqiq etish metodlari

-

-

2

9.

Istiqlol va o‗zbek tilshunoslik taraqqiyotida bo‗lgan o‗zgarishlar. O‗zbek tilshunosligining
istiqbol yo‗nalishlari.







2

Jami

6

6

6

1-mavzu: “Tilshunoslik nazariyasi” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari

Reja:


  1. ―Tilshunoslik nazariyasi‖ fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari

  2. Tilshunoslik fanining tarmoqlari

  3. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi

  4. Tilshunoslik aspektlari

Tayanch so„z va iboralar: til, tilni o„rganish tarmoqlari, ekstralingvistika (sotsiolingvistika, metalingvistika), intralingvistika, komparativistika (qiyosiy-tarixiy, chog„ishtirma, areal, tipologik) tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi, tilshunoslik aspektlari, tilshunoslik nazariyasi.

    1. Tilshunoslik nazariyasi” fani, uning predmeti, maqsad va vazifalari. ―Tilshunoslik nazariyasi‖ fani murakkab va ko‗p qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan tilni ilmiy va amaliy o‗rganuvchi fandir. Bu fan til haqidagi mustaqil va aniq fan bo‗lib, tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigani vazifasi, tilning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini, til va tafakkurning bir-biriga uzviy bog‗liqligini, tillarning o‗zaro munosabatini o‗rganadi. Ayrim tillarni, bir guruh tillarni va qardosh tillarni o‗rganish, tekshirish natijasida aniqlangan til hodisalarini, til dalillarini umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.

Tilshunoslik fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, uning boshqa hodisalar ichida tutgan o‗rni, tuzilishi va taraqqiy etish qonuniyatlarini o‗rganish;
-til va jamiyat, tilning kishilik jamiyatidagi o‗rni, tilning ijtimoiy muhitga ko‗ra o‗zgarish xususiyatlari, tillarning sotsiolingvistik tasnifi kabilarni o‗rganish;
- til va tafakkur, til va psixologiya, til va semiotika kabi tilga bog‗liq masalalarni tadqiq etish;

  • til va madaniyat, til madaniyati, til me‘yorlarini belgilashning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish;

  • tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‗rganish;

  • til strukturasi, bu strukturani tashkil etgan birliklarning o‗zaro munosabati, uning ichki mexanizmi, ishlash qonuniyatlari kabi muhim masalalarni ilmiy o‗rganish;

  • Tillarni o‗rganish metod va usullari haqida fikr yuritish;

- xilma-xil tilshunoslik ta‘limotlari, tilshunoslik maktablari va yo‗nalishlarining shakllanishi va rivojlanishi, ularning fan taraqqiyotidagi o‗rnini o‗rganish va bu ilmiy maktab, yo‗nalishlarning faoliyatiga xolisona baho berish, tilshunoslikning zamonaviy yo‗nalishlari xususida fikr yuritish;
-tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniya (ya‘ni hozirgi va tarixiy holati)da ilmiy tadqiq etish.
Yuqoridagilardan ko‗rinadiki, bu fan ko‗p qamrovli, ko‗p qirrali va har tomonlama boshqa fanlar va ularning sohalari bilan bog‗liq bo‗lgan fandir.


    1. Download 164.78 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling